Pul aylanish tezligi va almashuv tenglamasi Klassik pulning miqdoriylik nazariyasi aniq ta‘rifi amerikalik iqtisodchi Irving Fisherning 1911 yilda nashr etilgan “pulning harid qilish qobiliyati” nomli kitobida ko‗rsatilgan. Fisher iqtisodiyotdagi PxY umumiy pul miqdori M (pul taklifi )bilan oxirgi tayyor mahsulot xizmatni xarid qilishga ketadigan chiqimlarni o‗rgangan, bunda P-narx darajasi, Y-daromad. (umumiy harajatlar PxY nominal umumiy daromad yoki YaMM sifatida qaralishi mumkin). O‗zgaruvchi M va PxY bog‗lovchi pulning aylanish tezligi deb nomlanadi( sodda qilib aytganda aylanish tezligi )va u umumiy xarajtlarni PxY ni pul miqdoriga M ga bo‗lish orqali topiladi. 𝑉 =
𝑃𝑥𝑌
𝑀
Masalan, agar yillik nominal YaMM (PxY) 10 trlnni va pul miqdori (M) 2 trln dollarni tashkil etsa 𝑉 =
$10 𝑡𝑟𝑖𝑙𝑙𝑖𝑜𝑛
$2 𝑡𝑟𝑖𝑙𝑙𝑖𝑜𝑛
= 5
Bunda pulning aylanish tezligi 5 teng degani iqtisodiyotda har bir dollar yilda 5 marta biror tayyor mahsulotni sotib olishga yoki xizmatga ishlatiladi.
Tenglamani ikki tarafini M ga ko‗paytirish orqali nominal daromad, pul miqdori va aylanish tezligi bog‗lagan holda almashinish hajmini topamiz. MxV=PxY Almashinish darajasi ko‗rsatadiki, pul miqdorini muomiladagi aylanishga ko‗paytmasi nominal daromadga (iqtisodiyotda nominl xarajatlar tayyor mahsulotlarni va xizmatlarni xarid qilishga) teng. Tenglamaning o‗zi bir ayniyatdir, aniqlanishi bo‗yicha to‗g‗ri bog‗lanishni ko‗rsatadi. Bu hech narsani bildirmaydi. Masalan, nominal daromad