2.1. Zoologik tadqiqot usullari
Fitonematodalarni o`simliklar vegetativ a`zolaridan ajratib olish, ularni
sistematik jihatdan o`rganish zoologik tadqiqot usullari yordamida amalga
oshiriladi va bunda quyidagi keltirilayotgan tartib bo`yicha vazifalar bajariladi.
Daladan olib kelingan pomidor o`simligini vegetativ a`zolaridan namunalar
o`sha kunning o`zidayoq kafedra laboratoriyasida qayta ishlov berib, o`simlikning
ildiz sistemasi sinchikovlik bilan ko`zdan kechiriladi. O`simlik tanasiga yopishib
qolgan yot narsalar yuvib tashlanadi va uning yer usti vegetativ a`zolari ildiz
sistemasidan ajratiladi [29]
O`simlikning
vegetativ
a`zolaridan
nematodalarni
ajratib
olishda
Bermanning voronkali usulidan foydalanilish mumkin. Ushbu usul shundan
iboratki, bir tomoni ingichka nayli shisha voronkaga rezina shlang kiydirilib, har
biri ko`po`rinli yog`och shtativga o`rnatiladi. Voronkaning shlangi temir qisqich
bilan qistirilib, uning yarmigacha toza vodoprovod suvi quyiladi va har bir voronka
etiketka bilan belgilab qo`yiladi. Shundan keyin nematodasi ajratib olinadigan
o`simlikning yer usti vegetativ a`zolari va ildiz sistemasi alohida-alohida qaychi
yoki pichoq bilan 1-1.5 sm li bo`lakchalarga maydalanib, har bir namunadan 10-15
grammdan o`lchab olinadi va doka (marliya)dan 15x15 sm li qilib kesilgan
salfetkalarga solinib bog`lanadi. Salfetkalardagi har bir namuna etiketkalashtirilgan
voronkalar suviga tushiriladi hamda 14-15 soatga qoldiriladi. Ushbu vaqt
davomida namuna tarkibidagi nematodalar sekin-asta suvga chiqib, voronka
nayidagi suv tubiga tushadi. Cho`kib to`plangan nematodalar ajratilgan vaqt
tugagach, probirkaga o`tkazilishi lozim bo`ladi. Voronkadan nematodalarni
probirkaga suv bilan birga o`tkazib, bir qismini fiksatsiya qilinadi, bir qismini esa
sun`iy ozuqa muhitida o`stirish uchun tirik qoldiriladi. Tirik qoldirilgan
nematodalarni (xususan pomidorning ildiz sistemasidan ajratib olingan) tayyorlab
qo`yilgan ozuqa muhitga Petri idishlariga o`tkazilib termostatlarga olib qo`yiladi
[60].
41
Bir yo`la fiksatsiya qilish uchun toza probirkaga 1.5 sm³ (ya`ni probirkaning
o`ndan bir qismi) gacha 40 % li formalin suyuqligi solinadi va shundan keyin
qistirilgan shlang qisqichi olinib, ohistalik bilan voronka nayi tubidagi nematodalar
suv bilan birga probirkaga o`tkaziladi. Formalinli probirkaga o`tkazilgan
nematodalar shu zahotiyoq formalin ta`sirida fiksatsiyalanadi (nematodalar bilan
o`tgan suv 40 % li formalinni 4-5 % gacha suyiltirgan bo`ladi). Probirkaga
o`tkazilgan va fiksatsiyalangan nematodali probirka etiketkalanib, og`zi po`kak
tiqin (probka) mahkamlanib, keyingi ish jarayoni uchun olib qo`yiladi [54].
Fiksatsiyalangan namunalardan nematodalarni ajratib olish, ularning
turlarini aniqlash maqsadida, probirkadagi nematodalar Petri idishiga qo`yilib,
MBS-1 (binokulyar) mikroskopida ajratib olinadi hamda toza suvli soat
oynachasiga to`planadi. Ushbu ajratib olingan nematodalardan vaqtinchalik yoki
doimiy mirkopreparatlar tayyorlash va turini aniqlash uchun, ularni teng nisbatli,
ba`zan 1:2 nisbatida glitserin-spirt aralashmasida 12-14 soat davomida qoldirilib,
tozalanadi. Glitserin-spirtli aralashmada nematodalarning kutikulasi tozalanadi.
Bunday tozalangan kutikula orqali nematodaning ichki organlari va sistemalari,
turli sistematik belgilari mikroskopda aniq ko`rinadigan bo`lib qoladi. Bunday
preparatda nematodaning qanday turga mansub ekanligini aniqlash osonlashadi.
Shuni alohida eslatib o`tish o`rinliki, nematodaning qaysi turga mansub bo`lishini
aniqlashda faqat jinsiy jihatdan voyada yetgan individ ko`zdan kechiriladi.
Lichinka bosqichidagi nematoda orqali turni aniqlab bo`lmaydi, chunki unda hali
tur uchun xos bo`lgan sistematik belgilarning kuchli to`la shakllanmagan bo`ladi.
Masalan, uning jinsiy sistemasi ham rivojlanmagan bo`lishi, yoki tashqi jinsiy
organlarining joyi aniqlamagan bo`lishi mumkin [56].
Nematoda turini aniqlashda albatta u MBI-1 yoki MBI-3 rusumli yorug`lik
mikroskopida hamda aniqlagich adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi. Turni
aniqlashda nematodaning tashqi va ichki organlari umumiy ravishda mikroskop
ostida ko`zdan kechiriladi. Shundan keyin uning umumiy uzunligi, gavdaning o`rta
qismidagi eni, tashqi jinsiy belgilari va ularning gavda uzunligiga nisbatan
42
joylashishi,
dum
qismining
uzunligi
va
uning
shakli
oldingi
ichak
(qizilo`ngach)ning uzunligi va shakli, urg`ochi jinsli nematodaning tuxumdoni va
bachadonining uzunligi hamda shakllari kabi belgilar asos qilib olinadi.
Nematodalar turini aniqlashda yuqorida keltirilgan sistematik belgilarga
e`tibor berishdan tashqari, yana de Manning tavsiya etgan formulasidan
foydalaniladi. Ushbu formula nematoda tanasining quyidagi qismlarini o`zaro
nisbatini aniqlashga asoslangan va
V= a-b/cxL formulasi ishlatiladi.
Formuladagi harflar quyidagilarni anglatadi; yani
L=tananing umumiy uzunligi;
a=tana uzunligini eniga nisbati;
b=tana uzunligini oldingi ichak uzunligiga nisbati;
c=tana uzunligining dum uzunligiga nisbati;
V=urg`ochi nematodaning tashqi jinsiy teshigi (vulva)ning gavdani qaysi joyida
tashqariga ochilish joyi kabi xususiyatlar e`tiborga olinadi.
Ushbu asosiy sistematik belgilardan tashqari nematodalar turlarini
aniqlashda yana qo`shimcha belgilarga ham jumladan og`iz bo`shlig`ining
o`zgarib, sanchib-so`ruvchi organ (stilet)ga aylanganligi yoki og`iz bo`shlig`idagi
sanchuvchi organ-nayza (kopyo)ning shakli va uzunligi, qizilo`ngachdagi muskulli
piyozbosh (bulbus)ning shakli hamda joylashgan joyi, erkak jinsli individlarning
jinsiy qo`shilish organi (spikula)ning shakli va uning uzunligi, urg`ochilarda
bachadon va tuxumdonlarning soni hamda ularning rivojlanganlik darajasi
kabilarga ham e`tibor qaratiladi [55, 60].
Dostları ilə paylaş: |