O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi


O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi



Yüklə 3,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/39
tarix19.02.2020
ölçüsü3,12 Mb.
#30485
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
mikrobiologiya fanidan oquv uslubiy majmua


4.O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi 
a) darsning turi – suhbat 
b) metod – klaster, aqliy xujum 
v) forma(shakl) – guruh, induvidual 
g) vosita – doska, tarqatma material, jadval, spirtovka, filtrlar, gaz gorelkasi 
d) usul – nutqli 
e) nazorat – kuzatish(ko’rish) 
j) baxolash – o’z-o’zini va umumiy baholash 
5. Yangi pedogogik texnologiya. 
1. “Klaster” usulida mavzuni yoritib berish 
2. Talabalarga “aqliy xujum” tariqasida savollar berish. 
6. O'quv jarayonida talabalar bajaradigan mustaqil ishi. 
1. Avtoklavni ishlash prinsipi bilan. 
2. Aseptika va antiseptika  tushunchalariga rioya qilishni o’rganish.  
               IRSIYAT HAQIDA TUShUNChA. 
         Oxirgi bir necha o`n yilliklar ichida mikroorganizmlar genetikasini o`rganishda nihoyatda 
ko`p va buyuk yangiliklar kashf qilindi. Mikroorganizmlar genetikasi ustida olib borilgan ishlar 
shuni ko`rsatdiki, mikroblarni hamma xossalarini ham o`zgartirish mumkin ekan, ya'ni 
morfologiyasi, antigen xususiyati, bioximik, virulentlik xossalari va hokazo. Bu o`zgarishni turli 
xil faktorlar ta'sirida chaqirish mumkin. 
         MIKROORGANIZMLAR GENOTIPI VA FENOTIPI. 
         Irsiy belgilar asosan DNK da joylashgan bo`ladi. Bitta oqsil yoki peptidni hosil bo`lishini 
kuzatib turuvchi DNK molekulasiga GENOM deyiladi. Genda hujayraga tegishli bo`lgan butun 
belgilar (mujassamlashgan) bo`ladi. Mikroorganizmlarda genlarni DNK ning makromolekulasida 
yoki xromosomalarida joylashganligi isbotlangan. Genetik material yana xromasomadan 
tashqaridagi elementlarda –  plazmidalarda ham saqlanishi mumkin. Ular protoplazmada 
joylashgan bo`ladi. Mikroblar yoki viruslar hujayrasi genlarning yig`indisi Genotipni tashkil 
qiladi. Gen yoki genotipni kichik xarf Q belgilarini qo`yib belgilaymiz. Yana sezgir bo`lsa S 
sezgir, chidamlilik bo`lsa Ch, masalan, streptomitsinga sezgir bo`lsa kichik xarflar bilan Str s. 
chidamli bo`lsa Str. Bakteriyalar fenotipini ham xuddi shu tarzda, faqat katta xarflar bilan 
belgilaymiz. Mikroorganizmlardagi avlodga fenotipik tarzda o`tmaydigan bir yoki bir necha 

152 
 
belgilariga MODIFIKATASIYA deymiz. Bu holda mikrobni shakli, hajmi, bioximik xususiyati, 
patogenlik, antigenlik belgilari o`zgarishi mumkin. Lekin bular FENOTIPIK xarakterga ega 
bo`lib, genlar ta'sirida bo`lsa ham ularni o`zgartirmaydilar, ya'ni genotipga ta'sir qilmaydi va bu 
o`zgarish belgilari kelgusi avlodga o`tmasdan yo`qolib ketadi. 
         MODIFIKATSIYA. 
         Modifikatsiya mikroorganizmlarni, o`zgaruvchan bo`lgan tashqi muhit sharoitiga moslanish 
reaktsiyasidir. Bu reaktsiyalar mikroblar hayotini saqlanishiga yordam beradi va ta'sir qilib 
turuvchi faktorlarning yo`qolishi bilan birgalikda yo`qolib ketadi, ya'ni kelgusi avlodga o`tmaydi. 
Masalan, nestabil formaning xossalari ham yaxshi sharoitga tushganida yo`qolib ketadi. Demak, 
modifikatsiya qisqa yoki uzoq muddatli bo`ladi. Lekin bir necha avloddan keyin u xossalari 
baribir yo`qoladi. Lekin ayrim hollarda stabil formalar genotip o`zgarish natijasida ham hosil 
bo`lgan bo`lishi mumkin, bu holda u avlodga doimiy o`tgan bo`ladi.                                 
MUTATSIYA. 
         Mutatsiya (o`zgarish) ikki xil bo`ladi: to`satdan (spontan) hosil bo`ladigan, bunda DNK 
polimerazaning, DNK replikatsiyasi vaqtida xatoga yo`l qo`yganligi natijasida to`satdan vujudga 
keladi, ya'ni ta'sir qiluvchi kodrovanno`y determinant bo`lmaydi, o`z-o`zidan vujudga keldi. 
         INDUTSIRLAShGAN mutatsiyalarda, eksperiment sharoitda ma'lum bir fizik yoki 
ximiyaviy ta'sir natijasida o`zgargan gammalar olinadi. Genotipik yoki xromosomalik mutatsiyalar 
farqlanadi. Induktiv mutatsiyani  chaqiruvchi ximiyaviy birikmalar yoki fizikaviy faktorlarga 
MUTOGENLAR deyiladi. Ular DNK ga har xil ta'sir qilishi mumkin, ya'ni mexanizmi har xil 
bo`ladi. 
         GENETIK REKOMBINATSIYALAR. 
         Yuqori turuvchi organizmlar singari, mikroorganizmlar uchun ham genetik rekombinatsiya 
xosdir. Ma'lumki eukariotlar uchun jinsiy ko`payish xosdir. Prokariotlarda bu xol kuzatilmaydi. 
Mikroblarda rekombinatsiya retsepient kletkaga, donor kletka xromasomasining bir qismini kirishi 
natijasida to`liq bo`lmagan ZIGOTA-MEROZIGOTA hosil bo`ladi. Bu rekombinat genotipi, 
o`ziga donor xromasomalarning (DNK) bir qisminigina olgan retsepient genotipidir. Shuning 
uchun ham bu protsessni aniqlash bir muncha qiyindir. Genetik materialni bir mikrob hujayrasidan 
ikkinchisiga o`tishi TRANSFORMATSIYA, TRANSDUKTSIYA va KONYUGATSIYA yo`li 
bilan o`tishi mumkin. 
         TRANSFORMATSIYA. 
         Bu  –  genetik materialni (DNK) donordan retsepientga to`g`ridan-to`g`ri uzatilishidir. 
Transformatsiya xodisasi 2 ta bakteriya qatnashadi, birinchisida DNK donor, ikkinchisida DNK 
retsepient bo`ladi. Lekin hamma hujayralar ham DNK ni qabul qilavermaydi. DNK qabul qilish 
xususiyatiga ega bo`lgan hujayrani kompetnent hujayralar deyiladi. Ulardagi kompetnentlik holati 
qisqa muddatli bo`lib, hujayraning o`sish davridagi (ko`payish) ma'lum bir vaqtda bo`ladi, 
ko`pincha u bakteriya ko`payishining –  fazasida bo`ladi. Ya'ni bu vaqtda hujayra devorining 
o`tkazuvchanligi yuqori bo`lib DNK molekulasini kirishiga qulay sharoit bo`ladi. Hamma 
bakteriyalar ham kompetentlik xususiyatiga ega bo`lavermaydi. Transformatsiya  holatini 
chaqirish uchun ba'zan bakteriya hujayralari ayrim moddalar ta'sirida ishlanib, hujayra devorini 
o`tkazuvchanligi oshiriladi. Transformatsiya  protsessi bir necha fazada o`tadi. 
DNK donorni retsepietga adsorbtsiyasi. 
Donor DNK sini retsepientga hujayrasi ichiga kirishi. 
Donor DNK sini retsepient xromasomasining o`ziga o`xshash qismi bilan birlashib 
rekombinatsiya hosil qilishi. DNK lar qanchalik ko`p o`xshash bo`lsa, rekombinatsiya shunchalik 
tez va yaxshi bo`ladi. 
          TRANSDUKTSIYA. 
         Genetik materialni bir akteriyadan ikkinchisiga fag orqali o`tilishi TRANSDUKTSIYA 
deyiladi. Uch xil transduktsiya bo`ladi: nespetsefik, spetsefik va abort formasi.  
NESPETSEFIK TRASNDUKTSIYA. Bu holda fag vibrionlari hosil bo`lish jarayonida bakteriya 
donor DNK sining qandaydir bir qismihosil bo`layotgan     fag DNK siga kirib qoladi va qisman 
informatsiyani o`tkazadi, ya'ni transduktsiya qiluvchi fag bir bakteriyadan ikkinchisiga faqat 
genetik materialni o`tkazuvchi bo`libgina qoladi va kulturani lizis qilaolmaydi, ya'ni donor DNK 
si bakteriya xromasomasiga joylashadi. 

153 
 
SPETSIFIK TRANSDUKTSIYA. Avvalgisidan farqli o`laroq  bu holda donor DNK si 
retsipientga ma'lum bir  genni to`liq o`tkazadi va DNK retsipient xromasomasi bilan mustahkam 
bog`lanadi. 
ABORTIK TRANSDUKTSIYAsi bilan bog`lanmasdan erkin holda turaveradi. Hujayra bo`linishi 
vaqtida bu DNK faqat bitta yangi qiz hujayraga berilishi mumkin, natijada kelgusi avlodda yo`q  
bo`lib ketadi. 
         KONYUGATSIYA. 
         Genetik materialni donor hujayrasidan retsipient hujayrasiga birikishi chatishish yo`li bilan 
o`tishidir. Bu holda bakteriyalar birga o`stiriladi. Donordagi genetik material F faktorga ega 
bo`ladi, (fertihy - pushtililik) buni GQ hujayrasi F faktorga ega bo`lmagan bakteriyalar hujayrasi 
genotipi donor bo`laolmaydi, ularning G-hujayra deb belgilaymiz. Jinsiy faktor konyugatsiya 
xususiyatiga ega bo`lgan PLAZMIDALAR guruhiga kiradi va ma'lum massaga ega bo`lgan (64. 
106) DNK xalqasidan tashkil topgan bo`ladi. F –  plazmida jinsiy kiprikchalar (F) ni sintezini 
nazorat qiladi, bu kirpikchalar donor va retsipient hujayrasini birlashishida, shu bilan birga DNK 
dan tashqarida bo`lgan genetik materialni o`tkazishda qatnashadi. 
         PLAZMIDALAR. 
         Demak, plazmidlar xromasomadan tashqaridagi genetik (irsiy) elementlardir: ya'ni DNK 
molekulasidagi xromasomaga bog`liq emas: replikatsiya xususiyatiga ega replikatsiyada 
qatnashadi. Plazmidalar bakteriya hujayrasi tarkibidagi doimiy elementlar tarkibiga kirmaydi. 
Amma ular muhim protsesslarda  qatnashishi mumkin –  genetik ma'lumotlarni konyugatsiya 
orqali o`tishida   antibiotiklarga sezgirligi va hokazo. Plazmidalar konyugatsiyalanuvchi va 
konyugtsiya bo`lmaydigan guruhga bo`linadi. konyugativ plazmidalarga DNKni donordan 
retsipientga konyugatsiya orqali o`tkazuvchi F SO-plazmidalar kiradi. Ikkinchi hujayradan 
hujayraga konyugatsiya usuli bilan gen belgini o`tkazish xususiyatiga ega emas. Ona hujayraning 
bo`linishida yangi qiz hujayralarda bir tekisda taqsimlanadi. R-plazmidalar bakteriyadagi 
antibiotiklarga chidamlikni belgilaydi. 
         GEN INJENERIYaSI. 
         Patogen bakteriya va viruslarni genetikasini o`rganish immunoprofilaktika ishiga katta 
ahamiyatga ega. Ayniqsa gen (irsiy) yoki genlik injeneriya – yangi irsiy elementlar ishlab chiqishi 
bular orqali maxsus ma'lumotni hujayralarga o`tkazish, avlodga berish va h.k. gen injeneriya 
asosida tashkil qilingan yangi genlik strukturasida DNKni yangi rekombinatlari yangi 2 ta  
komponent. VEKTOR (tashuvchi) replikatsiyadagi  hamma xususiyatlarni yangi rekombinat 
molekulasiga  o`tkazadi. Vektor sifatida plazmidalar, faglar, hayvonlar viruslari, xullas DNKning 
berk xalqasiga ega bo`lgan elementlar kiradi. Ikkinchi  begona DNKni hosil qiluvchi DNKni 
klonlashtiruvchi  –  bu DNK-fermenti bo`lib, kerakli genlarni tashiydi, kerak moddalarni 
sintezlaydi  va nazorat qiladi. 
         Gen injeneriya usuli bilan hozirgi vaqtda rekombinat molekalalar olingan bo`lib, bular 
kerakli moddalarni, sintez qiluvchi genlarni tashiydi. 
Mikroorganizmlar hayoti uni o'rab turgan va ularga ta'sir ko'rsatuvchi tashqi muhit bilan 
chambarchas bog'liq. Mikroorganizmlarga ta'sir ko'rsatuvchi barcha omillarni uch guruhga: 
fizikaviy, kimyoviy, biologik  omillarga bo'lish mumkin. Tashqi muhit omillarining yaxshi yoki 
o'ldiruvchan ta'sir ko'rsatishi, mana shu omilning tabiatiga, shuningdek, mikroorganizmlarning 
xossasiga bog'liq. 
Laboratoriya mashg’uloti 11 
 
Mavzu Yuqumli ichak kasalliklari, ichak tayoqchasi mikrobiologik xususiyatlari. Ovqatdan 
zaharlanishni keltirib chikaruvchi mikroorganizmlar: salmonellyoz, botulizm 
 
Mashg’ulot rejasi 
1. Ichak yuqumli infeksiyalari qo’zg’atuvchilarining mikrobiologik diagnostika sxemalarini 
o’rganish. 
2. Enteropatogen  E.coli  infeksiyalari qo’zg’atuvchilarining mikrobiologik diagnostika 
sxemacini o’rganish.  
3. Iersiniozlar qo’zg’atuvchilarining mikrobiologik diagnostika sxemasini o’rganish.  

154 
 
4. Enteropatogen E.coli va iersiniozlarni serologik diagnostikasi. 
5. Enteropatogen  E.coli va iersiniozlarda qo’llaniladigan diagnostika, profilaktika va davo 
preparatlari. 
 Namoyish qilish 
1. Enteropatogen E.coli va iersiniozlarni toza kulturasidan tayyorlangan surtmalar. 
2. Enteropatogen E.coli va iersiniozlarni toza kulturasini differensial oziq muhitlarda ajratib 
olingan kulturalari. 
3. Enteropatogen E.coli va iersiniozlarni biokimyoviy xususiyatlarini namoyon etuvchi kalta 
va uzun Giss qatorlari. 
4. Agglyutinasiya qiluvchi E.coli va iersiniozlarni poli va mono reseptorli zardoblari, 
profilaktik va davolash preparatlari. 
Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq. 
1. Enteropatogen E.coli diagnostikasi: kolientritga shubha qilingan bemor materiali ekilgan 
Endo muhitidagi o’sish natijasini baholash: 
a)  E.coli ning kultural xususiyati, o’sish xarakteriga  baho berish; 
b)  surtmalar tayyorlab Gram usulida bo’yab, mikroskop ostida ko’rish; 
v) shubhali koloniyalardan olib buyum oynasida polivalentli OK-antizardoblar (OKA, OKB, 
OKS. OKD va OKE) bilan agglyutinasiya reaksiyasini qo’yish. 
g)  sof kultura ajratib olish uchun shubhali koloniyalardan Kliger muhitiga ekish; 
2. Ichak iersiniozi diagnostikasi: ichak iersenioziga shubha qilingan bemor qonidan spesifik 
antitelolarni aniqlash maqsadida iersinioz eritrositar diagnostikumi bilan BGAR ni qo’yish. 
3. Qorin tifi va paratiflar diagnostikasi:  birinchi bosqich – qorin tifi va paratiflarga shubha 
qilingan bemor najasini Endo va Levina va qonini Rapaport muhitlariga ekish. 
Enteropatogen E.coli keltirib chiqaruvchi kasalliklar diagnostikasi 
E.coli odam yo’g’on ichagini normal mikroflorasi hisoblanadi, lekin hozirda uning ko’plab 
serologik tiplari odam uchun patogen hisoblanadi. 57-jadvalda kasallik keltirib chiqaruvi serologik 
tiplari keltirilgan. E.coli ning enterotoksigen serovariantlari- odamda vaboga o’xshash diareya va 
toksikoinfeksiyalarni keltirib chiqaradi. Bu bakteriyalar termolabil va termostabil enterotoksin 
ishlab chiqaradi. Toksin ishlab chiqarishini mo’’tadil faglar boshqaradi. 
E.coli ning enteropatogen serovariantlari asosan bolalarda diareya keltirib chiqaradi. Hamma 
serovarlari plazmid tutadi, bu plazmidlar ichak mikrovorsinkalarini epiteliy hujayralariga birikib 
(adgeziya) oluvchi maxsus oqsil strukturalari sintez qiladi. Bu serovariantlari enteroinvazivlardan 
farq qilib epiteliy hujayralariga kirmaydi. Kasallik bolalarda og’ir o’tadi. 
E.coli ning enteroinvaziv serovariantlari -  odamda ichburuqqa o’xshash kasallik keltirib 
chiqaradi. Bular ichburuqqa o’xshab ichakning epiteliy hujayralariga kirib ko’payadi. 
E.coli ning enterogemoragik serovariantlari esa odamlarda og’ir o’tuvchi gemorragik kolitni 
keltirib chiqaradi. 
Bu kasalliklarning mikrobiologik diagnostikasi faqatgina bakteriologik usullarda aniqlanadi. 
Bakterioskopik va serologik usullar qo’llanilmaydi. 
Bakteriologik tekshiruv.  
1 kun. Kasallardan patologik material (najas, siydik, qon, qusuq, seksion material va bosh.) 
maxsus boyituvchi, ko’paytiruvchi muhitli (gliserinli aralashma, selenitli muhit) tamponli 
probirkalarga yig’iladi, probirkalar albatta rezina qalpoqcha bilan mahkam berkitilgan bo’lib, 
laboratoriyaga jo’natiladi (11-  sxema). Material tamponni o’zi bilan yoki qovuzloq bilan Endo, 
Ploskerova, Levina muhitlaridan biriga ekiladi va termostatga 37º S da kelasi kungacha 
qoldiriladi. 
 2-kun.  Material ekilgan muhitlar termostatdan olinib ko’zdan kechiriladi. Endo muhitida ichak 
tayoqchalari laktozani parchalashiga qarab ikki xil rangda koloniyalar hosil qiladi. Laktozapozitiv 
(laktozani parchalaydi) koloniyasi to’q qizil rangda (asosan normal E.coli) va laktozanegativ 
(laktozani parchalamaydi) koloniyasi rangsiz oq pushti rangda bo’ladi. Asosan enteropatogen 
ichak tayoqchalari ikkinchi tipdagi koloniyalar hosil qiladi. bo’lsa daslabki chamali javob beriladi. 
Toza kultura ajratib olish uchun bir nechta agglyutinasiya musbat  koloniyalardan uch qandli 
Kliger muhitiga ekiladi va termostatga qo’yiladi. 

155 
 
3-kun.  Kliger muhiti ko’zdan kechiriladi. Bu muhitda normal ichak tayoqchalari 
uglevodlarni (glyukoza, laktoza va saxaroza) kislota va gaz hosil qilib parchalaydi, muhitni rangi 
somon rangiga kiradi, ko’p gaz hosil qilganligi uchun agar ustunchalari yorilib ketadi. Vodorod 
sulfid va mochevinani parchalamaydi. Bunday kulturalar bilan chamali polivalentli zardob bilan 
agglyutinasiya reaksiyasi qo’yiladi, manfiy bo’lsa tekshirish to’xtatiladi. Enteropatogen ichak 
tayoqchalari ko’pincha laktozani saxarozani parchalamaydi, glyukozani esa kislota hosil qilib, 
gazsiz parchalaydi. Bular bilan ham chamali polivalentli OK zardob bilan agglyutinasiya 
reaksiyasi qo’yiladi, agar musbat bo’lsa alohida (OKA, OKV va x.k) seroidentifikasiya qilinadi. 
Musbat natija olingan holda, probirkalarda tegishli OK zardoblar bilan kengaytirilgan 
agglyutinasiya reaksiyasi qo’yiladi. 
Kengaytirilgan agglyutinasi reaksiyasini qo’yish. Buning uchun ikki qatorda 
agglyutinasiya bergan OKA yoki OKV qon zardoblar suyultiriladi 1:1600 marotabagacha (sxema  
). Birinchi qatordagi probirkalarga tekshiriluvchi E.coli ning tirik kultura suspenziyalari, ikkinchi 
qatorga esa shu kulturani suv hammomida oldindan bir soat davomida qizdirilgan kulturalari ( 2-
mlrd.li kulturadan 2-3 tomchi tomiziladi) qo’shiladi. Chunki ichak guruhi bakteriyalarida O-Ag ni 
yuzasidan K-kapsula antigeni o’rab turadi, bunday kulturalar bilan agglyutinasiya reaksiyasi 
qo’yilsa, reaksiya manfiy bo’lishi mumkin, K-Ag tashqi yuza tomonda O-Ag ni to’sib qo’yadi. O-
Ag termostabil, K-Ag esa termolabil 70-80º S parchalanib ketadi. Bunday qizdirilgan kultura bilan 
O-Ag aniqlash mumkin. Reaksiya musbat bo’lsa kengaytirilgan Giss muhitlarida biokimyoviy 
xususiyatlarini o’rganish uchun ekiladi va antibiotiklarga sezgirligini o’rganiladi. 
4-kuni hamma olingan natijalar o’rganilib kerak bo’lgan taqdirda qo’shimcha biokimyoviy 
xususiyatlari o’rganiladi va yakuniy javob beriladi.  
Ovqat orqali zaharlanishlar ikki xil ko’rinishda bo’lishi mumkin. Birinchi ko’rinishi 
mikroorganizmlarga ta’luqli bo’lmagan, bularni o’z navbatida ximiyaviy, biologik faktorlar 
keltirib chiqaradi. Bu kasalliklarni tibbiyotning maxsus bo’limlarida o’tiladi. Ikkinchi xil 
zaharlanishlarga mikroorganizmlar sababchi bo’ladi. Bu kasalliklarni ham kasallik patogenezi, 
kelib chiqishiga qarab  ikkiga bo’lish mumkin. 
1. Ovqat intoksikasiyasi. 
2. Ovqat toksikoinfeksiyalari  
Ovqat intoksikasiyasini asosan stafilokokklar, botulizm tayoqchalari, zamburug’lar va bosh. 
keltirib chiqarishi mumkin. Bu tipdagi zaharlanishlarni kelib chiqishida mikroorganizmlarni 
toksinlari asosiy rolni o’ynaydi. Odam mikroblar ko’payib, toksinlari yig’ilib qolgan oziq 
ovqatlarni iste’mol qilishganda  kasalliklarga chalinadi.  
Ovqat  toksikoinfeksiyalarida esa mikroorganizmlarni ovqatlarda yig’ilib qolgan 
toksinlaridan tashqari, ularning o’zi ham organizmlarda ko’payishi mumkin. Bularga eng ko’p 
mikroorganizmlar kiradi. 
Toksikoinfeksiyalarining nihoyatda ko’p tarqalgan qo’zg’atuvchilari salmonellalardir. 
Ularga- Salmonella typhimurium, S.enteritidis, S.choleraesuis, S.heidelberg, S.anatum, S.derby lar 
kiradi. Bu kasalliklarni ko’pchilik hollarda Ye.coli, Proteus, boshqa enterobakteriya vakillari, 
enterokokklar va boshqa mikroorganizmlar keltirib chiqaradi.  
Ovqat toksikoinfeksiyalarining patogenezi va klinik manzarasi me’da-ichak yo’liga 
mikroblar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarining (go’sht, baliq, sut va bosh.), yetarlicha 
termik jihatdan ishlov berilmagan holda ko’p miqdorda tushishi orqali kuzatiladi. Bunda tirik 
bakteriya hujayralari qulay sharoitda tezlik bilan ko’payadi. Shu bilan bir vaqtda, ichakda kasallik 
ko’zg’atuvchilarining ko’p miqdorda ko’payishi va bakterial hujayraning parchalanishi ko’p 
miqdorda endotoksin ajralishiga sabab bo’ladi. Bu esa ingichka ichakning intramural 
neyroreseptor apparatiga, qorin bo’shlig’ining periferik tomirlariga ta’sir qiladi va bu ichak 
devorida neyrodistrofik o’zgarishga va bog’liq a’zo hujayralarining  jarohatlanishiga olib keladi. 
Ovqat toksikoinfeksiyalarida me’da-ichak yo’llari, ko’pincha qo’zg’atuvchilardan tezlikda, ayrim 
hollarda esa, kasal boshlangandan bir necha soat o’tgach, ozod bo’ladi. Birok, qator hollarda, 
salmonellalar ichakda uzoq vaqt, bir necha hafta va hatto oylar davomida saqlanib qolib, bakteriya 
tashuvchining najasi bilan ajralib turadi. Bu kasalliklarda,  odatda,  bakteriemiya  sodir bo’lmaydi. 

156 
 
Laboratoriya diagnostika bakteriologik usul bilan o’tkaziladi. Tekshirish uchun kasalning 
najasi,  qusig’i, me’da chayindi suvlari bilan birga, ovqat  qoldiqlari va uni  tayyorlash uchun 
ishlatilgan mahsulotlar olinadi. Bu esa infeksiya manbaini topish uchun muhimdir. 
Bakteriyali  ovqat  toksikozlari  bilan zaharlanish me’da-ichak yo’liga ovqat bilan birga 
bakteriyaning  toksinlari  tushganda sodir bo’ladi. Bulardan Staph.aureus, Cl.perfringens—lar 
enterotoksini, ayniqsa Cl.botulinum ning neyro-toksini  juda  xavfli  hisoblanadi. Ovqat bilan 
zaharlanishda  ovqat  tarkibida tirik qo’zg’atuvchilarning  bo’lishi  shart emas, chunki kasallik 
ularning toksini bilan ham vujudga kelishi mumkin. 
Ovqatdan zaharlanishning mikrobiologik  diagnostikasi toksinlarni  aniqlash  hamda toksin 
hosil  qiluvchi qo’zg’atuvchilarning sof kulturasini bemordan olingan  materiallar va ovqat 
qoldiqlaridan ajratib olish yo’li orqali o’tkaziladi 
Uslubiy   ko’rsatmalar 
Ovqat  toksikoinfeksiyalari.  Tekshirish   uchun   material:   kasal najasi, qusug’i, me’da 
chayindisi va infeksiya manbai bo’lgan ovqat mahsulotlari qoldiqlari. 
Bakteriologik tekshiruv. Material salmonella, shigella hamda esherixiyalarning sof 
kulturasini olish uchun tekshirilayotgan material differensial-diagnostik oziqli muhitlarga (Endo, 
Ploskireva  va boshqalar) ekiladi. Proteyni ajratib olish uchun esa “Shukevich” usulidan 
foydalaniladi. Ekmalar 20—24 soat 37°S li termostatda ushlab turilgan-dan keyin, differensial 
muhitli kosachalarda bakteriyalarning kultural, tinktorial xususiyatlari, qiyalantirilgan oziqli 
agardagi protey uchun xarakterli «o’rmalab» o’sishi asosida xulosa chiqariladi. Taxmin qilingan 
mikrob koloniyalar sof kulturasini olish uchun qiyalantirilgan (Ressel, Kliger) GP agarga ekiladi 
va shu bilan bir vaqtda buyum oynachasida agglyutinasiya reaksiyasi qo’yiladi. Qolgan 
bosqichlari qaysi qo’zg’atuvchi ajratib olinganligiga bog’liq bo’lib bioximik, antigen va boshqa 
xususiyatlari bo’yicha identifikasiya qilinadi. Masalan, ovqat toksikoinfeksiyalarini salmonellalar 
keltirib chiqargan bo’lsa, ajratib olingan (25 mashg’ulotga qaralsin) salmonellalar  sof kulturasi 
qaysi serovarlarga mansub ekanligini aniqlash uchun seroidentifikasiya qilinadi. Avval 
polivalentli guruhga mansub qon zardoblar bilan  va monoreseptorli O zardoblar, so’ng N 
zardoblarning 1 chi va 2 chi fazalari bilan  aniqlanadi. Olingan natijalar asosida salmonellalarning 
sof kulturalari bilan ma’lum monoreseptor zardoblar yordamida probirkalarda agglyutinasiya 
reaksiyasi qo’yiladi va kultura ekilgan «ola-chipor» qatorlar natijalari bilan jamlab ko’riladi va 
yakuniy xulosa va javob beriladi. Bemor organizmidan va ovqat mahsulotidan salmonellalarning 
aynan bir xil serovari ajratib olinsa, ovqat toksikoinfeksiyasi va kasallik manbai to’g’risida 
yakuniy xulosani chiqarish mumkin. Bir qator salmonellalarning muhim biokimyoviy belgilari va 
antigenlik tuzilishi -jadvalda keltirilgan. 
Agar, kondensat suvli, qiyalantirilgan agarga (“Shukevich” usulida) material ekilganda 
kulturaning o’rmalab o’sishi kuzatilsa, undan qovuzloq bilan harakatchanlikni aniqlash uchun 
«ezilgan» tomchi preparati va surtma tayyorlanadi. Surtma Gram usuli bilan bo’yaladi va 
mikroskop ostida ko’riladi. 
 
Laboratoriya mashg’uloti 12 
 
Mavzu: Xavo - tomchi   orqali yuquvchi infeksiya.    (Korinebakteriya, mikobakteriya) 
Yüklə 3,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin