1. Tadbirkorlikning mohiyati, iqtisodiy, ijtimoiy
va huquqiy asoslari
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy
omillaridan biri tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir.
Taniqli olimlarning olib borgan tadqiqotlari shuni ko`rsatadiki, tadbirkorning o`z
faoliyati sohasida olib boradigan ishlari ko`p qirralidir. Bu bozor siyosatining o`zgarishi
bilan yoki korxonaning ichki va tashqi omillari ta`sirida aniqlanadi. Lekin
tadbirkorning asosiy maqsadi manfaat (foyda) ko`rish bilan bir qatorda, bozorda
samarali faoliyat yuritishni ta`minlaydigan ishlarni amalga oshirishdir. Buning uchun
tadbirkorlikni boshqarish va unga ko`mak beruvchi zamonaviy menejment usullariga
asoslangan mexanizmni yaratish va undan unumli foydalanishni ta`minlash zarurdir.
Bozor sharoitida tadbirkorlikni boshqarishda uning quyidagi xususiyatlarini
e`tiborga olish kerak:
- tadbirkor har doim bozordagi talab va taklifni e`tiborga olib ish ko`radi;
- tadbirkor samaradorlikni ta`minlovchi sa`y-harakatlar qilib, ishlab chiqarish
xarajatlarini kamaytirish yo`llarini qidiradi;
- biznesning pirovard natijalariga javob beradigan shaxslar, oz biznesini
erkin shart-sharoitlarda olib borishlariga etarli imkoniyatlar yaratishadi;
- kichik korxonaning pirovard natijalari, ya`ni uning oladigan foyda yoki
zarari faqat bozordagi oldi-sotdi jarayonida ma`lum bo`ladi;
- kichik biznes bilan shug`ullanuvchi tadbirkor o`z mablag`larini harakatga
solib, bozorda qanday xavf-xatarga duch kelishi yoki yakuniy natija qanday
bo`lishini aniq bilmaydi.
Tadbirkorlik – bu iqtisodiy faoliyatning alohida turi bo`lib, uning zamirida mustaqil
tashabbus, javobgarlik, tadbirkorlik g`oyasiga asoslangan, foyda olishga yo`naltirilgan,
maqsadga muvofiq faoliyatdir.
Tadbirkorlik iqtisodiy faollikning alohida turi bo`lib, uning boshlang`ich bosqichi,
odatda, fikrlash faoliyati yoki uning natijasi bilan bog`langan bo`ladi, faqat u keyin
moddiy shaklni oladi.
Tadbirkorlik yangilik kiritish, tovar ishlab chiqarish faoliyatini o`zgartirish
yoki korxonani (shu jumladan, kichik korxonani) tashkil qilish sohasida
ijodkorlikning mavjudligi bilan ta`riflanadi. Tadbirkorlik faoliyatining ijodkorlik
jihatlari boshqaruvning yangi tizimda ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi usullari
yoki yangi texnologiyalarini tadbiq etishda o`z ifodasini topadi.
Tadbirkorning asosiy maqsadi – o`z iste`molchilariga ega bo`lish yo`lida tovarga
bo`lgan ehtiyojni aniqlashdan iboratdir. Tadbirkor o`z iste`molchilarini shakllantirishda
quyidagi asosiy omillarni hisobga olishi kerak:
- tovarning yangiligi va uning haridor manfaatiga mos kelishi;
- tovar yoki xizmatlarning sifati;
- tovar yoki xizmatlarning narxi;
- tovarning universallik darajasi;
- tovarning tashqi ko`rinishi, uning haridor talablariga mosligi;
- sotuvdan keyingi servis xizmatlaridan foydalanish imkoniyati;
- tovarning qabul qilingan umumiy yoki davlat standartlariga mosligi;
5
- tovar va xizmatlar reklamasining jozibaliligi, xaridor diqqatini o`ziga jalb
qilishi va hokazo.
Tadbirkorning shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, imkoniyatlari va ishga doir
sifatlari tadbirkorlikning harakatlantiruvchi kuchi bo`ladi. Tadbirkorning ishga doir
sifatlari quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak:
- birinchidan, bozorning tovarlar va xizmatlar bilan ta`minlanish darajasini
tahlil qilish yo`li bilan iqtisodiy xo`jalik tizimida o`z o`rnini topish;
- ikkinchidan, shaxsiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishga tayyorlik
qobiliyati;
- uchinchidan, marketing tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqqan holda, dastlabki
tadbirkorlik hisob-kitoblarini amalga oshirish;
- to`rtinchidan, tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rahbarlikni to`g`ri
yo`lga quyish qobiliyati;
- beshinchidan, yangi texnik, texnologik g`oyani birinchi bo`lib hayotga tadbiq
etish hamda ushbu g`oyadan amalda foydalanish, undan qanday yakuniy natija,
mahsulot yoki xizmatlar olish mumkinligini tasavvur qila olish.
Ijodkorlik tadbirkorni ta`riflashda asosiy mezon bo`ladi, ammo u har xil shakllarda
namoyon bo`lishi mumkin. Tadbirkor boshqa ijodkor kishilar tomonidan amalga
oshirilgan kashfiyotlar, topilmalardan qanday qilib samarali foydalanish mumkinligini
biladi. Shu bilan birga, u bu yangiliklardan haridorning qiziqishini uyg`otuvchi yangi,
ajoyib narsa ishlab chiqarish sohasida foydalanish yo`llarini topa oladi.
Ammo kashfiyot va yangilik faqat tovar turining yangi tarkibiy qismini yaratishda
emas, balki tovar ishlab chiqarishni yangilash jarayoniga jalb qilishni talab qilmaydigan
oddiyroq shakllarda ham namoyon bo`ladi. Masalan, u tovar o`ramining yangilanishi,
an`anaviy tovarga yangi xususiyatlar va sifatlar berish ko`rinishida namoyon bo`lishi
mumkin.
Tadbirkor faoliyatining boshqa tomonlarida ham kashfiyotchilik elementlarini
qo`llash mumkin. Masalan, u ishlab chiqarishning, mahsulotni sotishni boshqarishning
yangi shakllarini topadi, sheriklik munosabatlarini o`rnatadi, ishlab chiqarishning
yangi texnologiyalaridan foydalanadi.
Tadbirkorlikning yana bir muhim xususiyati ishlab chiqarish jarayonida yangi
g`oyalarning amalga oshirilishi bozor tomonidan qanday qabul qilinishini oldindan ko`ra
bilish qobiliyatida namoyon bo`ladi. Shu jihatdan qaraganda, yangilikni bozorda tatbiq
etish va iste`molchining javobini bitta jarayonga birlashtira olish tadbirkor
muvaffaqiyatining garovidir.
«Tadbirkorlik» tushunchasi tadbirkorning qomusiy(enstiklopedik) lug`atida
quyidagicha ta`riflanadi: Tadbirkorlik – shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan
fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o`z nomidan, o`z mulkiy mas`uliyati va
yuridik shaxsning yuridik mas`-uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor (frn.
entrepreneur) qonun tomonidan taqiqlanmagan barcha xo`jalik faoliyati, shu jumla-
dan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat berish, qimmatbaho qog`ozlar bilan ish
olib borish bilan shug`ullanishi mumkin.
Tadbirkorlik shaxsiy va ijtimoiy foydalarni ko`zlagan holda daromad olish
uchun sarflanayotgan mablag` bilan bog`liq faoliyatdir. Tadbirkorlikka berilgan ushbu
6
ta`rif batafsilligi bilan ajralib turadi. Bu ta`rifda tadbirkorlik faqat ma`lum faoliyat bilan
shug`ullanish emas, balki bevosita faoliyat ko`rsatishdan iboratligi ta`kidlangan.
Tadbirkorlikning muhim xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
- xo`jalik faoliyati olib borayotgan sub`ektlarning mustaqilligi va erkinligi.
Huquqiy me`yorlar chegarasida har bir tadbirkor u yoki bu masala yuzasidan mustaqil
qaror qabul qilishi mumkin.
- iqtisodiy manfaatlilik. Tadbirkorlikning asosiy maqsadi maksimal darajada
daromad olishni ko`zlab, jamiyat taraqqiyotiga ham o`z hissasini qo`shishdir.
- xo`jalik tavakkalchiligi va mas`uliyat. Har qanday hisob-kitobda ham noaniqlik
va tavakkalchilik bo`lishi mumkin.
Tadbirkorlikni shakllantirish uchun iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va boshqa
muayyan sharoitlar yaratilishi kerak. Iqtisodiy sharoitlarga quyidagilar kiradi: tovarga
bo`lgan taklif va talab; xaridor sotib olishi uchun tovar turlarining mavjudligi; haridor
sotib olishi uchun kerak bo`lgan pul hajmining mavjudligi; ishchilarning maoshiga,
ya`ni sotib olish imkoniyatiga ta`sir ko`rsatuvchi ishchi joylarining, ishchi
kuchlarining ortiqchaligi yoki etishmovchiligi.
Shuningdek, tadbikorlikning muhim xususiyatlari (belgilari yoki tomonlari)
quyidagilar:
mustaqil fikrlash;
o`z kuchiga ishonish;
yaratuvchanlik, navatorlik qobiliyati;
tinimsiz izlanish;
tashabbus ko`rsatib ishlash;
mulkiy munosobatlarning ishtirokchisi bo`lish, ishlab chiqarish omillarining
barchasiga yoki ba`zi biriga va yaratilgan tovarlarga egalik qilish.
javobgarlikni his etish;
iqtisodiy erkinlik, xo`jalik faoliyati turini tanlash, uni resurslar bilan
ta`minlash, oldi-sotdi ishlarini yuritish, ishlab chiqarishni boshqarishda
erkinlik.
iqtisodiy hatti-harakatlar uchun ma`suliyatni o`z zimmasiga olish: ish
natijasiga javob berish, tavakkal qilib ish yurita olish, iqtisodiy xatarli ishga
qo`l urush.
foyda olishga intilish: foydaga erishish chora-tadbirlarini ko`rish, olingan
foydani o`z bilganicha ishlatish.
tijorat siriga ega bo`lish: biznesga oid va o`zgalarga
raqobat kurashida qatnashish: bozorda amal qiluvchi qoidalarga rioya etgan
holda halol raqobatda qatnashib, uning g`irrom, yovvoyi usullaridan voz
kechish.
halollik bilan ish yuritish, qalloblik, g`irromlik va aldamchilikka moyil
bo`lmaslik. Obro` (imij)ga ega bo`lish, boshqalarga ishonish va boshqalar
ishonchini qozonib shon-shuxrat orttirish, firma nomini e`zozlab, unga putur
etkazmaslik, firmani obro`sizlantirmaslik.
tashqi muhit (soliq va boshqa tashkilotlar, o`z xodimlari va hokozalar) bilan
yaxshi munosabat o`rnatish.
|