― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   266
pul va banklar (2)

3.Qiymatning umumiy shakli

Bu sharoitda umumekvivalent sifatida e‘tirof 
etilgan tovarlar eramizdan oldingi V – IV asrlarga qadar pul vazifasini bajardi. 
Qiymatning umumiy shakli davrida, ishlab chiqarish kengaydi va uning asosiy 
maqsadi barcha uchun zarur bo‗lgan tovarni o‗zlashtirishga qaratildi.
Umumiy ekvivalent sifatida qo‗y, don, jun, qimmatbaho buyum va boshqalar 
e‘tirof etildi, lekin ular o‗zining xossasidan kelib chiqqan holda uzoq vaqt 
umumekvivalent vazifasini bajarmadi. Chunki, ishlab chiqarishning rivojlanishi
kishilar o‗rtasida iqtisodiy munosabatlarni tezlashtirdi, bu sharoitda 
umumekvivalent vazifasini bajaradigan tovarlarni olib yurish, saqlash va boshqa 
jarayonlar turli noqulaylik va qiyinchiliklarni keltirib chiqardi.
Buning qiyinchiligi shunda ediki, masalan, dehqon ustiga kiyadigan kiyim 
olish uchun to‗quvchiga donni taklif etsa, to‗quvchiga don emas, balki qo‗y 
zarurligini aytadi. Bunday paytda dehqon donni qo‗yga almashtirish va shundan 
so‗ng to‗quvchiga qo‗yni berib o‗ziga zarur bo‗lgan kiyimni olishi mumkin, ya‘ni 
ayirboshlash jarayonlarida ishtirok etayotgan tomonlarning manfaatlari doimo ham 
bir – biriga mos kelmasligi oqibatida, turli qiyinchlik va ziddiyatli holatlar
vujudga keldi. Buning natijasida, qiymatning pul shakli vujudga keldi. 
4.Qiymatning pul shakli
.
Ayirboshlash munosabatlarining rivojlanishi, jahon 
bozorining vujudga kelishi, kumush va oltinning barcha tovarlar ichidan 
umumekvivalent vosita sifatida ajralib chiqishiga olib keldi. Ushbu metallarning 
tabiiy xossasi (yagona jismligi, qiymatining o‗zgarmasligi, sifatining buzilmasligi) 
uzoq davr jamiyatda pul vazifasini bajarishiga xizmat qildi.
2.3. Oltin pul sifatida. 


Qimmatbaho metallar umumekvivalent sifatida muomalaga kiritilishining 
dastlabki davrida pul har xil quyma shakldan (sim, plastinka, yumaloq va boshqa 
shakllar) iborat edi.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi va mehnat taqsimotining taboro 
takomillashib borishi metall pullardan ma‘lum shakl va miqdorga ega bo‗lgan 
tangalarni zarb qilish zaruriyatini keltirib chiqardi. Tarixiy manbalarga ko‗ra, 
dastlabki metall tangalar eramizdan avvalgi VII asrda Xitoy va Lidiya (Malaya 
Aziya) davlatlarida zarb etilgan.
Metall pullarning nominal qiymati haqiqatdagi qiymatiga teng bo‗lib, noyob 
qimmatbaho metalldan tayyorlanadi va pulning barcha funksiyalarini bajaradi. 
E‘tiborli jihati shundaki, muomalada haqiqiy pullar ayirboshlash vositasi 
vazifasini bajargan davrda iqtisodiyotda pul muomalasi avtomatik ravishda tartibga 
solinadi. Natijada, iqtisodiyotda pulning qadrsizlanishi, baholarning o‗sishi va 
inflyasiya holati kuzatilmaydi. Chunki qimmatbaho metallarning muomalada 
ortiqchalik holatining vujudga kelishi, ularni jamg‗arma va boylik sifatida 
saqlashga yo‗naltirilishi orqali bartaraf etiladi. Agar, muomalaga qo‗shimcha 
ayirboshlash qiymati zarur bo‗lsa, ular qiymat o‗lchovi, muomala va to‗lov vositasi 
sifatida qaytadan muomalaga chiqariladi.
Oltinning muomalada amal qilishi XX asrning 30 – 70 yillarida bekor qilindi, 
ya‘ni oltin demonitizatsiyasi yuz berdi. Oltin ayirboshlash vositasi sifatida 
muomaladan chiqarilishining dastlabki davrida avval muomala va to‗lov vositasi
funksiyasini, 1975 yildan so‗ng esa jahon puli funksiyasini to‗xtatdi. Ushbu 
vazifalarni ichki va jahon bozoriga oltinning o‗rniga kirib kelgan qog‗oz va kredit 
pullar egalladi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin