O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy va o‘rtа mахsus tа’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


«Osiyo taraqqiyoti banki ishtirokida Buxoro, Navoiy va



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/46
tarix30.04.2020
ölçüsü4,52 Mb.
#31049
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46
Dehqon fermer xujaligi iqtisodiyoti


1. «Osiyo taraqqiyoti banki ishtirokida Buxoro, Navoiy va 

Qashqadaryo viloyatlarida yerlarning meliorativ holatini yaxshi-

lash» loyihasi doirasida  1 ta loyiha asosida 3 ta obyektda 165,4 km 

uzunlikda 8454,5 mln so‘mlik rekonstruksiya ishlari amalga oshirilishi 

rejalashtirilgan bo‘lib, 10-aprel holati bo‘yicha 31,26 km uzunlikdagi 

kollektorlarda 1433,61 mln so‘mlik ishlar amalga oshirildi. Ushbu 

ishlarga 37 dona ekskovatorlar, 12 dona bul’dozerlar jalb etildi.  

2. Xalqaro taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq xo‘jaligi 

korxonalarini qo‘llab-quvvatlash 2-bosqich»  loyihasi bo‘yicha 

«Irrigatsiya va drenaj tarmoqlarini qayta tiklash»  komponenti doirasida 

belgilangan Mirishkor tumanidagi 15 km uzunlikdagi  «UR-11» kanalini 

rekonstruksiya qilish obyekti bo‘yicha shartnoma qilish ishlari amalga 

oshirilmoqda.   

Davlat budjeti hisobidan Suv xo‘jaligi obyektlarida kapital 

qurilish ishlari bo‘yicha 2014-yilda jami 10246,7 mln so‘mlik 8 ta 

loyiha asosida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan 

bo‘lib, 10-aprel holati bo‘yicha 920,7 mln so‘mlik qurilish montaj ishlari 

amalga  oshirildi. 


 254

11.3.1-jadval 

Qashqadaryo viloyatida 2014-yilda amalga oshirilayotgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlari to‘g‘risida 2014-yil 10-

aprel holati bo‘yicha ma’lumot 

shundan 1-chorakda  

2014-yil rejasi 

reja 

Amalda 10-aprel holatiga   

Mavjud 

mexanizmlar 

№ Obyektlar 

nomi 

quvvati,   

km 

qiymati, 

mln so‘m 

quvvati, 

km 

qiymati, 

mln so‘m 

quvvati, 

km 

 % 

qiymati, 

mln so‘m 

 % 

eksko-

vator 

buld

o-zer 

Davlat dasturi asosida amalga 



oshiriladigan melioratsiya obyektlari - 

29 ta loyiha 

774,8 13837,3 211,3  3030,1  207,2 98 2786,1 92 77  31 

  

Shundan: Qurish va rekonstruksiya 

qilish 

104,8 8095,6 44,6 1578,0 44,0 99 1383,0 

88 

28 14 


  

Tizimli ta’mirlash-tiklash 

670,0 5741,7 166,7 1452,1 163,2 98 1403,1 

97 49 17 

Xorijiy investitsiya hisobidan amalga 



oshiriladigan Osiyo taraqqiyot banki va 

Xalqaro taraqqiyot banki ishtirokidagi 

obyektlar - 4 ta obyekt 

165,4 9737,46 35,2 2106,18 31,26 89 1433,61 

68 37 12 

Budjet mablag‘i hisobidan amalga 



oshiriladigan Kapital qurilish obyektlari 

- 8 ta obyekt 

  

10246,7 


  

1079,4 


  

  

920,7 



85 



 

 

Hammasi: 

940,2 33821,5 246,5  6215,7  238,5 97 5140,4 83 122 48 

Manba: Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi ma’lumotlari asosida tuzilgan. 

 

255


Shundan: 4 ta yildan yilga o‘tuvchi, 4 ta yangidan boshlanuvchi 

obyektlardir. 

Yildan yilga o‘tgan obyektlar: 

1. «Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi Guldara 

daryosida sel suv ombori qurilishi». 

2014-yil rejasi  3000 mln so‘m bo‘lib, shundan 4 oylik  reja 

bo‘yicha 316,7 mln so‘mni tashkil etadi. 2014-yil 10-aprel holati 

bo‘yicha 124,1 mln so‘mlik yoki 40 foiz  qurilish-montaj ishlari amalga 

oshirildi.  

2. «Mirishkor tumanidagi sug‘orish tarmoqlarini tizimli qayta 

tiklash». 

  2014-yil rejasi  1000 mln so‘m bo‘lib, shundan aprelgacha bo‘lgan 

reja 166,7 mln so‘mni tashkil etadi. 10-aprel holatiga 70.0 mln so‘mlik 

yoki 42 foiz qurilish-montaj ishlari bajarildi.  



3. Qamashi tumanidagi «Qo‘ng‘ir» nasos stansiyasini qayta 

tiklash. 

2014-yil rejasi 1500 mln so‘m bo‘lib,  10-aprel  holati bo‘yicha 

178,4 mln so‘mlik  qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi.  

4. «Koson tumanidagi sug‘orish tarmoqlarini tizimli qayta 

tiklash». 

2014-yil rejasi  1000 mln so‘m bo‘lib,  shundan 10-aprel holati 

bo‘yicha 186,7 mln so‘mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi.  

5. Kitob tumanidagi «Pistaxon» kanalining bosh qismida suv 

yig‘ish inshootining qurilishi. 

2014-yil rejasi  618,3 mln so‘m, 10-aprel holatiga 173,3 mln 

so‘mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi.  

6. Qarshi shahrini oqar suv bilan ta’minlashni yaxshilash uchun  

«Yo‘ldosh» nasos stansiyasini qayta tiklash. 

2014-yil rejasi 1000 mln so‘m, 10-aprel holati bo‘yicha 115,2 mln 

so‘mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi.  

7. Qamashi tumanidagi katta Jayilma nasos stansiyasini qayta 

tiklash ishlari bo‘yicha: 

2014-yil rejasi  1000 mln so‘m, 10-aprel holatiga 73,0 mln so‘mlik 

qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi. 

Krеdit yo‘nаlishlаrining rеsurslаridаn xоrijiy uskunаlаr vа  tеxnо-

lоgiyalаrini xаrid qilishni mоliyalаshtirish, qishlоq xo‘jаlik mаhsulоtlаri 

vа  mаhаlliy xоmаshyo rеsurslаrini qаytа ishlаsh, ishlаb chiqilgаn 

nаmunаviy yoki аlоhidа loyihаlаr  аsоsidа ekspоrtgа yo‘nаltirilgаn 

mаhsulоtlаr vа xаlq istе’mоl mоllаri ishlаb chiqаrishni ko‘zdа tutаdigаn 



 

256


invеstitsiya loyihаlаrini tа’minlаsh bilаn bоg‘liq dаstlаbki ishchi kаpitа-

lini shаkllаntirish uchun fоydаlаnilаdi. 

Keyingi yillarda fermer xo‘jaliklarini barqaror rivojlantirish uchun 

qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida hosildorligi past bo‘lgan 

yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 

yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-

quvvatlash uchun mablag‘lar ajratish amaliyotda qo‘llanmoqda. O‘zbe-

kiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-noyabrdagi «Hosildorligi 

past yerlarda davlat ehtiyoji uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 

yetishtirayotgan fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari 

to‘g‘risida»gi PQ-725-sonli Qarorida fermer xo‘jaliklarini barqaror 

rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularga samarali va 

amaliy davlat madadini ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 

Davlat budjetida hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari 

uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini 

moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun maqsadli mablag‘lar ajratish, 

Moliya vazirligiga har yili Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda 

mazkur maqsadlarga yer solig‘i bo‘yicha tushumlar hisobidan mablag‘-

lar ajratish vazifasi yuklatildi.  

Mazkur qarorga muvofiq, ball boniteti past yerlarda davlat ehtiyoj-

lari uchun paxta xomashyosi yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan fermer 

xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga davlat budjetidan  ajrati-

layotgan mablag‘lar qiymati 2008-yildagi 60 milliard so‘mdan 2012-

yilda 160 milliard so‘mga oshdi va 2013-yilda bu ko‘rsatkich 200 

milliard so‘mni tashkil etdi (11.3.2-rasm).  

120

130

140

160

200

0

50

100

150

200

250

2009

2010

2011

2012

2013

11.3.2-rasm. Hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq 

xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga davlat budjetidan 

ajratilayotgan subsidiyalar qiymati, milliard so‘mda 


 

257


Ushbu mablag‘lar fermerlarning xizmat ko‘rsatuvchi va ta’minotchi 

tashkilotlar oldidagi qarzlarini qisqartirishda salmoqli manba bo‘lmoq-

da. 

Qashqadaryo viloyati tumanlarida 2014-yil paxta-g‘alla hosilini 



yetishtirishga ajratiladigan imtiyozli kreditlar me’yorlarida boshqa 

yo‘nalishlar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan SIU xizmatlari 

uchun 7139,8 mln so‘m ajratildi. Biroq ushbu mablag‘ning 57 foizi yoki 

4075,9 mln so‘mi tijorat banklari tomonidan to‘lab berildi. 



 

11.4. Irrigatsiya va meliоratsiya tadbirlariga investitsiya jalb etish 

 

Melioratsiya – yerning unumdorligini tubdan yaxshilashga  qaratil-

gan tashkiliy-xo‘jalik, muhandislik va agrotexnik tadbirlar turkumidir. 

Qishloq xo‘jaligida ekinlar hosildorligini muttasil yuksaltirish 

vazifasi birinchi navbatda sug‘oriladigan yerlarning unumdorligi va 

irrigatsion-meliorativ holatiga bog‘liq. Ilmiy tadqiqot ishlarining 

natijalariga ko‘ra, o‘rtacha sho‘rlangan yerlarda ekinlarning hosildorligi 

sho‘rlanmagan yerlarga nisbatan 50–60 foizga, o‘ta sho‘rlangan yerlarda 

esa 90–100 foizga past bo‘lishi aniqlangan.  

Quyidagi diagrammada respublikamizning sug‘oriladigan yerlarida 

yerlarning meliorativ holati keltirilgan bo‘lib, bunda jami sug‘oriladigan 

yerlarning 52,0 foizi sho‘rlanmagan bo‘lib, biroq qolgan 48,0 foizi turli 

darajada sho‘rlangan yerlar hisoblanadi. 

O‘tgan yillar davomida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini 

yaxshilash tadbirlari hukumatimizning doimiy e’tiborida bo‘lib keldi. 



 

11.4.1-diagramma. O‘zbekiston Respublikasi sug‘oriladigan yerlarining 

sho‘rlanganlik darajasi 

 


 

258


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 29-oktabrdagi 

«Yerlarni meliorativ holatini yaxshilashning tizimlarini tubdan takomil-

lashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-3932 sonli Farmoniga muvo-

fiq, Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini 2008–2012-yillarda 

yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Dasturda 

melioratsiya tizimini rivojlantirish va takomillashtirish hamda yerlarning 

meliorativ holatini yaxshilashga yo‘naltirilgan quyidagi tadbirlar 

majmuasini amalga oshirish mo‘ljallangan: (11.4.1-jadval)  



 

 

11.4.1-jadval 

Mamlakatimiz bo‘yicha meliorativ tadbirlarlarga ajratilgan mablag‘lar, 

milliard so‘mda 

shu jumladan: 

Tadbirlar nomi 

Jami 

2008–

2012- 

yillarda 

2008- y  2009 -y  2010-y 2011-y 2012 

-y 

Meliorativ 

obyektlarni 

rekonstruksiya 

qilish va qurish 

ishlariga  

310,3  22,4 57,3 63,8 81,6 85,2 

Meliorativ 

obyektlarni 

ta’mirlash va 

tiklash ishlariga  

313,5  38,6 48,1 59,2 77,0 90,6 

Lizing asosida 

meliorativ 

texnikalar yetkazib 

berishga  

127,6  29,3 25,4 27,2 20,0 25,7 

Jami 751,4 

90,3 

130,8 150,2 178,6 201,5 

Manba: O‘zbekiston  Respublikasi  qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi 

ma’lumotlari asosida tuzilgan. 

 

1. Magistral va xo‘jaliklararo zovurlar, meliorativ tik quduqlarni



meliorativ nasos stansiyalarini qurish va qayta tiklash,  yopiq-yotiq  

drenajlarni tiklash. 

2.  Meliorativ nasos stansiyalarini,  gidrotexnika va suv o‘tkazuvchi 

inshootlarni va boshqa meliorativ obyektlarni ta’mirlash-tiklash  ishlari-

ni amalga oshirish. 

3. Suv xo‘jaligi qurilishi va suvdan foydalanish tashkilotlarining 

moddiy-texnik bazasini  mustahkamlash. 

Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga qaratil-



 

259


gan irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini moliyalashtirishga davlat 

budjetidan mablag‘lar ajratish ishlari davom ettirilmoqda. Jumladan, 

2008-yilga bu maqsadlar uchun jami 90,3 milliard so‘m ajratilgan 

bo‘lsa, 2012-yilga kelib bu ko‘rsatkich 201,5 milliard so‘mga yetdi. 

O‘tgan 2008–2012-yillarda jami ajratilgan mablag‘lar qiymati 751,4 

milliard so‘mni tashkil etdi (8-ilova). 

2012-yilda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ishlab 

chiqarish va kommunikatsiya obyektlari, qishloq xo‘jaligi hamda 

meliorativ qurilishni rivojlantirish bilan bir qatorda ijtimoiy sohani yangi 

bosqichga ko‘tarish masalalari hukumatimizning diqqat markazida 

bo‘ldi. Hozirgi kunda sug‘oriladigan yerlarning suv ta’minoti va 

meliorativ holatini yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligi korxonalarini 

tarkibiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qiymati 541,65 million AQSH 

dollariga teng bo‘lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi 10 ta loyiha 

amalga oshirilmoqda. Shundan 2012-yilda qiymati 79,94 million AQSH 

dollari teng bo‘lgan mablag‘lar o‘zlashtirilib, bu loyihalar asosida 

yerlarning suv ta’minoti va meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha 

kompleks tadbirlar amalga oshirilmoqdi. Amalga oshirilgan keng 

ko‘lamli ishlar natijasida 2006–2012-yillar mobaynida sho‘rlanmagan 

maydonlar hajmi 2109 ming gektardan 2192 ming gektarga kengayib, 

kuchli sho‘rlangan maydonlar hajmi 163 ming gektardan 118 ming 

gektarga qisqardi. Yer osti sizot suvlari sathining chuqurligi 1,5 

metrgacha bo‘lgan maydonlar hajmi 272 ming gektardan 177 ming 

gektarga qisqardi.  



Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat 

dasturi doirasida viloyatda 2012-yilda meliorativ obyektlarni qurish va 

rekonstruksiya qilish bo‘yicha 13 ta loyiha asosida 194 km uzunlikda 

yangi zovur qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi. 

Qashqadaryo viloyatida «Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ 

holatini yaxshilash» Davlat dasturi bo‘yicha meliorativ obyektlarni 

qurish va rekonstruksiya qilish hamda tizimli ta’mirlash-tiklash ishlari 

2012-yilning 30 noyabr holati bo‘yicha 743,7 km uzunlikda zovur 

qurish, rekonstruksiya qilish hamda zovurlarni tozalash ishlari amalga 

oshirilib, 14255,78 mln so‘m mablag‘ o‘zlashtirildi hamda 11400 gektar 

maydonning meliorativ holati barqarorlanishiga erishildi. 

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish orqali 

tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari O‘zbekiston 

Respublikasi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan Mamlakatimizda 


 

260


demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 

rivojlantirish konsepsiyasida bayon etilgan. Ushbu konsepsiyada bel-

gilab berilgan ustivor vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston respublikasi 

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan dasturda 

2011–2015-yillar mobaynida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ 

holatini yaxshilash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan meliorativ 

inshootlar qurish, ularni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, tomchilatib 

sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish va melioratsiya texnikalarini xarid 

qilish bo‘yicha qariyib 500 million dollarga teng bo‘lgan loyihalar 

hisobidan 1,4 million gektar yer maydonining meliorativ holatini 

yaxshilash kabi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan muhim prognoz 

vazifalari belgilangan. 

Davlat budjeti hisobidan ajratilgan mablag‘lar, asosan, yillik smeta 

asosida bevosita suv xo‘jaligi tizimi ma’muriy-boshqaruv organini 

saqlab turish, yirik suv inshootlarini ekspluatatsiya va rekonstruksiya 

qilishga va xo‘jaliklararo irrigatsiya tarmoqlari tizimini ta’mirlashga, 

yirik suv yetkazib beruvchi mashina-magistral kanallarni ekspluatatsiya 

qilish hamda ta’mirlashga, yuqori quvvatli nasos stansiyalarini saqlab 

turish va ularning energetik resurslariga talabini qondirish maqsadlariga 

yo‘naltirildi. 

 Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 19-

apreldagi «2013–2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliora-

tiv holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish 

chora-tadbirlari to‘g‘risida» 1958-sonli Qaroriga ko‘ra quyidagi 

vazifalar belgilab berildi: 

9

  2013–2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ 



holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash 

bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi

9

  Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan 2013–



2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ yaxshilash 

bo‘yicha ishlarning prognoz parametrlari;  

9

  Davlat budjetidan markazlashgan investitsiyalar hisobiga 



moliyalashtiriladigan 2013–2017-yillar davrida irrigatsiya obyektlarini 

qurish va rekonstruksiya qilish prognoz parametrlari; 

9

  suv iste’molchilari va fermer xo‘jaliklari uyushmalarining 



mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan 2013–2017-yillar davrida 

sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash va tiklash prognoz parametrlari; 

9

  qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining kredit 



 

261


mablag‘lari va o‘z mablag‘lari hisobidan 2013–2017-yillar davrida 

tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etishning prognoz parametrlari. 

Shuningdek:  

 

qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyalarining vazifalari 



kengaytirilib, ularning zimmasiga tumanlararo va xo‘jaliklararo 

kollektorlar hamda boshqa melioratsiya obyektlarini ta’mirlash va 

tiklash bo‘yicha buyurtmachi vazifasi qo‘shimcha yuklandi; 

 

2013-yil 1-maydan boshlab bog‘dorchilik, uzumchilik va poliz 



mahsulotlarini yetishtirish uchun yer ajratishda qishloq xo‘jaligi tovar 

ishlab chiqaruvchilari tomonidan tomchilatib sug‘orish tizimini joriy 

etish bo‘yicha investitsion majburiyat olinishi belgilab qo‘yildi. 

 

11.5. Chоrvachilik va bоg‘dоrchilikka investitsiya jalb etish 

 

Mamlakatimiz dehqon va fermer xo‘jaliklarining chorvachilik 



tarmog‘ini kompleks rivojlantirish dasturlarida asosiy e’tibor chorva 

mollarining naslini yaxshilash, mahsuldorligini oshirish, tarmoqda servis 

xizmatini rivojlantirish va chorvachilikning ozuqa bazasini mustahkam-

lashga qaratilgan. Buning uchun:  

- chorvachilik tarmog‘ining moddiy-texnikaviy bazasini mustah-

kamlash;  

- naslchilik-seleksiya ishlarini tubdan yaxshilash;  

- tarmoqda servis xizmati, jumladan, zooveterinariya xizmatlari 

ko‘rsatish sifati va assortimentini oshirish;  

- parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va pillachilik sohalarini 

rivojlantirish;  

- chorva mollarini yuqumli kasalliklardan muhofaza qilish tizimini 

yanada takomillashtirish;  

- ozuqa ekin maydonlarini kengaytirish va optimal joylashtirish, 

bunda lalmi yerlarda chorva mollari uchun ozuqa yetishtirish ko‘lamini 

kengaytirish tadbirlari amalga oshirilmoqda.  

Keyingi yillarda chorvachilik rivojlangan mamlakatlardan zotdor 

mollarni olib kelib, urchitishni tashkil etishga jiddiy e’tibor berilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 

ma’lumotlariga qaraganda, 2006–2012-yillar mobaynida Ukraina, 

Belorus, Polsha, Avstriya, Germaniya, Gollandiya va boshqa Yevropa 

mamlakatlaridan 28174 bosh naslli golshtinfriz (Germaniya, Polsha), 

qora-ola (Belorus, Ukraina), qizil-cho‘l (Ukraina), simental (Avstriya) 

zotlariga mansub zotdor qoramollar keltirildi.  



 

262


5501

6656

977

5323

4888

0

1000

2000

3000

4000

5000

6000

7000

2008

2009

2010

2011

2012

Chetdan keltirilgan mollardan tug‘ilgan buzoqlar soni 55 519 

boshga yetdi. Keyingi yillarida ko‘pgina naslchilik fermer xo‘jaliklari 

yangidan shakllandi. Hozirgi kunda qoramolchilik yo‘nalishidagi 

naslchilik xo‘jaliklari soni 448 taga yetkazilib, ularda 107751 bosh 

yuqori nasldor qoramollar parvarish qilinmoqda. Birgina 2012-yilda 

ularda 7,2 mingdan ortiq naslli mollar tayyorlandi hamda fermer va 

dehqon xo‘jaliklariga sotildi (11.5.1-rasm).  



 

11.5.1-rasm. Xorijiy mamlakatlardan keltirilgan naslli qoramollar soni 

 

Chorva mollari naslini va mahsuldorligini oshirish bo‘yicha 



naslchilik–seleksiya ishlarida ham ijobiy o‘zgarishlar sezilmoqda. Zavod 

tipidagi naslchilik fermer xo‘jaliklari chetdan keltirilgan golshtinfriz, 

bushuyev, simental, shvits, qora-ola va qizil cho‘l zotli mollar hisobidan 

shakllantirilmoqda. Aksariyat naslchilik toifasidagi xo‘jaliklarda 

sigirlardan bir kunda 20–30 kilogrammdan yoki laktatsiya davomida 6-7 

ming kilogrammdan sut sog‘ib olinmoqda.  

Respublikamiz hukumati tomonidan mamlakatimizda chorvachilik-

ning parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik kabi tarmoqlarini rivojlan-

tirish borasida ham maqsadli dasturlar ishlab chiqilgan va amalga 

oshirilmoqda. Bularning barchasi xalqimizning chorvachilik mahsulot-

lariga bo‘lgan talabini barqaror qondirishga muhim hissa qo‘shishi 

shubhasiz.  

Mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengay-

tirish va agrar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish yuzasidan jami 

575 gektar yer maydonida intensiv bog‘lar barpo etildi. Bu bog‘larda 

yuqori iste’mol xususiyatiga ega va serhosil bo‘lgan mevali daraxt 

ko‘chatlari ekilmoqda. Bunday bog‘larning yaratilishi mamlakatimiz 


 

263


aholisini sifatli meva mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash imkonini 

yaratadi. Birgina 2011-yilning kuzi va 2012-yilning bahorida jami 7661 

gektar maydonga yangi mevali bog‘lar, shundan 2110 gektar yerga 

maydonda intensiv bog‘lar barpo etish, 8518,8 gektar maydondagi 

bog‘larni qayta ekish belgilangan.  

Mamlakatimiz aholisini meva va sabzavotlar bilan yil davomida bir 

me’yorda ta’minlab borish uchun keng tarmoqli sovutish kameralariga 

ega omborlar tizimini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 105-sonli 

qaroriga muvofiq aholi va tashqi bozorlarga yil davomida muntazam 

meva-sabzavotlarni sof holda yetkazib berish maqsadida 2011–2015-

yillarda 120,8 ming tonna sig‘imga ega bo‘lgan yangi sovutish 

kameralarini qurish va 49,1 ming tonna sig‘imga ega bo‘lgan mavjud 

sovutish kameralarini modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan. 

O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2008-yil 25-

nоyabrdаgi 254-sоnli «2009-yildа  mеvа, sаbzаvоt, kаrtоshkа, pоliz vа 

uzum mаhsulоtlаrini yеtishtirish hаmdа ishlаtishning prоgnоz ko‘rsаt-

kichlаri to‘g‘risidа» gi qаrоri  аsоsidа  jоriy yildа  Qаshqаdаryo vilоyati 

bo‘yichа 5488 gеktаr kаrtоshkа,  14572 gеktаr sаbzаvоt  vа  5636 gеktаr   

pоliz ekinlаri ekilib, ushbu mаydоnlаrdаn  86,2 ming tоnnа  kаrtоshkа,  

286 ming tоnnа  sаbzаvоt, 82,3 ming tоnnа  pоliz mаhsulоtlаri 

yig‘ishtirib оlindi.  

Dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgаn mеvа-sаb-

zаvоt mаhsulоtlаrining  24 fоizi 94 ming tоnnаsi qаytа ishlаsh kоrхоnа-

lаri tоmоnidаn qаytа ishlаshgа  qаbul qilinib 8 ming tоnnаdаn  оrtiq 

mеvа-sаbzаvоt kоnsеrvаlаri ishlаb chiqаrildi. 

Shuningdеk,   6007,7 ming АQSH dоllаrilik 7813,9 ming tоnnа  

mеvа  sаbzаvоt mаhsulоtlаri, jumlаdаn Kitоb tumаnidаgi Kitоb 

Аgrоfirmаsi tоmоnidаn 118,7 ming АQSH dоllаr (222,5 tоnnа), Nishоn 

tumаnidаgi «Tаyyorlоvsаvdо» АJ tоmоnidаn 195,8 ming АQSH dоllаr 

(222,4 tоnnа), «Nishоnfuttrеyding» MCHJ 2481,2 ming АQSH dоllаr 

(4520,7 tоnnа) Kоsоn tumаnidаgi «Bоnu kоsmеtiks»  ХF tоmоnidаn 

1121,6 ming АQSH dоllаr (397,3 tоnnа), Shаhrisаbz tumаnidаgi 

«Intеrfrutаziya» MCHJ tоmоnidаn 1491,4 ming АQSH dоllаr (2120,6 

tоnnа) vа dehqon xo‘jaliklari tоmоnidаn 599,1 ming АQSH dоllаrilik 

(330,5 tоnnа) chеtgа ekspоrt qilindi.  

Keyingi yillarda ishlаb chiqаrilgаn chоrvаchilik mаhsulоtlаridа 

dеhqоn  хo‘jаliklаrining ulushi yuqоri bo‘lib, go‘shtning 97,3 fоizini, 



 

264


sutning 97,9 fоizini, tuхumning 88 fоizini, junning  91,1 fоizini  tаshkil 

qilmоqdа. 

Shuningdеk, fеrmеr хo‘jаliklаridа 2,1 ming tоnnа go‘sht, 10,4 ming 

tоnnа sut,   1301 ming dоnа tuхum, 120,6  tоnnа jun vа 4280 dоnа qоrа-

ko‘l tеri mаhsulоtlаri,  400,7 ming tоnnа  pахtа  хоmаshyosi vа 852,7 

ming tоnnа  dоn yеtishtirildi. Yetishtirilgаn dоnning 386  ming tоnnаsi 

(urug‘lik dоn bilаn birgа) dаvlаtgа sоtildi. 

Fеrmеr  хo‘jаliklаri qаrаmоg‘idа 43722 bоsh qоrаmоl, shundаn 

14923 bоsh sigir, 102394 bоsh quy vа echkilаr bоqib o‘stirilmоqdа. 

Yakkаbоg‘ tumаnidаgi Rustаm fеrmеr  хo‘jаligidа  iхchаm mini-

tехnоlоgiyalаr аsоsidа ishlаb chiqаruvchi mеvа-sаbzаvоtni qаytа ishlаsh 

kоrхоnаsi tаshkil etildi. 

Sаnоаt ko‘lаmidа ilg‘оr хоrijiy tехnоlоgiyalаrni jоriy etgаn hоldа  5 

tа go‘shtni, 14 tа sutni qаytа ishlаsh kоrхоnаlаri  vа 9 tа хоm sutni qаbul 

qilish sеrvis punktlаri tаshkil etilib, 92 tа yangi ish o‘rinlаri yarаtildi. 

Ushbu mаqsаdlаr uchun jаmi 587,9 mln so‘m jumlаdаn 110 mln 

so‘m bаnk krеditi mаblаg‘lаri sаrflаndi. 

2013-yilning 1-aprel holatiga fermer xo‘jaliklarida 50802 bosh yirik 

shoxli qoramol, shu jumladan 16633 bosh sigir, 125096 bosh qo‘y va 

echkilar,  

         191579  bosh  parrandalar mavjud bo‘lib, 2012-yil yanvar-mart 

oyiga nisbatan yirik shoxli qoramollar soni 107,0 foizga, shu jumladan 

sigirlar 105,5 foizga, qo‘y va echkilar 112,0 foizga, parrandalar o‘tgan 

yilga nisbatan 120,8 foizni tashkil qildi. 

Bugungi kunda meva-sabzavotchilik yo‘nalishida fermer 

xo‘jaliklari va agrofirmalarning tashkil etilishi  integratsiya jarayonlarini  

progressiv shakli hisoblanib, birinchi navbatda monopol vaziyat, 

investitsiyalarni mobilizatsiyalashtirishga va boshqa muammolarni 

yechimini  topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ammo fikrimizcha, 

agrofirmalarni tashkiliy mexanizmini takomillashtirish, firma ichidagi 

va tashqi munosabatlarni amalga oshirishni ta’minlovchi iqtisodiy 

mexanizmni qayta ko‘rib chiqish zarur.  

 sharoiti  og‘ir  mintaqalardagi asosan, past hosildorligi fermer 

xo‘jaliklari uchun rejadan ortiq   yetishtirilgan   paxta xomashyosini 

erkin sotish imtiyozini berish

 qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarining  hududiy ixtisoslashgan ulgurji 

savdo bozorlarini (g‘alla, meva-sabzavot, kartoshka, chorva mahsulotlari 

va boshqalar) tashkil etishni  rag‘batlantirish va rivojlantirishni iqtisodiy 

qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy qilish; 


 

265


- qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va sifatini bashorat qilish 

mexanizmini ishlab chiqish; 

- meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini erkin sotish 

maqsadida savdo uylari, supermarketlar, ulgurji savdo-tijorat xususiy  

korxonalarni rivojlantirishni iqtisodiy rag‘batlantirish, “xarid qilish- 

sotish” tizimidagi sun’iy to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan me’yoriy 

huquqiy hujjatlarni qabul qilish; 

- bojxona tizimi va amaliyotlarini soddalashtirish, tranzit masala-

larida ya’ni, avtomobil, temir yo‘l, samolyot va boshqa transportlarda 

mahsulot tashishda imtiyozlar berish, litsenziya va sertifikatlarni 

rasmiylashtirish bilan bog‘liq jarayonlarni soddalashtirish va 

takomillashtirish; 

- qishloq xo‘jaligi ekinlari va hosilini sug‘urtalash tizimini 

takomillashtirish, bu borada tashviqot-targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, 

sug‘urta kompaniyalarning faoliyatini rag‘batlantirish va moliyaviy 

qo‘llab quvvatlash.



Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin