bajaradi, deb hisoblar edilar. Ilk metall nazariya tarafdorlarining asosiy
kamchiliklari quyidagilardan iborat edi:
– ilk metallchilar haqiqiy pullarni qiymat belgilari bilan almashtirish zarurligi
maqsadga muvofiq kelishini tushunib yetmadilar;
– ilk metallchilar pulning jamiyat taraqqiyotida tovar muomalasi asosida
yuzaga kelgan tarixiy kategoriya ekanligini tushunmadilar;
– ular jamiyat boyligi deb qimmatbaho metallarni jamg‗arishni tushundilar va
«bunday boylik manbai savdodir» degan noo‗rin fikrga keldilar.
Ular jamiyat boyligi mehnat natijasida vujudga keladigan moddiy va ruhiy
qadriyatlar yig‗indisi ekanligini tushuna olmadilar. Ilk metallik nazariya
targ‗ibotchilari savdo burjuaziyasi manfaatlarini himoya qilib chiqqan edilar.
XVIII asr oxiri va XIX asrning birinchi yarmiga kelib sanoat burjuaziyasi
manfaatlarini qondira olmagan metallik nazariya o‗z mavqeini yo‗qotdi. Ammo
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib nemis iqtisodchisi, tarixiy maktab vakili K.
Knis (1821-1898 y.) bu nazariyani himoya qilib chiqdi. Bu g‗oyaning qayta
tiklanishiga 1871-1873 yillarda Germaniyaga kiritilgan oltin tanga standarti sabab
bo‗ldi. K. Knis targ‗iboti metallchilar nazariyalarini yangi sharoitga moslashtirdi.
Knis pul sifatida faqatgina metallni emas, balki Markaziy bank banknotalarini ham
e‘tirof etdi. Bu paytga kelib xo‗jalikda kredit asosiy mavqega ega bo‗la boshladi va
bu oltin monetalar bilan birga muomalada bo‗lib, ularga almashtiriladigan
banknota emissiyasining asosini tashkil etdi. K. Knis banknotalarni tan olgan
holda, hech nima bilan ta‘minlanmagan qog‗oz pullarga qarshi chiqdi. Uning
fikricha, pul muomalasi metall bilan ta‘minlangan banknotalar va metall
monetalarga asoslanishi shart. Qog‗oz pullar xuddi «qog‗oz bulka» kabi ma‘nosiz
narsadir. K. Knis ta‘kidlashicha, oltin o‗z tabiatiga ko‗ra puldir.
I Jahon urushidan so‗ng metallizm tarafdorlari oltin moneta standartini qayta
tiklash mumkin emasligini tan olib, o‗z nazariyalarini himoya qilish maqsadida
oltin quyma standart va oltin deviz standartga asoslangan banknota ishlab
chiqarishni yoqlab chiqdilar.
Dostları ilə paylaş: