44
2.3. Texnik-laboratoriya usullari
Sterilizatsiya – mikrobiologik va biotexnologik tadqiqotlarda qo`llaniladigan
eng kerakli, muhim bo`lgan jarayonlardan biri hisoblanadi (“sterilizatsiya”
lotincha so`z bo`lib, “quritish” degan ma`noni anglatadi). Tadqiqotlarda
sterilizatsiya usullari tadqiq qilinayotgan obyektning tashqi va ichki yuzalarida
begona mikroorganizmlar rivojlanishining oldini olish maqsadida qo`llaniladi.
Sterilizatsiyaning qaysi usullarida foydalanish maqsadga muvofiqligi birinchi
navbatda tadqiq qilinayotgan obyektning fizikaviy-kimyoviy xossalariga va uning
sterilizatsiyaga moyilligiga bog`liq [48].
Ozuqa muhitlarini sterillashning eng qulay usullaridan biri avtoklavda
sterillash hisoblanadi. Bu usul suv bug`i va yuqori bosim ostida obyektni qizdirish
orqali
zararsizlantirishga asoslangan. Natijada obyektda mavjud bo`lgan
mikroorganizmlar sporalari va vegetativ hujayralari halok bo`ladi. Avtoklavda
sterillashda ko`pchilik mikroorganizmlarning sporalari 121
0
C da 5-20 minutda
nobud bo`ladi [61]
Ozuqa muhitlarini sterilizatsiyalashni quyidagilarga e`tibor bergan holda
olib borish zarur: Avtoklavning har xil tiplarida sterilizatsiya jarayoni har xil
kechadi. Lekin avtoklavlarda sterillash qonuniyati bir xil. Ish boshlanish
jarayonida avtoklavning o`lchov-nazorat tizimi ko`zdan kechiriladi. Agarda unda
birorta kamchilik mavjud bo`lsa, sterilizatsiya jarayonini o`tkazish mumkin emas.
Avtoklav to`liq tekshirilib bo`lgach, suv nazorat shkalasining eng yuqori
nuqtasigacha bug`li kameraga solinadi. Sterilizatsion kameraga maxsus idishlarga
joylashtirilgan holida tadqiqotlarda foydalanilayotgan ozuqa muhitlari kiritiladi.
Sterilizatsiya qilinayotgan ozuqa muhitlarni kameraga zich qilib joylashtirmaslik
kerak, sababi buyumlar orasidan bug` o`tib turmasa, sterilizatsiya maqsadga
muvofiq bo`lmaydi.
Sterilizatsion
kameraga
sterilizatsiya
qilinayotgan
ozuqa
muhitlari
joylashtirilgach, avtoklav eshigi mahkam yopiladi. Sterilizatsion kamera bilan
ulangan kranning ochilishi bilan, isistish jarayoni boshlanadi. Bug` hosil bo`lishi
45
bilan sterilizatsion kameradagi havoni haydash zarur. Bu holat sterilizatsiya uchun
kerakli holat, chunki toza bug` haroratining bug` va havo aralashmasi haroratiga
nisbatan bosimi yuqori bo`ladi. Kamerada havo saqlanib qolishi, obyektning
sterillanmasligiga sabab bo`ladi. Avtoklavdagi bug` kondensatli idish yoki
kanalizatsion moslamaga tortib olinadi. Unda toza bug`ning uzluksiz paydo
bo`lishi, avtoklavdan havoni haydash jarayoni boshlanganligini bildiradi.
Avtoklavda havo saqlanib qolsa, suv orqali o`tayotganda shovqin beradi. Maxsus
moslamada bug` paydo bo`lishiga 12-20 minut sarflanishi zarur. Bu holatning uzoq
davom etishi suv kamerasida suvning kamayishi bilan bog`liq. Steriliizatsion
kameradan havo tol`iq haydab chiqarilgandan keyin, kran yopiladi va kameradagi
bosim monometrdan kuzatib boriladi. Sterillash jarayoni kameradagi bosim
ko`rsatkichi va vaqtga qarab nazorat qilinadi. Sterilizatsiya muddati tugagandan
keyin avtoklavning isitish moslamasi o`chiriladi. Avtoklavdagi bosim asta-sekin
pasayadi va atmosfera bosimi tenglashadi. Shu vaqtda kameradagi bug` chiqib
ketishi uchun kran ochiladi. Kranni vaqtidan oldin ochish sterilizatsiya sifatiga
ta`sir qiladi. Steriliizatsion kameradagi bug` chiqarib yuborilgach, avtoklav
ehtiyotkorlik bilan ochiladi. Sterilizatsion kameradagi bug`ni vakuumli nasoslar
bilan haydash orqali bir vaqtning o`zida sterillangan obyektlar quritib olinadi [48].
Shisha idishlarni sterillashning asosiy usuli - bu ularni quritish shkaf
(sterilizator) da 2 soat davomida 160-170
0
C da quruq issiq havo bilan
sterillashdir. Buning natijasida barcha turdagi mikroorganizmlarning sporalari
ham, vegetativ hujayralari ham halok bo`ladi. Sterilizatorlar odatda issiqlikka
chidamli materiallar – asbest yoki metallardan tayyorlanadi. Ular termometr,
ventilyatsiya teshigi va kerakli haroratni ta`minlab beruvchi termoregulyatorlar
bilan jihozlangan.
Shisha idishlar sterilizatsiya oldidan yaxshilab yuvilib, quritiladi va
qog`ozga o`raladi. Ularni qog`ozga o`rashda idishning tuzilishi va hususiyatlariga
e`tibor berish kerak [62].
46
Tayyor bo`lgan idishlar sterilizatorga uning ichida buyumning yaxshi isishi
va havoning barcha qismlarda bir xil taqsimlanishi uchun zich qilmasdan
joylashtiriladi. Sterilizator zich qilib yopiladi va uning termometr ko`rsatkichi
nazorat qilib boriladi. Chunki termometr ko`rsatkichi 180
0
C dan oshib ketsa,
idishlar o`ralgan qog`ozlar yaroqsiz holatga kelib qoladi. Sterilizatsiya jarayoni
(1,5-2,0 soat) tugagandan keyin sterilizator birdaniga ochilmaydi, termometr
ko`ratkichi 80
0
C gacha tushgandan keyin ochish mumkin. Aks holda sterilizatsiya
sifati buziladi. Sterilizator harorati xona haroratiga tushgandan keyingina
sterillangan buyumlarni olish tavsiya qilinadi.
Asbob va uskunalarni sterillash. Mayda metal asboblar: ignalar, pinsetlar,
shpatellar va qaychilar ishlatish oldidan alangaga tutish yo`li bilan sterillanadi.
Bunda mikroorganizmlarning vegetativ hujayralari va sporalari nobud bo`ladi.
Issiqlikka chidamli asboblar va ularning ayrim detallari ( rezinali probkalar,
shlanglar) avtoklavda sterillanadi. Ayrim asboblar ( metalli uskunalar, mayda
oynali detallar, membranali filtrlar) ni distillangan suvda 30-60 minut qaynatish
yo`li bilan ham sterillash mumkin [48].
Dostları ilə paylaş: