33
1.4.3. Fizikaviy usul
Parazit fitonematodalarga qarshi kurashning fizikaviy uslublariga termik
usul, ivitish, elektor toki, radioktiv nurlantirish, ultratovush, ultrabinafsha nurlar va
osmotik bosim kiradi [33].
Ultratovush.
Bu
uslubidan
ham
nematodalarga
qarshi
kurashda
foydalaniladi. Germaniyada o`tkazilgan tajribalarga ko`ra, ultratovush lavlagi
nematodasining zararlanmagan sistalariga tuxum va lichinkalariga kam ta`sir etadi.
Geterodera lichinkalari boshqa nematodalarga nisbatan kam ta`sirchanligi
aniqlangan.
Osmotik bosim. Tuproqqa 2,5 miqdorda melyassa qo`shilganda
Radopholus, Xiphinema, Helicotylenchus, Ditylenchus urug`i nematodalariga
qarshi kurashda samarali yordam bergan. Tuproq bilan aralashtirilgan melyassa
(2,5 % li) 24 soat ichida tuproq tipiga bog`liq holda 46,5 dan 90,5 % gacha
nematodalarni nobud qilgan. Melyassa konsentratsiyasi 5 % ga ko`tarilganda
nematodalar nobud bo`lishi 96,4-99,6 % ga yetgan.
Daniyada o`tkazilgan tajribalar chog`ida, tuproqqa shaker qo`shilganda (20
gr tuproqqa 1 gr shakar) poya nematodalarining 90,9 % i, Paratylenchus dan
tashqari barcha tuproq nematodalari (48-97 %) nobud bo`lgan.
Dostları ilə paylaş: