Solanum tuberosum va S. ardigenum larning gibridlari ustida ham ishlar olib
borilgan. Kasalliklarga nisbatan chidamli yovvoyi turi bu-S. ballsi bo`lib, undan
ajratilgan kloni va nihollari deyarli umuman kaslliklarga chalinmaydi. Kasallikka
chidamli koln va nihollar S. catarthrum dan ham ajratib olingan.
Latviyada S. ardigenum va S. ballsi larning gibridlari olinib, ular keyinchalik
nematodalarga chidamli kartoshka navlarini yaratishga material bo`lib xizmat
qiladi.
Litvada kartoshkaning 700 ga yaqin madaniy navlari va yovvoyi turlarini
kartoshka nematodasiga chalinish darajasi o`rganilgan. Bunda asosan S. ballsi va
qisman S. ardigenum turlarining klonlari va nihollaridan foydalanilgan.
Kartoshkaning
chidamli
navlarini
yaratilishiga
qaramasdan,
ko`plab
mamlakatlarda kartoshga nematodasi muammosi xalqaro darajada ko`tarilgan.
Shodlandiyada
kartoshkaning chidamlilik darajasini o`rganishga qaratilgan
tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, tabiatda kartoshka nematodasining bir necha
biotiplari (irq) mavjud. Bu biotipga mansub kartoshka nematodasiga chidamli
o`simlik, boshqa biotipga mansub nematoda bilan zararlanaveradi. Kartoshka
nematodasining vatani shubhasiz Janubiy Amerika hisoblanadi. U inson faoliyati
38
tufayli butun dunyoga tarqalgan. Yangi yashash muhiti (iqlim, turli navlar, ekish
muddatlari va boshqalar) ning o`zgarishlari nematodalarga turli mutatsiyalar, tabiiy
gibridizatsiya va boshqa irsiy o`zgaruvchanlik keltirib chiqaradi. Buning natijasida
odamlar uchun kutilmagan xususiyatlar va belgilarga ega yangi bitiplari paydo
bo`lgan.
Kartoshka nematodalarining nisbatan agressiv biotiplari hozirgi Peru,
Angliya, Gollangiya va Germaniyada aniqlangan.
Angliyada kartoshka nematodalarining 39 ta populyatsiyasi o`rganilib,
undan 43 % normal biotipga ( A biotip) 15 % agressiv biotipga (B biotipga),
ko`pchilik maydonlarda 42 % ini aralash biotiplarga ega (A+B) nematodalar
tarqalgan [62].
Germaniyada o`rganilgan 280 ta populyatsiyadan 2,14 % gina agressiv
biotip ekanligi aniqlangan. Kartoshka nematodasiga chidamli S. catarthum, S.
kurtzianum, S. famatinae va yana bir qator turlari aniqlangan. Ma`lum bo`ldiki,
Gollandiya katroshka nematodasining C biotipni S. andigenum ni qanday
zararlasa, xuddi shunday S. kurtzianum ni ham zararlaydi. Tabiatda yana haligacha
ma`lum bo`lmagan agressiv kartoshka nematodalari bo`lishi tabiiydir. Daniyada
turli donli ekinlarning suli sista hosil qiluvchi nematodasi-Heterodera avenae ga
chidamligini o`rganishga bag`ishlangan katta ishlar amalga oshirilgan. Hammasi
bo`lib 3000 ga yaqin navi namunalari, arpaning 1000 ta, bug`doyning 1200 ta
namunalari o`rganilgan. Ulardan ko`plab namunalar normal biotipga chidamli
bo`lib chiqqan, qolgan qismi esa agressiv biotipga chalingan.
Turli mamlakatlarda to`plangan oq bedaning 100 ta namunasi beda
nematodasiga-Heterodera trifolii ga chidamliligi o`rganilganda, ularning hech biri
nematodalarga chidamlilik namoyon etmagan. Ularning ba`zilari parazit qabul
qilmasligi bo`yichagina ajratilgan halos [52].
Ma`lum bo`lishicha, bo`rtma nematodalari turli biotiplarda uchraydi.
Masalan, AQSHda beda poyada 3 ta g`o`za bo`rtma nematodasining biotipi, 2
39
tadan yavan – M.javanica va shimol- M.halpa bo`rtma nematodalarining biotiplari
aniqlangan [48].
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkin-ki parazit fitonematodalarga qarshi
kurash usullarinining hammasi ham 100 % samarali emas. Xususan parazit
fitonematodalarga qarshi kurashning agrotexnik usuli chora-tadbirlari qatoriga
o`g`itlash, almashlab ekish, o`simlilarning ekish yoki o`tkazish muddatlari, begona
o`tlarning yo`qotish, tez kasallikga chalinuvchilarning o`rniga chidamli nav va tur
ekinlarining
almashtirish
kabilar
kiradigan
bo`lsa,
kimyoviy
usullardan
foydalanganda xlorpikrin, nemagon , metallilxlorid preparatlari qo`llaniladi.
Kimyoviy preparatlardan foydalanish natijasida nematodalarda ularga nisbatan
ko`nikish paydo bo`ladi, bundan tashqari kimyoviy preparatlar maqsad ga muofiq
ta`sir ko`rsatmasdan, tuproqdagi foydali organizmlarga ham bir xilda ta`sir
ko`rsatadi. Bundan tashqari tuproqda kimyoviy moddalarning to`planib borishi va
tuproq tarkibini buzilishiga olib kelmoqda. Huddi shunday fizikaviy kurash usulni
faqat issiqxona sharoitida (termik usul, ivitish, elektor toki, radioktiv nurlantirish,
ultratovush, ultrabinafsha nurlar va osmotik bosim) olib borish mumkin. Biologik
kurash usullarining eng samaralisi sifatida parazit fitonematodalarga chidamli
navlarni topish muammosi turibdi. Keyingi yillarda ko`plab mamlakatlarning
seleksioner olimlari parazit nematodalarga chidamli o`simlik navlari ustida bosh
qotirmoqda va sezilarli natijalarga erishmoqda. Bu kabi ishlar boshqa parazit
yumaloq chuvalchanglarga chidamli navlarni topishda davom etmoqda.
Parazit
fitonematodalarga
qarshi
biotexnologik
usul
esa
viruslar,
bakteriyalar, zamurug`lar, shuningdek, tirik organizmlarning biologik faol
moddalari (antibiotiklar, gormonlar, feramonlar) ishlab chiqarish texnologiyalarini
ishlab chiqarishni talab etadi. Bu usulda ba`zi parazit fitonematodalarga qarshi
yirtqich zamburug`
Paecilomyces lilacinus
dan biopreparat yaratilgan. Bu
biopreparatning samaradorligi 60-80 % ni tashkil etadi [39].
40
II bob. Tadqiqot ishlarining materiali va uslublari
Dostları ilə paylaş: |