Miqdoriy pul nazariyasida pulning sotib olish qobiliyati va baho darajasi
muomaladagi pul miqdori bilan belgilanadi. Miqdoriy pul nazariyasining asoschisi
fransuz iqtisodchisi J.Boden (1530 – 1596) hisoblanadi.
Keyinchalik ushbu
nazariyani ingliz iqtisodchilari D.Yum (1711 – 1776) va Dj.Mil (1773 – 1836),
shuningdek fransuz Sh.Monteske (1689 – 1755) rivojlantirdi.
D.Yum Angliyaga XVI – XVII asrlarda Amerikadan katta hajmda nodir
metallarning kiritilishi natijasida baholarni ortib ketishini kuzatib: ―pulning
qiymatini uning miqdori belgilaydi‖ degan ta‘limotini ilgari suradi.
Miqdoriy pul nazariyasining dastlabki vakillari pulni faqat to‗lov vositasi
sifatidagi vazifasiga e‘tibor
qaratadi, ularning fikricha pul va tovar ayirboshlash
jarayonida uchrashishi natijasida pulning qiymati aniqlanadi degan noto‗g‗ri
g‗oyani ilgari suradilar. Shuningdek, ularning ta‘limotidagi
ikkinchi kamchilik
muomalaga chiqarilgan barcha pullar muomala jarayonida ishtirok etadi deya
ishonishlaridir. Haqiqatda esa ob‘ektiv iqtisodiy qonunlar muomalaga zarur
bo‗lgan pulning miqdorini aniqlaydi. Bu bilan ular pulning jamg‗arma, to‗lov
vositasi kabi funksiyalarini e‘tibordan chetda qoldirishadi.
Kredit va qog‗oz pul muomalasiga asoslangan
miqdoriy pul nazariyasining
zamonaviy sharoitdagi talqini yirik iqtisodchi olimlar L.Marshall, I.Fisher,
G.Kassel, B.Xansen, M.Fridmanlarning asarlarida bayon etilgan.
Ularning miqdoriy pul nazariyasi ikkita yo‗nalishdagi ta‘limotga asoslangan
bo‗lib:
– birinchisi, I.Fisher va M.Fridman boshchiligidagi monetaristlarning
―tranzaksion variant‖ ta‘limoti;
–
ikkinchisi, A.Pigu boshchiligida angliya Kembrij maktabi vakillari,
ikkinchi jahon urushidan keyin esa D.Patinkinning ―kassa qoldig‗i‖ konsepsiyasi
ta‘limoti hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: