Mundarija


Begona  o`tlarga  qarshi  kurash



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/30
tarix02.01.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#43354
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
osimliklarga zarar keltiradigan nematodalardan patogen organizmlarni ajratish va organish

Begona  o`tlarga  qarshi  kurash.  Parazit  nematodalar  bilan  kurash 

amaliyotida  begona  o`tlarning  bu  chuvalchang  uchun  tabiiy  manba  bo`lib  xizmat 

qilishi  hisobga  olinmaydi.  Agar  begona  o`tlar yo`qotilmas ekan, har qanday chora-

tadbirlar  nematodalarni  yo`qotishga  yordam  bermaydi.  Bundan  tashqari  ba`zan 

hosil  to`liq  yig`ib  olinmaydi  va  zararlangan  dalalarda  o`simliklarning  bir  qismi 

qolib  ketadi.  Bu  o`simliklarda  parazitlarning  katta  zahiralari  qolishi  mumkin  va 

kelajakda  u yangi  ekilgan  ekinni  zararlashga  sabab bo`ladi.  

Nematodalarning  turkumi  turlari  bir  nechta  sondagi  ho`jayin  o`simliklarga 

ega  bo`ladi.  Masalan,  kartoshka  nematodalari  faqat  kartoshkada  emas,  ayrim 

o`simliklar:  pomidor,  qora  mingdevona  Hyoscyamus  niger,  qora ituzum Solanum 



nigrum  larda  ham  yashashi  mumkin.  Qolgan  nematodalar  ham  huddi  shunday  bir 

qancha  ho`jayin  o`simliklarga  ega  bo`lishi  mumkin.  Ularga  misol  qilib  begona  va 

yovvoyi  flora  vakillarida  ko`paya  oladigan  bo`rtma  nematodalarini  keltirish 

mumkin.  Shu sababli bo`rtma nematodalariga qarshi kurash olib borilganda begona 

o`tlarga  qarshi kurashni  ham parallel  ravishda olib borish kerak [55]. 

Poya  nematodalari  ya`ni  Pratylenchus,  Trichodorus,  Helicotylenchus



Criconema  va  boshqalar  uchun  ham  shu  fikrlarni  aytish  mumkin. Ya`ni begona va 

yovvoyi  o`simliklar  parazit  nematodalar  uchun  tabiiy  manba  va  boshpana  bo`lib 

xizmat  qiladi.  Shuning  uchun  madaniy  ekinlar  ekiladigan  maydonlarni  begona  va 

yovvoyi  o`tlardan  tozalash  lozim.  Bu  esa  madaniy  o`simliklarni  nematodalar  bilan 

kamroq zararlanishiga  va hosildorlikni  yuqori bo`lishiga  sabab bo`ladi. [34].          


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin