Microsoft Word navoiy gazallariga sharhlar lotin ziyouz com doc



Yüklə 289,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/65
tarix02.01.2022
ölçüsü289,83 Kb.
#43144
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   65
E. Vohidov Navoiy gazallariga sharhlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 

22

Ko‘rinki qovruladur sham’ dog‘i yog‘i bila. 

 

Ma’lum bo‘ladiki, gap parvona ishqi ustida borayapti, ya’ni shoir bulbulning nolali muhabbati 



bilan parvonaning jim, ammo vujudini yondiruvchi «indamas» muhabbatini qiyoslamoqda. Tasavvur 

qiling: sham’, uning atrofida esa alangaga qarab talpinayotgan mitti parvona. U o‘tga shunday ixlos, 

shiddat bilan intiladiki, olovga qo‘shilib yonib ketguncha tinchimaydi. Biroq parvona shunchalik 

oshiqligi, dardining zo‘rligiga qaramay, ohu nola chekmaydi, balki jim-jit o‘tga tomon talpinaveradi. 

«Ul o‘t», ya’ni ilohiy ishq alangasi faqat parvonani emas, sham’ning o‘zini-da, mumi va yog‘i bilan 

qo‘shib qovuradi, eritib kuydiradi. Ulug‘ shoir tamsillar vositasida Ishqning beintiho zarrotu jonzotlar, 

oshiqu ma’shuq barini qamrab oluvchi qudratini bizga tushuntirmoqchi bo‘lgan. Sham’ning shu’lasi — 

ilohiy ishq, mumi va yog‘i — dunyo, inson vujudi, parvona — oshiq inson timsollaridir. Parvona — 

fano timsoli, ya’ni yomon sifatlardan qutulish va mahmuda (yaxshi) sifatlarga ega bo‘lish, hirsu 

havasni tark etish yo‘li. Vu faqir darveshlarning, ahlullohning tariqati, xo‘sh, shohlar-chi, ular ham bu 

baxtga musharraf bo‘la oladilarmi? 

 

Shohu ulus g‘amiyu jomi Jam, xusho ulkim  

Sinuq safol ila durd ichkay o‘z farog‘i bila. 

 

Yo‘q, shohlar fano martabasiga yetisholmaydilar, chunki ular dunyo g‘amiyu ulus tashvishi, shon-



shuhrat, ayshu ishrat bilan band — shoirning g‘oyasi shu. Afsonaga ko‘ra, Ajam shohlaridan Jamshid 

shunday jom ixtiro qilibdiki, uning ichidagi sharob aslo tugamas va u olamni o‘zida aks ettirib turar 

ekan. Shunday qilib, «jomi Jam» — tuganmas boylik va ishrat, shukuhu saltanat ramzi. Uning 

so‘fiyona talqini ham bor: «Ma’rifat bodasi bilan molim orif ko‘ngli» («Mir’ot-ul ushshoq»). Lekin 

Navoiy mazkur baytda buni nazarda tutmagan, bo‘lmasa shohu darvesh ahvolini chog‘ishtirmagan 

bo‘lardi. Shoir an’anaviy tasavvufiy e’tiqodga amal qilib orif darveshning faqir hayotini podshoning 

hashamatli hayotidan ustun qo‘yadi, ammo buni quruq ta’kid yo‘li bilan emas, balki «nazariy» 

tushuntirishga intiladi: «Shoh fuqaro tashvishi va o‘zining shonu shuhrati, tuganmas davlati, ishrati 

bilan ovora, u bu g‘amdan forig‘ bo‘lolmaydi. Demak, shunchalik dabdabayu shukuhi bilan ozod, 

baxtiyor emas. Hatto jahonni ko‘rsatuvchi oltin jom ham uni g‘amdan ozod qilolmaydi. Shohning aksi 

o‘laroq siniq safolda (jomi Jam — saltanat va hasham ramzi bo‘lsa, siniq safol — ka-bag‘allik, 

kamtarlik belgisi) may quyqumini ichayotgan, ya’ni mahbubning vasli deb azob chekayotgan darvesh 

baxtiyor. «Durd» — may quyqumi, qanoat hamda ayni vaqtda nom-rodlik, mahbubning betoqat 

qiluvchi yodini ham anglatadi. Xullas, Navoiy ilohiy ishqning xosiyatlari haqida gapirib kelib, 

parvonasifat darveshning mamlakat podshosidan ustun turuvchi ozod-erkin turmushini sharaflaydi.  

Oltinchi bayt: 



 

Xumor aro tiladim soqiyu qadah, yuz shukr,  

Ki ulki men tiladim keldi o‘z ayog‘i bila. 

 

Shoir o‘zining siniq safolda «durd» ichib, mahbub yodida sarmast qahramoni — ishq parvonasi 



holatidan ruhlanib ketib, o‘zini u bilan sherik, hammaslak qilib ko‘rsatadi. Ammo lirik qahramon-

darvesh yor yodida sarxush bo‘lsa, shoir hali xumor, u endi soqiyu qadah talab qilayapti. «Xumor» 

ham mastlikning asorati, ammo u vaqtinchalik sovush, solikning ikkilanishini, beqaror holatini hamda 

«mahbubning izzat pardasi ichiga yashirinishi, dunyo pardasi vahdat yuzini berkitishini» anglatadi. 

Ana shunday holatda shoir turlangan kayfiyatni bir xillikka keltirish, ya’ni darvesh holatiga moslash 

uchun soqi (piri murshid) qo‘lidan qadah (ma’rifat) tilaydi va Alloh unga tilaganini yetkazganini — pir 

huzuriga yetganidan shukronalar aytadi. Baytdagi «ayoq» so‘zi ikki ma’noli: 1) odamning a’zosi va 2) 

qadah. Demak, so‘z o‘yini — tajnis yasalgan: «Keldi o‘z ayog‘i bila — keldi o‘z qadahi bila». Teran 




Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar 

 

 




Yüklə 289,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin