21
XULOSA
Tadbirkorlik deganda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot
ishlab chiqarish (xizmatlar ko`rsatish) yo`li bilan tavakkal qilib, o`z mulkiy
javobgarligi asosida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyati tushuniladi.
Tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishi uchun iqtiso-diy, siyosiy,
ijtimoiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratilgan bo`lishi lozim.
Tadbirkorlik ijtimoiy munosabatlar namoyon bo`lishining shakllaridan biri
sifatida faqat jamiyatning salohiyatini oshi-rishga ko`maklashib qolmay, balki
har qanday insonning qobi-liyati va mahoratini namoyon qilish uchun qulay
zamin yaratadi, milliy boyliklarning ko`paytirishga va jahon integrastiyalashuvi
jarayonida milliy ruhni saqlab qolishga yordam beradi. Shuning uchun
tadbirkorlikni rivojlantirishga va uning huquqiy bazasi-ni mustahkamlashga
davlat tomonidan katta e`tibor berilmoqda.
O`zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliya
va maslahat tadbirkorligi kabi turlari keng rivoj topmoqda. Mamlakatimizda
tadbirkorlikning yakka tar-tibdagi, xususiy, jamoa va aralash shakllari faoliyat
ko`rsatadi. Jamoa tadbirkorligi firmalar faoliyatida o`z ifodasini topa-di. Firma
– muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarishga va xizmat ko`rsatishga
ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab ish tutadigan, iqtisodiy
jihatdan erkin va mustaqil korxonadir. Firmalarning turlari ko`p. Ularni
- xususiy firmalarga;
- shirkat firmalariga;
- davlat korxonalariga;
- aralash firmalarga ajratish mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalar kichik biznes sub`ektlari
bo`lib hisoblanadilar. Ulardagi xodimlarning o`rtacha soni qonun tomonidan
belgilangan chegaraviy darajadan oshib ketmasligi kerak.
Kichik korxonalar fuqarolar, oila a`zolari va boshqa shaxslar tomonidan, davlat,
ijara, jamoa, qo`shma korxonalar, hissadorlik jamiyatlari, xo`jalik uyushmalari, jamoat
tashkilotlari tomonidan yoki mulk egasining roziligi bilan jamoa tashabbusi asosida
amaldagi korxonalar tarkibidan ajralib chiqish natijasida tashkil etiladi.
Xorijiy mamlakatlarda kichik korxonalarni belgilovchi mezon-lar bo`lib,
xodimlar soni, ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori, sotish hajmi va asosiy
kapitalning balans qiymati hisoblanadi.
O`zbekistonda esa kichik biznesni belgilovchi mezon bo`lib, unda ishlovchi
xodimlarning o`rtacha soni hisoblanadi.
O’zbekistonda amalga oshirila
yotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik
berish bilan tavsiflanadi. Shu jihatdan, hozirgi kunda respublikamizda kichik biznes
va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e`tibor berilmoqda.