tajribalar natijlariniga statistik ishlov berish (ya`ni, ularni jadavallar, grafiklar
ko`rinishi ifodalashda, o`rtacha qiymatlar chiqarish, ular asosida tegishli xulosalar
48
III bob. Tadqiqot natijalari va ularning tahlili
3.1. O`simliklarning vegetativ a`zolaridan parazit fitonematodalarni
ajratib olish
Parazit fitonematodalarni ajratib olishga qaratilgan tadqiqot ishlari
Samarqand viloyati Payariq tumani “Quyoshli O`tap zamini” fermer xo`jaligiga
qarashli sabzavot ekinlari agrotsenozlarida va Samarqand davlat universiteti Tabiiy
fanlar fakulteti Biologiya bo`limi fiziologiya, genetika va biokimyo kafedrasining
laboratoriyalarida olib borildi. Tadqiqot obyekti sifatida fitonematodalar bilan
zararlangan
pomidor
o`simligi
vegetativ
a`zolaridan
namunalar tanlandi.
O`simlikning vegetativ a`zolaridan nematodalarni ajratib olishda Bermanning
voronkali usulidan foydalanildi. Ajratib olingan fitonematodalar fiksatsiyalanib,
ulardan vaqtinchalik preparat tayyorlandi va MBS-1 mikroskopi yordamida
tekshirilib, sistematik jihatdan tahlil qilindi.
Tajribalar 5 ta qaytarilish (I, II, III, IV, V) asosida o`tkazildi. Tajriba
jarayoni va natijalar 3.1-rasm, 3.1, 3.2–jadvallar va 3.1-chizmalarda keltirilgan.
Tadqiqot natijasida fitonematodalar bilan zararlangan pomidor o`simligi yer
ustki vegetativ a`zolarida har bir o`simlikda o`rtacha 27±1,1 (
M. monhystera-
4,8±0,7 ta, H. elongate 5,0±0,6 ta, A. avenae 4,0±1,0 ta, M. hapla 11,4±1,5 ta, D.
destructor 4,0±2,0 va
D. dipsaci 4,5±0,5) ta fitonematoda individlari, ularning ildiz
tizimi sistemasida har bir o`simlikda o`rtacha 42,8±2,2 (M. monhystera 5,8-0,6 ta,
H. elongate 6,8±1,3 ta,
A. avenae 8,0±1,1 ta,
M. hapla 22,2±1,6 ta,
D. destructor
4,0 va D. dipsaci 3,3±1,3) ta fitonematodalar individlari mavjudligi aniqlandi.
Natijalardan ko`rinib turibdi-ki, pomidor o`simligining ildiz tizimida uchraydigan
fitonematodalar individlari yuqori miqdori (27,8±11,1) dan ko`proq bo`ladi.
Pomidor o`simligining vegetativ a`zolaridan turlar tarkibi bo`yicha eng ko`p
uchraydigan fitonematoda M. hapla hisoblanadi. Pomidor o`simligining yer ustki
vegetativ a`zolarida M. hapla individlarining o`rtacha miqdori 11,4±1,5 ta bo`lsa,
ildiz tizimida esa 22,2±1,6 taga teng bo`lishi aniqlandi.