4. O`zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini
rivojlantirish yo`nalishlari
O`zbekistonda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosiy
maqsadlaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik shakllarini
ustuvor rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun iqtisodiy islohotlar
o`tkazildi, uning rolini oshirish uchun yirik institustional asoslar yaratildi. Tadbirkorlik
faoliyatini tashkil etish va uni kafolatlovchi huquqiy-me`yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga
ko`maklashuvchi nodavlat tashkilotlar, korxonalar shular jumlasiga kiradi. O`zbekistonda
xususiy tadbirkorlik va kichik biznes korxonalari majmuini tashkil etish muvaffaqiyatli
bormoqda.
Kichik biznes faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalar davlatga bog`liq
bo`lmagan holda, ya`ni katta kapital mablag`larsiz o`zlari ish joylarini joriy
etishlari, vaqtinchalik mavjud bo`lgan tovarlar tanqisligini kamaytirishlari va,
hattoki, bu tanqislikni butunlay yo`qotishlari mumkin. Hozirgi jamiyatimizda
kichik korxonalar faoliyatini ayrim kishilarning ehtiyojlarini qondirish sari
yo`naltirish zarur. Bu narsa maishiy xizmat ko`rsatish hamda xalq iste`moli
tovarlari ishlab chiqarish sohalarida yaqqol ko`rinmoqda. Kichik korxonalar
texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g`oyat katta ahamiyatga ega.
Bizning respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari
soni va ular ishlab chiqargan mahsulotlar hajmi yildan-yilga oshib bormoqda.
Kichik korxonalar O`zbekistan Respublikasining «Korxonalar to`g`risida»,
«Mulk to`g`risida», «Erkin tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to`g`risida»gi kabi
qonunlari, Prezident farmon-lari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa
me`yoriy hujjatlar asosida tashkil etilmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari ilmiy-texnika taraqqiyoti
sharoitida sano-atning etakchi sohalarini yangi texnologiyalarga o`tishda tobora
o`z o`rnini topib bormoqda. Ular yangi fikrlar va ishlab chiqarishni
takomillashtirish, yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish bilan ish
jarayonini ta`minlovchi butun tizimni asosiy bog`lovchilik sifatini o`zlarida
namoyon etmoqdalar.
Bugungi kunga kelib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari
mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida, mashinasozlik mahsulotlari
ishlab chiqarishda, xalq iste`moli mollarini, qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat
mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda boshqa sohalarda faoliyat ko`rsatmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari ishlab chiqargan
mahsulot davlat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan sifati jihatidan
qolishmasligi va, hatto, ayrim hollarda ulardan yuqori turishi bilan ajralib turadi.
Respublikamizdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari
faoliyatining 60-70 foizi bevosita ishlab chiqarish bilan uzviy bog`langan, ular
fermerlar, dehqonlar, sanoatchilar va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta
ishlovchilar va hokazolardir.
Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni jadal rivojlantirish asosida
mulkdorlar sinfini shakllantirish, tegishli institutlar tizimini tashkil etish, kichik
va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb qilish va
17
xorijiy sarmoyalar olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy
tadbirkorlik, kichik va o`rta biznesni rivojlantirishni yanada rag`batlantirish
chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmoniga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish
haqida»gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustda PF-
3305-sonli Farmoni qabul qilindi.
Kichik korxonalar yirik kompaniyalarga nisbatan ular bozor sharoitiga tez
moslashadilar hamda ishlab chiqargan mahsulotlarini bozorda muvaffaqiyatli
o`tishini ta`minlashda bir qancha ustunliklarga ega. Chunki, kichik korxonalar o`z
faoliyatlarini tor ishlab chiqarish dasturlariga, ilg`or texnologiyaga, kam
turkumli ilm-fan talab qiladigan mahsulotlar chiqarishga tezda moslaydilar
hamda bozor asoslarini tez o`zlashtirib boradilar.
Mulkchilik shakllariga ko`ra kichik korxonalarning quyidagi turlarini ajratib
ko`rsatish mumkin:
1. Davlat mulkiga asoslangan kichik korxonalar.
2. Jamoa mulkiga asoslangan kichik korxonalar.
3. Fuqarolarning mulkiga asoslangan yakka tartibda ishlay-digan kichik
korxonalar.
4. Ijara korxonalari.
5. Kichik qo`shma korxonalar.
Respublikamizda kichik biznes korxonalari sonining izchillik bilan ortishi,
iqtisodiyotning barcha sektorlarida, jumla-dan, transport, aloqa, sog`liqni
saqlash va boshqa noishlab chiqa-rish tarmoqlarida ham kuzatilmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida ham
asta-sekin rivojlanmoqda. Kichik biznes korxonalarining asosiy eksporti –
qishloq xo`jaligi, to`qimachilik, ishlov beruvchi, elektrotexnika ishlab chiqarish
mahsulotlari hamda halq amaliy san`ati buyumlaridir.
Yuqoridagi tahlillar shuni ko`rsatadiki, so`nggi yillarda O`zbekiston
Respublikasida
xususiy
tadbirkorlik,
kichik
biznes
faoliyati
bilan
shug`ullanuvchi korxonalar iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tashkil
etilmoqda. Shu bilan kichik korxonalarning iqtisodiyotdagi o`rni va ahamiyati
ortib bormoqda. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning milliy iqtisodiyotni
rivojlantirishdagi ahamiyati quyidagilar bilan tavsiflanadi:
- xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur tezkorlikni
ta`minlab, ishlab chiqarishdagi chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan
kooperastiyani yaratadi, bularsiz yuksak samaradorlikni ta`minlab bo`lmaydi;
- bozor uchun zarur bo`lgan raqobatchilik muhitini yaratadi hamda
o`zgarib turadigan bozor talabiga moslab tezda ishlab chiqarish turini o`zgartirib
olish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi;
- iste`molchilik sohasida yuzaga keladigan bo`shliqni tezda to`ldirishga
qodir bo`lib, eng zamonaviy mashina uskunalari va texnologiyadan foydalanib
sarflangan sarmoyaning o`rnini juda tez qoplay oladi.
Kichik biznes va xususiy tabdirkorlikning xususiyatlari (muomala
kapitalining kichikligi, uning tez aylanuvchanligi, ishlab chiqarish vositalarini
18
tezda almashtirish imkoniyatlari va b.) uning bir qancha afzalliklarga ega bo`lishi
imkoniyatlarini yaratadi:
- izlanish, yangi mahsulotlarni maromiga etkazish va o`zlashtirish,
ularni talabning tez o`zgarib turishi xatarini hisobga olgan holda kichik
uyushmalarda ishlab chiqarish;
- tezkor texnik servisning ishonchliligi va iste`molchilar bilan
mustahkam aloqalar o`rnatish;
- ishlab chiqarishni moslashuvchan tarzda tashkil etish va mahsulot
sotishni bozor talablariga hamda bozor vaziyatlari o`zgarishlariga muvofiq olib
borish;
- ortiqcha ish kuchini o`ziga singdirish;
- boshqarishning oddiyligi, katta ma`muriy apparatning yo`qligi, qurilish
va loyiha quvvatlarini o`zlashtirishda qisqa muddat, kapital sarflarining tez
o`zini oqlashi, kapital aylanmasida yuqori tezlik;
-
xom ashyo va mehnat resurslari, ishlab chiqarish chiqindila-ridan
to`liqroq va samaraliroq foydalanish.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hamda u bilan bog`liq barcha
narsalar zamonaviy ijtimoiy ishlab chiqarish tashkiliy tuzilmasini muhim va
tarkibiy qismini tashkil etadi. Shuning uchun ham davlatimiz iqtisodiyotini
rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka muhim o`rin ajratilib,
ularga davlat tomonidan madad berilmoqda.
Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes ilmiy-texnika rivojini jadallashtirish,
sanoatning ilg`or tarmoqlarida yangi tex-nologiyalarga o`tish sharoitida o`z
o`rnini topib bormoqda. Bunday tadbirkorlik yangi axborot texnologiyalarini,
yangi g`oyalar va ishlab chiqarishni modernizastiyalash bilan ishlashni
ta`minlov-chi butun tizimning ajralmas qismini tashkil etadi. Bundan tashqari,
kichik korxonalar tavakkalchilik xavfi yuqori bo`lgan sharo-itlarda ishlab
chiqarishning ma`qul shakllaridan hisoblanadi.
Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g`oyat katta
ahamiyatga ega. Yangi texnologik g`oyalarni yirik korxonalarga nisbatan tezroq
qabul qiladigan kichik biznesda xatar kamroq va katta turkumdagi ishlab
chiqarishga qaraganda ishni tezroq yo`lga qo`yish mumkin. Bu esa bizning
sharoitda ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlantirishga yordam berishi mumkin.
Iqtisodiyotning umumiy taraqqiyotini ta`minlashda, tovarlar va xizmatlar
etishmovchiligini bartaraf etishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik katta
o`rin tutadi. Mehnat resurslari tez o`sayotgan va ishlab chiqarish joylashuvidagi
o`ziga xoslik sharoitlarida O`zbekistonda kichik korxonalar tizimini vujudga
keltirish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
- erkin mehnat resurslarining, yangi xo`jalik munosabatlarining joriy etilishi,
yangi mulkchilik shakllarining paydo bo`lishi natijasida ishlab chiqarishda
bo`shatiladigan shaxslarning ijtimoiy ishlab chiqarishga ko`proq jalb etish,
mulkchilikning yangi shakllari paydo bo`lishi;
- aholining, birinchi navbatda, yoshlarning, moddiy, ma`naviy va kasb
darajasini ko`tarish;
19
- aholining sust harakatchanligini hisobga olgan holda sanoat ishlab
chiqarishini aholi yashaydigan joylarga yaqinlashtirish hamda aholining xalq
iste`moli mollariga bo`lgan ehtiyojlarini to`laroq qondirish;
- milliy va badiiy hunarmandchilikni tiklash, shuningdek, kichik va o`rta
shaharlarni, qishloq aholi punktlarini rivoj-lantirishga yordam ko`rsatish,
umuman, har bir mintaqa uchun g`oyat muhim bo`lgan iqtisodiyot
samaradorligini oshirish.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijobiy
ahamiyatini e`tirof etgan holda, uning ahamiyatini ortiqcha baholab yuborish ham
to`g`ri emas. Xususiy tadbirkorlik faqat muayyan doiradagina faollik ko`rsata
oladi, shu sababli kichik biznes faoliyatini rivojlantirish uchun kerakli sharoitni
yaratish zarur. Buning uchun bizningcha, moliya jamg`armalarini tashkil etish
kerak. Bu jamg`armalar tadbirkorlar tijorat banklarida imtiyozli kreditlar olish
uchun kafil bo`lishlari, subsidiyalarga, shu jumladan qaytarib berilmaydigan
subsidiyalarga (iqtisodiyotning alohida ustuvor sohalaridagi korxonalarni
rivojlantirish uchun) manba bo`lib xizmat qilishlari lozim.
O`zbekistonda
kichik
korxonalarni
moliyaviy
qo`llab-quvvatlash
tizimining takomillashtirilishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xizmat
ko`rsatadigan banklar, fondlar, investiiyalar va sug`urta tashkilotlarining
faoliyatlarini rag`batlantirish yo`nalishida olib borilishi lozim. Xorijiy
mamlakatlardagi kabi O`zbekiston Respublikasida ham agar korxona ustuvor
davlat dasturida (yangi texnikani yaratish, uzoq hududlarni rivojlantirish va
boshqalar) qatnashayotgan bo`lsa, imtiyozli qarzlar olishi mumkin. Bunda
foizning eng kam me`yori va qarzni uzishda uzoq muddat berilishi – qarz berishdagi
asosiy shartlardandir.
Kichik korxonalar faoliyatiga oldindan ko`rib bo`lmaydigan xilma-xil
xatarli vaziyatlar katta ta`sir ko`rsatadi, kon`yunkturaning keskin o`zgarib
ketishi, mijozlarning to`lovga qodir bo`lmay qolishi, tabiiy ofatlar ularni tang
ahvolga tushirib qo`yadi. Shu sababli rivojlangan mamlakatlarda sug`urtalar tizimi
yaxshi yo`lga qo`yilgan. Bizning mamlakatimizda ham sug`urtalar barpo etilishi zarur.
Bu tizim kichik korxonalarni rivojlantirishda (ayniqsa, tijorat xatarlari katta bo`lgan
sohalarda) qulay sharoitlarni kafolatlashi, o`ziniki bo`lgan yoki qarz olingan kapital
bilan tavakkal qilib ish boshlagan tadbirkorlarga ishonch va zarur barqarorlikni
yaratishi kerak.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish
respublikamizda
o`tkazilayotgan
iqtisodiy
islohotlarning
asosiy
yo`nalishlaridan biri bo`lib hisoblanadi. Bu esa iqtisodiy raqobatning rivojlanishini,
iste`mol bozorini tovarlar va xizmat turlari bilan to`ldirishni, shuningdek, xususiy
tadbirkorlarning keng qatlamini yaratishni taqozo etadi. Bularni hisobga olib,
bugungi kunda Respublikada quyidagi masalalarni hal qilish lozim:
- aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, ulardagi
boqimandachilik, iste`molchilik psixologiyasini bartaraf qilish, aholida xususiy
tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan faol shug`ullanish istagini uyg`otish;
- qishloq xo`jaligidagi iqtisodiy munosabatlarni tubdan yangilash, dehqon va fermer
xo`jaliklar faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ular sonini imkon qadar oshirish,
20
hududlarda kichik korxonalar tashkil etish yo`li bilan vaqtincha ishsiz yurgan
kishilarni qo`shimcha ish joylari bilan ta`minlash;
- mintaqada bozor munosabatlari va infratuzilmani jadallashtirish, iqtisodiy
raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- respublika aholisining ortib borayotgan talab va ehtiyojlarini to`laroq
qondirishga xizmat qiluvchi iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni barpo etish;
- ko`rsatiladigan xizmatlar turini va miqyosini keskin oshirish, bank, auditorlik,
konsalting hamda turli vositachilik faoliyatlarini hozirgi zamon fan va texnikasi
yutuqlari asosida yuksak saviyada tashkil etishni ta`minlash;
- korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish, ularning iqtisodiy jihatdan
mustaqil bo`lishlarini ta`minlash uchun shart-sharoitlar yaratib berish;
- joylarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari va hajmini bozor talablariga
ko`ra osonlik bilan moslashtira oladigan iste`mol bozorini tovar bilan to`ldirib,
eksport uchun mol chiqara oladigan kichik korxonalarni joriy qilish.
Ma`lumki, respublikada mehnatga layoqatli aholining 65 foizidan ortiq qismi
qishloqlarda yashaydi. Bu qishloq joylarda tadbirkorlikning rivoji uchun juda katta
imkoniyatlar mavjudligini ko`rsatadi. Shu bilan bir qatorda, qishloq xo`jaligi ishlab
chiqarishida band bo`lgan ortiqcha ishchi kuchlarini xizmat ko`rsatish, qayta ishlash va
shu kabi yo`nalishlarga qayta taqsimlash kerak. Qishloqda tadbirkorlikni, uning kichik
biznes shakllarini rivojlantirish bilan bog`liq turli boshqaruv pog`onalarida tashkiliy-
iqtisodiy masalalarni hal etish ustuvor masalalar qatoriga kiradi.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatimiz miqyosida quyidagi
masalalarni hal qilish lozim:
- bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlash uchun kadrlar tayyorlash va ularning
malakasini oshirish;
- hududlarda haqiqiy tadbirkorlik muhitini yaratish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo`llab-
quvvatlash;
- kichik biznes va tadbirkorlikning huquqiy bazasini mustahkamlash;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni texnologik jihozlar bilan ta`minlashni
qo`llab-quvvatlash;
- islohotlar natijalarini reklama va axborot xizmati vositalari orqali keng ommaga
etkazish.
Dostları ilə paylaş: |