turkumiga oid nematodalarga qarshi o`simlikning yer ostki qismiga purkash orqali
beriladi. Bu ham nematodalarga qarshi kurashning samarali usullaridan biri bo`lib
sifatida dimetil-ditiokarbamin kislotalar, bundan tashqari organik tiosionatlar
e`tibga molikdir. Ulardan dimetil-ditiokarbamin kislotalar tuproqdagi parazit
nematodalarga qarshi kurashishda keng foydalanilmoqda. G`arb mamlakatlaida esa
32
nematodalarga qarshi kurashda foydalaniladigan nematotsidlar qatoriga D-D bilan
ditiokarbamin kislotaning natriyli tuzi hisoblanadi.
Latviyada kartoshka nematodasi bilan kuchli zararlangan tuproqqa bu
nematotsidlar ishlatilganda to`la o`zini oqlagan: preparatning ishlatilishi 1 ga
maydonga 2 tonna preparatni 15 tonna suvga aralashtirilib sepiladi. Bu holatda
tuproqqa solingan preparat birinchi yilidan ko`ra ikkinchi yili yuqori samara
bergan [2, 55].
G`arbiy Yevropada kartoshka nematodalariga qarshi varam va tropeks
preparatlari-metilizotiopat (Germaniya) qo`llanilganda chuvalchanglar 95 % nobud
bo`lgan. Butun maydonni preparat bilan qayta ishlashgandan ko`ra, kuchli
zararlangan joy ya`ni parazit o`chog`ini topib ishlav berish, preparatni 10 marta
kam sarflashga to`g`ri keladi.
Germaniyada o`simliklarga zarar keltiruvchi fitonematodalarga qarshi
kurashda varam tipidagi mahalliy maxsulotlar Ne 45 (Не 45) preparatidan keng
foydalaniladi.
Issiqxonlarda bo`rtma nematodalariga qarshi kurashda karbation 200 mg/ m
2
va 5-10 l suv nisbatidagi miqdorda , keyingi bosqichlarda esa serob sug`orish yo`li
bilan keng qo`llaniladi. Qayta ishlovdan o`tkazilgan ko`chatlar, 20 kundan
keyingina
ekiladi.
Issiqxonalarning
mahalliy
sharoitlariga
bog`liq
xolda
karbationning samaradorligi turlicha bo`lib, o`rtacha bu preparat qo`llanilganda
zararlangan o`simliklar 54-87 % gacha kamaygan. Issiqxona ikki yil ketma-ket
qayta ishlov berilgan, tuproq butunlay zararsizlanib, bodringning xosildorligi
tahminan ikki baravarga oshgan. Tuproqqa uch marta karbationning kiritilishi
Turkmanistonda bo`rtma nematodalaining yo`qolishiga va bodring xosildorligini
sezilarli darajada oshishiga olib kelgan. Preparatni ko`chatlar ekishdan to`rt hafta
oldin 100 va 200 g/m
2
ga 10 l/ m
2
miqdorda qo`llanilgan [59].
Dostları ilə paylaş: