10
Iqtisodiy faollik va mustaqillikning muhim shakli bo`lmish tadbirkorlik
respublikamizda bandlikning aniq shaklini va yangi ish joylarini barpo etish yo`lida eng
rivojlangan davlatlar tomonidan qo`llab-quvvatlanib kelinmoqda. Tadbirkorlikning
davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanishi bir necha yillar mobaynida maslahatlar
berish, moliyaviy yordam ko`rsatish yoki soliqlar to`lashda tadbirkorlar uchun
ma`lum bir imtiyozlar berilishida aks etmoqda.
Tadbirkorlik muhiti mamlakatning rivojlanishi asosini tashkil qiladi va
ishbilarmon kishilarning faoliyat mazmunini belgilab beradi. Turli mamlakatlarda
tadbirkorlik muhiti turlichadir. Rivojlangan mamlakatlarda bunday muhit o`zining
qulayligi hamda iqtisodiy jarayonlarning yuqori darajada unumli tashkil qilinishi bilan
ajralib turadi.
Iqtisodiy jarayonlar qanchalik unumli bo`lsa, jamiyat moddiy va ma`naviy
jihatdan shunchalik yuqori darajada bo`ladi. Iqtisodiy jarayonlarning samarasi amalda
faoliyat ko`rsatayotgan tadbirkorlarning soni va sifati hamda shu faoliyat bilan
shug`ullanmoqchi bo`lgan kishilar soni bilan belgilanadi. Bu, o`z navbatida,
tadbirkorlik ishiga yangi tadbirkorlarni jalb qilish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va tad-
birkorlik muhiti darajalariga bog`liqdir. Oxirgisi tadbirkorlik faoliyatiga davlatning
aralashishi darajasiga bog`liq. Davlat shunday shart-sharoitlar yaratib berishi kerakki,
unda tadbirkorlarning va tadbirkor bo`lmoqchi bo`lganlarning qiziqishi, xohishi va
intilishlari maksimal darajada o`z ifodasini topsin. Jahon tajribasi ham iqtisodiy jihatdan
rivojlanishga erishgan mamlakatlarda tadbirkorlik uchun barcha qulayliklar yaratib
berilganligini ko`rsatmoqda.
Biznesni samarali yuritish unga tashqi muhitdan aralashishni yoqtirmaydi.
Biznesni yuritishda tashqaridan ozgina aralashuv bo`lsa, uning emirilishiga olib kelmasa
ham tadbirkorlik tarkiblarining faoliyat ko`rsatishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Shuning
uchun ham davlat iqtisodiyot uchun kerakli bo`lgan barcha shart-sharoitlarni yaratishi
va tadbirkorlar uchun ko`proq erkinlik berishi kerak. Shunga asoslangan holda ish olib
borayotgan O`zbekiston jahon iqtisodiyotida o`zining munosib o`rnini topmoqda.
Shularni nazarda tutgan holda, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov
shunday deb ta`kidlaydi: «Erkin tadbirkorlik uchun iqtisodiy va huquqiy shart-sharoit
yaratish zarur. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun
hamma yo`lni ochib berish kerak. Tadbirkorlik tuzilmalarining moliya, bank va boshqa
bozor tuzilmalari bilan munosabatlarini mustahkamlash, eng muhimi, kredit olish
yo`lida mavjud to`siqlarni olib tashlash lozim. Ularning xom ashyo resurslaridan
foydalanishlariga keng yo`l ochib berish, ular ishlab chiqarayotgan mahsulot
mamlakatning o`zida ham, uning tashqarisida ham sotiladigan bozorni kafolatlovchi
tizimni barpo etish darkor»
.
Yuqoridagilarni hisobga olib, tadbirkorlik muhitini yaratish bilan bog`liq bo`lgan
omillar guruhlarga ajratilgan va shu asosda uning shakllanish va rivojlanish
mexanizmining tashkiliy-iqtisodiy modeli yaratilgan.
Dostları ilə paylaş: