AQShdan boshqa urushayotgan davlatlar banknotalarni oltinga almashtirishni va
oltinni chetga olib chiqishni bekor qilishdi. Oltin muomaladan surib chiqarilib
xazinaga aylantirildi. AQShda esa oltin monetalar 1934 yilga qadar muomalada
bo‗ldi.
2. Oltin quyma standarti
I Jahon urushidan keyin, 20-yillarda ba‘zi mamlakatlarda oltin quyma
standarti joriy qilindi. Bu standartning oltin tanga standartdan asosiy farqi shunda
ediki, muomaladagi banknotalar 12-12,5 kg. atrofidagi oltin quymalarga
almashtirilardi. 12,5 kg. lik quymaga banknotani almashtirish uchun Angliyada
1700 ft. st., Frantsiyada 215 ming fr. talab qilinar edi. Bu bilan oltin muomaladan
xalqaro aylanmaga chiqarildi. Ichki aylanmada esa bunday imkoniyatga faqatgina
yirik firmalar va puldorlar ega bo‗lib qoldilar, xolos.
Dostları ilə paylaş: