Mundarija



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/30
tarix02.01.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#43354
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
osimliklarga zarar keltiradigan nematodalardan patogen organizmlarni ajratish va organish

2.2. Mikrobiologik usullar 

 

Fitonemamatodalarni  dastlab  O`rta  Osiyoda  laboratoriya  sharoitida  o`stirish 



usulini  I.  M.  Sudakova  va  G.  N.  Gorodkova  tomonidan  g`o`za  viltini 

qo`zg`atuvchisi 

bilan 

fitonematodalarni 



turlicha  munosabatlarini  o`rganish 

jarayonida  amalga  oshirilgan.  G`o`za  nematodalari  orasida  nisbatan  xarakterli  va 




 

43 


raqobatga  bardoshli  turlaridan  Aphelochus  avenae  va    Cephalobus  nanus  lar 

hisoblanadi. 

Bu  nematodalar  laboratoriya  sharoitida  zamburug`li  kulturaga  nisbatan 

yaxshiroq  o`sadi.  Laboratoriya  tajribalari  uchun  tazalanmadan  sholi  va  uning 

poholi hamda  Alternaria tenuis zamburug`idan ozuqa muhit  ishlab chiqqan.  

Bulardan  tashqari  g`o`za  va  sholining  mahsulotlari  chiqindilari:  g`o`zapoya, 

g`o`za  sheluhasi  va  to`ppasi,  sholining  donli  aralashmasi,  sheluxasi  hamda 

maydalangan  guruchlardan  ham  foydalanib  ko`rilgan.  Natijalarda  shu  ma`lum 

bo`ldiki,  nematodalarni  o`stirish  uchun  ozuqa  muhiti  sifatida  yaxshi  optimali 

sifatida  don  aralashmali-poxol  topildi.  1gr  quruq  substratda  219-348  ming  individ 

ko`paygani  aniqlangan.  Etalon  muhitda  esa  ularning  soni  187-243  ming  tani  tashkil 

etgan.  Cephalobus  nanus  g`o`zapoyadan  tayyorlangan  ozuqa  muhitda ham yaxshi 

natija  berib 1gr quruq substratda ularning soni 100 ming  nusxaga etgan [61]. 

G`o`zaning  to`ppasi  va  sheluxalaridan  tayyorlangan  oziqa  muhitlari 

nematodalar  uchun  noqulay  hisoblanadi,  ularni  bu  1gr  quruq  substratlarda  bir 

necha  yuz  va  bir  necha  mingdan  oshmagan.  Olingan  ma`lumotlarning  tahlili  shuni 

ko`rsatganki,  nematodalarning  ko`payishi  uchun  ozuqa  muhitning  pH  ko`rsatkic hi 

hal  qiluvchi  omillardan  biri  hisoblangan.  Barcha  muhitlar  sterilizatsiyalangandan 

so`ng  kuchsiz-ishqoriy  muhitga-pH=5,0-5,2  teng  bo`lgan.  Keyinchalik  reaksiya 

muhiti  o`zgarib  ishqoriy  tomonga  siljigan.  Don  aralashmalari  va  guruchdan 

tayyorlangan  ozuqa  muhitlari  butun  tajribalar  davridan  6  dan  7  oralig`ida  saqlanib 

turgan.  Bu  vaqt  ular  uchun  optimal  muhit  hisoblangan.  O`stirishning  oxirida  bu 

muhitlarni  ishqoriyligi  ortib  ketganligini  kuzatgan.  Ayniqsa  bu  g`o`za  to`ppasi 

qo`llanilgan  ozuqa  muhitiga  (pH=7,8-8,75)  kuzatildi.  Bu  paytda  birorta  ham 

nematoda  uchramagan.  Shunday  qilib,  g`o`zaning  tipik  nematoda  faunasi  uchun 

xos  bo`lgan  turlarni  o`stirish  uchun  sholi  donidan  tayyorlangan,  hamda  donli 

aralashmalar,  g`o`zapoya yaxshi ozuqa muhiti  bo`lib xizmat  qilgan  [2].      


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin