2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik muhiti va unga ta`sir etuvchi
omillar
O`zbekistonda keng ko`lamli bozor o`zgarishlarini amatga oshirish
jarayonida mulkdor shaxslar doirasi kengayib bormoqda. Mamlakatimiz
Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganidek, «... amalga oshirilayotgan islohotlarning
asosiy, eng katta maqsadi, ustuvor yo`nalishi O`zbekistonda haqiqiy mulkdorlar
sinfini shakllantirishdan iboratdir. Bizning qabul qilgan barcha farmonu
qarorlarimiz, qonunlarimiz, hamma ishimiz ana shu maqsadga qaratilgandir. Bu
vazifalarni hal etmasdan kutilgan natijaga, hayotimizda, iqtisodiyotimizda
istalgan o`zgarishlarga erishib bo`lmaydi».
Bozor islohotlarining hozirgi bosqichidagi g`oyat muhim vazifa, eng avvalo,
ishlab chiqarish sohasidagi davlat korxonalarini xususiylashtirish va ular
negizida vujudga kelayotgan tadbirkorlik tuzilmalarini aniq maqsad bilan qo`llab-
quvvatlash orqali mulkdorlar sinfini shakllantirishdan iboratdir. Jamiyatimiz
uchun yangi bo`lgan mana shu ijtimoiy turni, uning faoliyat sohalari shakllarini
o`rganishni nazariya ehtiyojlarigina emas, balki amaliy zaruriyat ham shart qilib
qo`ymoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki
mahsulotning qariyb 80 foizi, sanoat mahsulotlarining 78 foizidan ortig`i,
qishloq xo`jaligi va chakana savdo aylanmasining deyarli barcha mahsulotlari
nodavlat sektori ulushiga to`g`ri kelmoqda.
Har qanday tadbirkorlik ma`lum bir hududda: mamlakat, viloyat, shahar yoki
qishloq miqyosida olib boriladi. Tadbirkorlik faoliyatini samarali olib borish
uchun ma`lum bir ishchi muhiti bo`lishi kerak.
Bunday
muhit
ayrim
hududlar
miqyosida
mujassamlanib,
o`zida
ishbilarmonlik funkstiyalarini amalga oshirishni mujassamlantirgan. Umumiy
holda tadbirkorlik muhiti asosan quyidagi to`rtta omil: huquqiy, siyosiy, ijtimoiy
va iqtisodiy omillarning o`zaro bog`likligi natijasida amalga oshiriladi. Ular
ijobiy yoki rag`batlantirish ko`rinishida ham shakllanishi mumkin. Ushbu holda
mamlakat yoki mintaqadagi mavjud shart-sharoitlar tadbirkorlik faoliyatini olib
borish uchun mos bo`ladi. Chunki, bunday muhit tadbirkorga amalga oshirayotgan
ishlarining natijalari qanday bo`lishini oldindan ko`ra bilishiga keng imkoniyat
tug`diradi. Tadbirkorning o`z ishi natijalarini oldindan ko`ra bilishi tavakkallik
tushunchasiga teskari holda ifoda etiladi. Agar tadbirkor ma`lum bir muhitda
tavakkalchilik asosida faoliyat ko`rsatayotgan bo`lsa, u holda u o`zgaruvchanlik,
barqarorsizlik, tavakkalchilik bilan tavsiflanadi. Bunday muhit yuqorida keltirilgan
ijobiy muhitga to`g`ri kelmaydi. Amalda ko`p hollarda tadbirkorlik muhitining
ma`lum bir omili tadbirkorning ish natijalariga asosiy ta`sir ko`rsatadi, deb
bo`lmaydi. Chunki, tadbirkorni ko`proq tadbirkorlik muhitini belgilovchi omil-
larning o`zaro bog`liqligi qiziqtiradi.
Yuqorida ta`kidlab o`tilgan omillardan huquqiy omillar asosiy omil bo`lib
hisoblanadi, chunki tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun tadbirkorlik
muhitida amalga oshirilishi mumkin bo`lgan o`yinlar qoidasini ko`rsatib beradi.
O`yinlar qoidasi tushunchasi ruxsat etilgan va amalga oshirilayotgan ish
(harakat)larni o`z ichiga oladi. Ruxsat etilgan ish (harakat)larga nisbatan o`yin
8
qoidalari turli shaklda namoyon bo`ladi. O`yin qoidalari nima qilish mumkin-u nima
qilish mumkin emas tamoyili asosida ishlab chiqilishi mumkin. Bu qoidalarda
tadbirkorlik faoliyatini olib borish yo`lidagi barcha chegara yoki cheklovlar yaqqol
ko`rsatilib berilishi kerak. Umuman olganda, huquqiy omil – tadbirkorlik faoliyatini
yuritish yo`lidagi barcha qonunlar (soliq, er, mehnat munosabatlari) va
yo`riqnomalar majmui bo`lib, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladi hamda
tadbirkorning iqtisodiy jarayondagi boshqa sub`ektlar bilan munosabatini
mujassamlantiradi.
Huquqiy bazaning to`liq yoki bir me`yorda yuritilmasligi tadbirkorlik faolligi
darajasiga katta salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Hozirgi kunda O`zbekiston
Respublikasida amaliyotda tadbiq qilinayotgan iqtisodiy islohotlarning asosini tashkil
qilayotgan bir butun huquqiy baza mavjuddir.
Huquqiy omilning tavsifiga «huquqiy madaniyat» tushunchasi ham kiradi. Buning
ostida millatning qonunlarga to`liq rioya qilishi, ya`ni insonlarning ongida qonunlar
talabini bajarish kerak degan tushunchaning bo`lishi tushuniladi. Agar, kerak bo`lgan
barcha qonunlar qabul qilinsa-yu, lekin ular amalda ishlamasa yoki tadbiq qilinmasa,
bunday jamiyatni qonunlarga bo`ysunuvchan deb bo`lmaydi va buni tadbirkor o`z
faoliyatini yuritishda e`tiborga olishi shartdir.
Siyosiy omil tadbirkorlik jarayonida bo`layotgan barcha hodisalarga davlatning
munosabatini va ularga davlatning ta`sirini belgilab beradi. Davlatning tadbirkor
faoliyatiga qay darajada ta`sir ko`rsatishi yoki aralashishi kerakligi ham siyosiy omil
tushunchasiga kiradi. Bunday aralashish oldindan belgilanmagan yoki belgilangan
bo`lishi mumkin. Umuman olganda, tadbirkorlik faolligi darajasiga davlatning
munosabati rag`batlantirish yoki qo`shilishmaslik ko`rinishida namoyon bo`ladi.
Har bir mamlakatda tadbirkorlikning rivojlanishiga undagi siyosiy tizimning
barqarorligi katta ta`sir ko`rsatadi. Agar siyosiy tizim barqaror bo`lmasa, tadbirkorlar
katta investistiyalarni jalb qilmasdan yuqori darajadagi foyda olish maqsadida kichik
muddatga mo`ljallangan turli xildagi operastiyalarni amalga oshirishga harakat qilishadi.
Siyosiy ahvolning barqarorligi tadbirkorga o`z faoliyatini strategik jihatdan
loyihalashtirish, ya`ni uzoq muddatga mo`ljallangan ishlarni amalga oshirish imkonini
beradi.
Ijtimoiy omil boshqalarga nisbatan o`zining tarkibi jihatidan anchagina
murakkab hisoblanadi. Shuning uchun ham uning tarkibi ko`pgina elementlardan
tarkib topadi. Agar tadbirkor ularni e`tiborga olmasa, kelgusida salbiy natijalarga olib
kelishi mumkin. Quyidagilar bu omilning asosiy elementlari hisoblanadi:
- jamiyatda mafkuraning holati;
- milliy urf-odatlar;
- millatning madaniy va maishiy odatlari;
- atrofdagi kishilarning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga bo`lgan munosabati;
- davlatning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga bo`lgan munosabati.
Iqtisodiy omil bozordagi raqobatni va narx-navo holatini o`zida aks ettiradi. Narx-
navo tizimi, o`z navbatida, narxlarning darajasi, ishlab chiqarish jarayoniga tadbirkor
tomonidan jalb qilinayotgan ishlab chiqarish omillari, ishchi kuchi, kredit stavkasi
miqdori hamda soliq va majburiy to`lovlarni o`z ichiga oladi. Bunda bozordagi raqobat
shart-sharoitlari sifat va miqdoriy jihatdan tahlil qilib chiqiladi.
9
Tadbirkorlikni davlat tomonidan ma`lum bir shart-sharoitlar yaratilgandagina
amalga oshirish mumkindir. Uning tarkib topishi avvalambor jamiyatdagi ma`lum bir
vaziyatning vujudga kelishi bilan bog`liq bo`lib, undagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat
tadbirkorlik faoliyatini tarkib toptirishga yo`naltirilgan bo`ladi. Shuning uchun ham
O`zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash
bo`yicha Prezidentimiz I.A. Karimov tashabbusi bilan kerakli qonunlar, qarorlar,
farmonlar va shu kabi huquqiy-me`yoriy hujjatlar qabul qilingan bo`lib, ular hayotga
tadbiq kelinmoqda. Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini rag`batlantirish maqsadida
ikkita fond: tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik biznesni rivojlantirishga ko`maklashish
fondlari tashkil etilgan.
Tadbirkorlik faoliyatining kelajagi tadbirkorlik muhiti bilan belgilanadi, u esa
jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni aks ettiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga
iqtisodiy mustaqillik, tadbirkorlar sinfi, iqtisodiy aloqalarda bozorning ustuvorligi,
tadbirkorlik kapitalini mujassamlantirish sharoitining mavjudligi va kerak bo`lgan
resurslarni ishlatish kiradi.
Tadbirkorlikning ijtimoiy mustaqallik darajasi bozorda vujudga kelayotgan
mustaqil korxona va tashkilotlar soni bilan tavsiflanadi.
Tadbirkorlik muhitini shakllantirish boshqariladigan jarayondir. Lekin boshqarish
usullari ma`muriy yoki direktiv ko`rinishida bo`lishi mumkin emas. Ularning asosiy
tadbirkorlik faoliyati sub`ektlariga ta`sir qiladigan choralardan emas, balki shunday
sub`ektlarning tarkib topishi yo`lida qulay shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo`lishi
kerak.
Tadbirkorlik muhitini tarkib toptirish ko`p jihatli jarayon bo`lib, u o`z ichiga
quyidagi tarkiblarni qamrab oladi:
- ijtimoiy, iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy falsafaning hamda ular bilan bog`liq
bo`lgan jamiyat a`zolari psixologiyasining o`zgarishi;
- tadbirkorlikni rag`batlantiruvchi milliy dastur qabul qilinishi.
Tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy
maqsadi
mamlakat iqtisodiy
o`sishining qo`shimcha manbai sifatida ijtimoiy muammolarni bartaraf etishda katta
rol o`ynaydi, bandlik muammolarini hal etish, milliy boylikni o`stirish va millatning
farovonligi uchun xizmat qiladi. (1-chizma)
Zamonaviy
ijtimoiy-iqtisodiy
falsafaning shakllanishi
Tadbirkorlik
muhitini shakllantirish
Iqtisodiy
faollikning alohida
shakli sifatida
tadbirkorlikni
shakllantirish
Ijtimoiy muhitni
tarkib toptirish
Tadbirkorlik
infratuzilmasini
shakllantirish
Milliy boylik va
milliy faravonlikning
o`sishi
Dostları ilə paylaş: |