parietinus uchragan. O`simliklarni to`qimasi bilan oziqlanuvchi turlar orasidan esa
Heterocephalobus elongates ko`p uchragan [53].
O`simliklarning vegetativ a`zolarida topilgan turlar orasida Aphelenchus
avenae, Aphelenchoides parietinus, Ditylenchus destructor, D.dipsaci va
Pratylenchus pratensis kabi haqiqiy parazit fitonematodalar ekanligini aniqlangan.
Ayniqsa kartoshka poya nematodasi (D. destructor) kartoshka, pomidor,
bodring kabilarga juda katta ziyon keltirishini qayd etadi. O.I. Abdullayeva (1970)
Toshkent viloyatida issiqxona sharoitida etishtiriladigan pomidor va bodringni
nematodafaunasini o`rganib, ushbu o`simliklarda va rizosferalari tuprog`ida 143
tur uchrashini aniqlaydi. Issiqxonada o`suvchi pomidor va bodringning faunasi
tarkubida 22 tur parazit fitonematodalar bo`lishi bilan birga, ushbu o`simliklar
ildizida bo`rtma nematodalari (Meloidogyne hapla, M. incognita) ancha keng
tarqalganligini qayd qiladi. Issiqxonalardagi pomidor o`simligining 30-35 % ni,
bodringni 25-30 % ni ildizi meloydogenozga chalinganligini aniqlaydi. Bundan
tashqari o`simliklarning yer ustki vegetativ a`zolarida, shuningdek ildiz
sistemasida parazit turlardan poya nematodasi, oddiy afelenx, maysa pratilenxi,
ektoparazit nematodalar ancha keng tarqalganligi ma`lum bo`ladi [2].
20
1.1-jadval
Fitonematodalarning qishloq xo`jaligi ekinlari hosildorligiga
ta`siri (hosildorlik, s/ga)
№
O`simlik turi
1 ga olinadigan hosil miqdori
Hosildorlikni
ng kamayishi
%
Zararlanmagan
holatdagi
maydon
Fitonematodalar
bilan zararlangan
maydon
1
Pomidor
600-650
380-420
34-38
2
Kartoshka
350-400
270-280
30-34
3
Sabzi
200-220
130-140
35-37
4
Piyoz
360-380
290-300
22-26
5
Bodring
230-250
160-180
28-32
6
Lavlagi
400-420
300-320
24-28
7
Bug`doy
40-45
29-32
29-33
8
G`o`za
36-40
25-28
30-34
21
Parazit fitonematodalar g`o`zaning vilt kasalligiga chalinishini tezlashtiradi,
chunki vilt bilan kasallangan g`o`za ko`chatlarini ildizning yon ildizchalarini
100 % Pratylenchus pratensis bilan zararlanganligi qayd qilingan. Bundan
shunday xulosa kelib chiqadiki ushbu nematoda vilt kasalligini qo`zg`atuvchi
zamburug`larni g`o`za o`simligi orasida tarqatishda asosiy zveno rolini bajaradi
Parazit fitonematodalar kartoshka va ko`pgina sabzavot o`simliklariga ham
katta zarar yetkazadi. Bunday fitonematodalardan birinchi navbatda kartoshka
poya nematodasi-Ditylenchus destructor ni ko`rsatish mumkin.
Kartoshka poya nematodasi hozirgi kunda ham ayrim xo`jaliklarda
urug`likka olib qo`yilgan kartoshkaning 25-30 % nobud qiladi. Sabzavot ekinlariga
Ditylenchus avlodlarining boshqa turlari (D. dipsaci, D. allii, D. intermedius) ham
katta zarar yetkazadi. Bundan tashqari ushbu parazit turlar lavlagi, pomidor
kabilarga ham zarar yetkazadi. Sabzavot ekinlariga zarar keltiruvchi parazitlardan
Aphelenchoides avlodlarining bir qancha turlari ( A. kűhnii, A. parietinus, A.
limberi)
shuningdek
ektoparazit
nematodalardan
Helicotylenchus,
Tylenchorhunchus,
Rotylenchus,
Boleodorus, Paratylenchus avlodlarining
turlarining salbiy faoliyati ancha sezilarlidir [56, 60].
Bir qancha madaniy ekinlar, jumladan sabzavot ekinlarining ko`pgina
turlarida jumladan pomidorda ham shimol bo`rtma nematodasi ( Meloidogyne
hapla) ning zarari ayniqsa kattadir. Ushbu parazit tur g`o`za va sabzavot ekinlari
agrotsenozlaridagi begona o`tlar orasida ancha keng tarqalganligi e`tiborni o`ziga
jalb etadi.
Hozirgi vaqtda O`zbekistonda bo`rtma nematodalarining 5 ta turi
aniqlangan. Respublikaning janubiy viloyatlarida, shuningdek Farg`ona vodiysida
hamda Qoraqalpoqistonda bo`rtma nematodalarining barcha turlari uchraydi.
Toshkent viloyatida 4 ta turi uchraydi. Samarqand viloyati sharoitida esa faqat 1 ta
shimol bo`rtma nematodasi (Meloidogyne hapla) turi uchrashi aniqlangan. Boshqa
turlar qayd qilinmagan [55].
22
Umuman olganda O`zbekistonda bo`rtma nematodalari 250 turdan ortiq
madaniy, manzarali va begona hamda yovvoyi o`simliklarda parazitlik qilishi
aniqlangan.
Bo`rtma nematodalari o`simlikka juda katta zarar keltiradi.
Invazion
lichinkalarining
o`simlikni
shikastlab
zararlashidan
ko`ra,
kimyoviy ta`sir ko`rsatib zararlashi kuchliroq bo`ladi, chunki o`simlikning
markaziy parenximasiga joylashib olgan lichinka o`zining hazm bezlaridan
suyuqlik chiqarib, uning tarkibiga oziqani erituvchi fermentlar bo`lib, ularning
ta`sirida uglevodlar va oqsillar parchalanib, suyuq holga keladi. Nematoda
o`rnashib
olgan
ildiz qismidagi hujayralarning shiddat bilan bo`linishi,
hujayralarning bir qismini po`stini erib ketishi sababli ko`p yadroli gigant
hujayralarning paydo bo`lishini kuzatish mumkin.
Oqibatda nematodalar o`rnashib olgan ildiz qismi yo`g`onlashib, bo`rtma
hosil qiladi. Hosil bo`lgan bo`rtmalar orqali ushbu o`simlikda meloydoginoz
kasalligi paydo bo`lganligini bilish mumkin. Bo`rtmalar dastlab 1-2 mm kattalikda,
kasallikning zo`rayishi oqibatida bo`rtmalar no`xotdek, hatto yong`oqd ek shishlar
paydo bo`lishini ko`rish mumkin [2, 62].
O`simlikning bo`rtma nematodasi bilan zararlanishi tufayli fiziologik
jihatdan aktiv moddalar, jumladan, gibberillin, sitokinin kabilarning ildizda hamda
yer usti vegetativ a`zolarda to`planishi izdan chiqadi. O`sish zonalarida yangi yosh
hujayralarning hosil bo`lishi to`xtaydi. Shuningdek o`simlik ham o`sishdan
to`xtaydi.
Meloydogenoz kasalligi nafaqat ildiz sistemasi, balki o`simlikning yer usti
vegetativ va generativ a`zolariga ham salbiy ta`sir etadi. Kasallik belgilariga yana
o`simlikni bo`yining past bo`lib qolishi, mevasining muddatidan oldin pishishi,
ba`zan barglari so`lib, hatto o`simlikni qurib qolishi ham kuzatiladi [49, 55].
Dostları ilə paylaş: |