Akstiyani sotib olganlar hissadorlarga aylanishadi va foydadan o`z hissasi –
divedendni olib turadilar. Akstiyadorlik jamiyati o`z majburiyat-lari bo`yicha
o`ziga tegishli butun mol-mulk bilan javobgar hisoblanadi. Akstiyadorlar jamiyati
majburiyatlari bo`yicha javobgar emas va uning faoliyati bilan bog`liq zararlar
uchun faqat o`zlariga tegishli akstiyalar qiymati doirasida javobgar hisoblanadi.
15
Ochiq turdagi akstiyadorlik jamiyati – bu akstiyadorlari o`zlariga tegishli
akstiyalarni boshqa akstiyadorlarning roziligisiz erkin tasarruf qila oladigan
jamiyat. U chiqaradigan akstiyalariga ochiq obuna o`tkazish va ularni erkin
sotish huquqiga ega. Ta`sischilarning eng kam soni ham cheklanmagan. Ochiq
turdagi AJ uchun ustav fondining eng kichik miqdori AJ ro`yxatidan o`tkazilgan
sanada qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi summasining ikki yuz
barobari miqdoriga teng bo`lishi kerak.
Yopiq turdagi akstiyadorlik jamiyati – bu akstiyalari nomlangan (egasi
yozilgan) va ular faqat AJ ta`sischilari o`rtasida taqsimlangan jamiyatdir. Uning
akstiyalari qimmatli qog`ozlar bozorida muomalada bo`lishi jamiyat Nizomiga
binoan man etilgan yoki cheklangan bo`ladi. Yopiq turdagi AJ uchun ustav
fondining eng kam miqdori – AJ ro`yxatdan o`tkazilgan sanada qonun
hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi summasining kamida yuz barobari
miqdoriga teng bo`lishi kerak.
O`z tarkibidagi akstiyadorlik jamiyatlarni nazorat paketlarini egallash bilan
korporastiyalar xolding kompaniyalariga aylanadi.
Xolding iborasi inglizcha «holding» so`zidan olingan bo`lib, ega ma`nosini
beradi. Xolding kompaniya – bu mulk egalari tomonidan bir qancha mustaqil
akstiyadorlik jamiyatlari faoliyatini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan
hissadorlik jamiyatidir. Xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi akstiyadorlik
jamiyatlari «akstiyalarining nazorat paketi» kompaniyaning ixtiyorida bo`ladi.
Bundan maqsad akstiyadorlik jamiyatlari faoliyatlari ustidan nazorat o`rnatish va
dividendlar ko`rinishida foyda olishdir.
Aralash xolding – nazorat va boshqaruv vazifalari bilan bir qatorda sanoat,
savdo, transport, kredit-moliya va boshqa soha-larda tadbirkorlik faoliyati bilan
ham shug`ullanish maqsadla-rida tuziladi.
Davlat korxonalari – bu davlat mulki bo`lgan va uning nazorati ostida
ishlovchi korxonalar bo`lib, ular ishlab chiqarishdagi davlat sektorini tashkil etadi,
eng muhim va mas`uliyatli vazifalar (mudofaa, aloqa, energetika, transport va
boshqalar)ni bajaradi.
Qo`shma (aralash) korxonalar xususiy, davlat va jamoa mulkining aralash
mablag`lariga tayanadi. Aralash firmalar milliy va xorijiy kapitalga tayangan
hissadorlik qoidasiga binoan tashkil topadi, foydasi shunga qarab taqsimlanadi.
Kontsern – bu ishlab chiqarish diversifikastiyasi, ya`ni korxonalarning
faoliyat sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi,
yangilanib turishi asosida tarkib topadigan yirik ko`p tarmoqli korporastiya.
Konstern tarkibiga sanoat, transport, savdo, bank kabi tarmoqlarga tegishli,
ayrim hollarda, dunyoning ko`pgina mamlakatlarida joylashgan unlab va yuzlab
korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradi. Konstern tarkibiga kirgan korxona va
tashkshyutlar orasida o`zaro korporastiyalangan turg`un aloqalar mavjud
bo`lib, ular konstern rivoji yo`lida umumiy moliyaviy resurslardan va yagona
ilmiy-texnik imkoniyatlardan mushtarak foydalanadilar.
Konsorstium – bu aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan
korxonalarning muvaqqat birlashmasidir.