28
1.4.2. Kimyoviy usul
O`simliklarning parazit nematodalariga qarshi kurashda, ularga ta`sir etuvchi
kimyoviy moddalar topishga qaratilgan izlanishlar ancha oldin boshlangan.
Masalan, 1871-yilda Kyun Germaniya lavlagi nematodasiga qarshi oltingugurt
uglerodini qo`llagan, lekin qoniqarli natija bermagan. Keyinchalik oltingugurt
uglerodini AQSH dab bo`rtma nematodalariga qarshi qo`llanilgan va bu yerda ham
natija ko`ngildagidek bo`lmagan. Bu sohadagi dastlabki yaxshi natija birinchi
jahon urishidan keyin Angliyada nematodalarga qarshi xlorpikrinni qo`llanilganda
olindi. Xlorpikrin yordamida olib borilgan ijobiy natijalar Korolina shtatida
(AQSH) va sobiq SSSR da lavlagi hamda bo`rtma nematodasiga qarshi kurashda
namoyon bo`ladi [55].
Amerika armiya tomonidan xlorpikrin ananas plantatsiyalariga bo`rtma
nematodalariga qarshi kurashda foydalanilgan va bu bir necha yillar yaxshi natija
bergan. Nematodalarga qarshi xlorpikrinni sanoat miqyosida ishlab chiqarish
1937-yildan boshlangan.
1940-yilda metilbromidni yuqori nematotsidlik xususiyati borligi ma`lum
bo`ldi, ikkinchi jahon urishi yillarida amerikalik tadqiqotchilar D-D (1,3-
dixlorpropen-1,2 dixlrpropan) va etilen-dibromid (1,2-dibrometan) lardan keng
foydalanishgan [52].
Dastlabki ijobiy natijalar olingandan so`ng, tuproq va o`simliklarni
nematodalardan tozalash uchun ishlatiladigan preparatlar yangi avlodlarini izlab
topishga katta e`tibor qaratilgan. 1950-yillardan boshlab asosan AQSH va Angliya
bozorlarida har yili yangidan-yangi preparatlar paydo bo`la boshladi. Bulardan
nemagon, varam, milon, talon va boshqalar keng foydalanilib kelingan.
Nematotsid xususiyatli zaxarli kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish va
tarqatilish tezlik bilan olib borildi. Bu preparatlarni narxini balandligi uni
sotilishiga ta`sir etmadi. Buni bir misol bilan izohlash mumkin. Janub bo`rtma
nematodasi-Meloidogyne incognita ga qarshi kurashda tuproqni ishlov berishda
1m
2
joydagi bodring ekiladigan maydonga 0,05-0.3 so`m mablag` sarf etiladi. Shu
29
maydonda bu usul qo`llanilgan qo`shimcha daromat sifatida bodringdan 2-8 so`m
foyda ko`rilgan [50].
MDH da o`simliklarning parazit nematodalariga qarshi kurashishda
foydalaniladigan yangi kimyoviy moddalarni ishlab chiqish Ya. V. Samo ylov
nomidagi o`g`itlar va insektofungitsidlar ilmiy-tadqiqot instiituti va boshqa ko`plab
tashkilotlarda olib borildi. Hozirda MDH sanoatida bir qator yuqori
samaradorlikka ega nematotsid preparatlari ishlab chiqaradi. Tavsiya etilgan
nematotsid preparatlarga metilbromid, karbation, nemagon, № 23, № 93
preparatlari tiofos, xlorpikrin va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Bu kabi
preparatlardan foydalanish chog`ida uni ishlatish talablariga qat`iy rioya qilish,
shaxsiy va ommaviy xavfsizlik charalari ko`rilgan holda amalga oshirish lozim.
Qo`llash muddatlari va me`yorlari buzilganda nematoasidlar aks ta`sir etishi
mumkin, masalan, ekinlarqattiq zararlanishi, nobud bo`lishi mumkin. Bundan
tashqari ular odamlar va hayvonlarning sog`lig`iga ham jiddiy ziyon etkazadi [2,
49].
Tuproq fumigantlari-nematotsidlarni amalyotda qoniqarli qo`llash uchun
quyidagi talablarni bajarish lozim:
1. Nematotsid tuproqqa shimilish yoki kamida 30 sm chuqurlikka o`tishi
kerak. Ba`zida parazit nematodalr tuproqning chuqurroq qavatlarida uchraydi,
bunday paytlarda zaharli kimyoviy moddalarni yanada chuqurroqqa yuborish talab
etiladi.
2. Nematotsidlar parazitni o`rab turuvchi turli to`siqlar: sistalar, o`simlik
ildizining to`qimalari, kutikulasi, tuxim qobig`idan o`tishi lozim. Shunda
nematotsid nematodani nobud qiladi.
3. Nihoyat, nematotsidlar qo`llanilgach, ma`lum bir vaqtdan so`ng tuproqda
o`simlik oziqlanishi uchun zararli hisoblangan zararli moddalar qolmasligi talab
etiladi.
Tuproqda nisbatan tez va bir tekisda gazlar tarqaladi. Gazlardan
nematotsidlar sifatida foydalanishning anchagina murakkabligi bor va kam
30
maydonni qamrab oladi. Biroq, shunday bo`lsada, kichik maydonlarni qayta
ishlashda yaxshi natija beradi. Foydalanish uchun nisbatan qulay usuli bu-
suyuqlikni bug`lantirish hisoblanadi.
Agar yetarli miqdorda suv zaxirasi bo`lsa, tuproqning yuzasiga qattiq, suvda
eriydigan nematotsid sepiladi va keyin serob qilib sug`oriladi [29].
Dostları ilə paylaş: