www.ziyouz.com kutubxonasi
23
ma’no, toza ifoda va timsollar bilan ochiltan.
Yettinchi bayt:
Qucharga sarv niholi biri qadingdek ermas,
Agar ketursa ani bog‘bon quchog‘i bila.
Bu baytning zohiriy ma’nosi ko‘rinib turibdi. Shoir mahbub qomatini eng chiroyli daraxtga
o‘xshatmoqda, yo‘q, mahbuba qomati sarvdan ham chiroyli, axir sarvni quchganda yor quchgandayin
halovat tuyish mumkinmi? Bogbon sarvlarni quchoqlab olib kelsa ham, lekin bu yor qomatini
quchganchalik emas. Ammo baytning tasavvufiy, zohiriy ma’nosi ham bor.
Qad deganda so‘fiylar pirning haybati, ilohiylik alomati bor odamni nazarda tutganlar. Shunday
bo‘lgach, baytning mana bunaqa ma’nosi ham kelib chiqadi: «Garchi bog‘bon bog‘dagi chiroyli sarv
daraxtlarini namoyishkorona quchib kelsa-da, lekin ularning birortasi komil inson — pirning go‘zal,
ilohiy haykaliday emas, ularni quchish pirga sig‘inishday lazzat berolmaydi».
Alisher Navoiyning ulugvorligi shundaki, unda zohiriy va botiniy ma’nolar, ya’ni ishqi ilohiy va
ishqi ma’joziy ifodalari bir-biriga xalaqit bermaydi, balki bir-birini to‘ldirib, quvvatlab turadi.
Boshqacha aytganda, ishqi haqiqiy tasviridan ishqi ma’joziy tasviriga yoki aksincha holatga oson
o‘tiladi, kitobxon goh bu ma’nodan, goh u ma’nodan, goh har ikkisidan zavqlana oladi. Ushbu
g‘azalda ham shuni kuzatish qiyin emas, unda tariqat aqoidi, maqomat bosqichlaridagi solik holatlari,
ishq iztirobi va oshiq azobi, dardli o‘rtanishlar tasvirlanadi ham shu bilan barobar, muayyan insoniy
kechinmalardan voqif bo‘lasiz. Voqean, ishq parvonasi solik darvesh ham real inson, uning
kechinmalari haqiqiy insoniy kechinmalar, faqat unda niyat ulug‘roq, dard beintiho, ideal g‘oyat
uzoq...
Dostları ilə paylaş: |