1.2. Fitonematodalarni boshqa patogen organizmlar bilan
o`zaro munosabati
O`simliklarni bevosita zararlantiruvchi nematodalar nafaqat o`zlari, balki
o`zlari bilan olib keluvchi bakteriyalar, zamburug`lar va virus kasalliklari ham
tarqatishda bevosita ishtirok etadi. V. I. Kalinenkoning ta`kidlashicha, tog`-sag`is
o`simligi ildizidan ajratib olingan nematodalarning tekshirib ko`rganga ularda
uchraydigan bakteriyalar, shu bakteriyalar bilan zararlangan ildiz bilan bir xil
xararterga ega ekanligini aniqlagan. Ma`lum bo`lishicha, 1 g tuproqdagi o`simlik
rizosferasida 30-60 mln.dan 1-10 mlrd.gacha bakteriya yashaydi. O`simlik ildizi
yuzasida uchraydigan saprofitlardan tashqari, patogen mikroflora ham yashaydi.
Bu patogen mikroflora o`simlikni zararlashi uchun, parazit uning ichki to`qimasiga
o`tishi lozim. Ayrim fitopatogen bakteriyalar o`zlari ajratgan fermentlar orqali
klechatkani eritib, mustaqil ravishda o`simlikga o`tishi mumkin. Ko`pchilik
bakteriya turlarida bu kabi xususiyat bo`lmagani uchun, tashqi tamoni
13
zararlanmasdan turib ichkariga o`ta olmaydi. Bakteriyalarni o`simlikning ichki
to`qimasi tomoniga o`tishi asosan ikki yo`l bilan amalga oshadi:
- o`simlik to`qimalaridagi tabiiy teshikchalar orqali;
- to`qimaning ma`lum joyini mexanik shikastlanishi orqali.
Ko`pchilik fitopatogen bakteriyalar o`simlikka mexanik shikastlanishlar
orqali o`tadiki, bunda nematodalar alohida ro`l o`ynaydi [29].
Yumaloq
chuvalchanglar
odatda ko`plab o`simlik uchun patogen
xarakterdagi bakteriyalarni olib yuradi. Nematodalar bilan bakteriyalarni o`zaro
munosabati evolyutsiya jarayonining xosilasi bo`lib, juda bir-biriga bog`liq
bo`lishi mumkin. Masalan, bug`doyning sariq bakterioz kasalligi “tundu”
Corynebakterium tritici bakteriyasi tomonidan paydo bo`ladi va u doimo nematoda
bilan birga uchraydi, bu bakteriya yakka holda o`simlikni zararlantira olmaydi.
Bu kasallik Hindiston, Xitoy, Avstraliya mamlakatlarida keng tarqalgan.
Kasallikda bug`doy bargining ustki tomonida qisqa-qisqa oq dog`lar va och-sariq
rangli shilliq paydo bo`ladi. Keyinchalik bakterial massa boshoqning murtak
qismida paydo bo`ladi. Yopishqoq ajratmalar boshoqchalarning qipiqlari orasida
qavat hosil qiladi, bundan tashqari poya va barg qini orasida ham paydo bo`lib,
o`sishga ta`sir etadi, hamda poya deformatsiyalanadi. “Tundu” bakteriozi bilan
zararlangan boshoq umuman don hosil qilmaydi. Shuning uchun, hatto yengil
formalarida ham hosilning katta qismi nobud bo`lishi mumkin [22].
Bakteriyalar bilan nematodalar orasida juda yaqin bog`liqlikni qulupnay
o`simligida ham ko`rish mumkin. Ma`lum bo`lishicha, qulupnayning “gulkaram
kasalligi” bir qancha qulupnay nematodalarinig va bakteriyalarning kompleks
ta`siri natijasida kuzatiladi. Bu Aphelenchoides fragariae yoki Aphelenchoides
turkumining boshqa turlari bilan Corynebacterium fascians bakteriyalaridir.
Bug`doy nematodasi bakteriyalardan tashqari, yana bir bug`doyning
ixtisoslashgan kasalligini chaqiradigan Dilophospora alopecuri zamburug`ini ham
tashishda bevosita ishtirok etadi. D. Atanasov tajribalarida shuni isbotlaganki,
aytib o`tilgan zamburug` bilan zararlangan bug`doy faqat bug`doy nematodasi
14
bilan birga amalga oshadi. Bu zamburug`ning piknospora va ikkilamchi
sporalaridan
hosil
bo`lgan
shoxlangan
o`simtalari
bilan
nematodaning
lichinkasining kutikulasiga yopishadi va maysalarning o`sish qismiga hamda
bug`doyning guliga o`rnashib oladi [55, 56].
D. Atanasovning hisoblashicha, lichinka nafaqat spora tashish bilan
cheklanib qolmaydi, nematoda uni to`qimaga kirishini ta`minlaydi, yaralarni hosil
qiladi, hamda uni yashashi uchun ham yordam beradi.
Bundan tashqari, uning ta`kidlashicha, bitta lichinka olib kelgan zamburug`
sporasi miqdori kasallik tug`dirishi uchun yetarli bo`lmaydi, buning uchun ko`plab
lichinka ishtirok etishi va ular bir necha marta takror kirishi lozim.
Dilofospora zamburug`i D. alopecuri butun boshoqni xuddi paxtaga
o`xshash
qavat
qora
mitseliy
bilan
qoplab
olishi mumkin. O`simlik
deformatsiyalanib, ba`zan umuman boshoq hosil qilmaydi. Hosildorlik esa keskin
pasayadi. O`tgan asrning 20-yillarida bu kasallik G`arbiy Yevropada keng
tarqalgan. Zamburug` bilan zararlanish sobiq SSSR xududida ham kuzatilgan
(Gorlenko, 1951). Yovvoyi bug`doydoshlar Agrostis va Calamagrostis ham
nematodalar bilan zararlanishi kuzatilgan [38].
Nematodalar o`simliklarda virusli kasalliklarni ham tashishida ham bevosita
ishtirok etishi ma`lum bo`ldi. Viruslar hozirgi vaqtda ko`pchilik mamlakatlarda
o`simlikshunoslikda eng havfli kasalliklarni tug`duruvchilar hisoblanadi. Ular
ko`plab qimmmatli ekinlarda og`ir kasalliklarni keltirib chiqarib, hosildorlikni
pasayishiga olib keladi.
Ko`plab viruslarni bir o`simlikdan boshqasiga o`tishining yo`llari ancha
paytgacha mavhum bo`lib keldi. Viruslarning bir qismi kasallangan o`simlikning
shirasi bilan tarqaladi-ki, ular shira shimuvchi hasharotlar: bit, shira va boshqalar
orqali o`tadi. Viruslarning o`simlik tanasiga o`tishini tuproq orqali kechishi ancha
vaqtgacha ishonarsiz bo`lib kelar edi. AQSH olimlari aniq tajribalar asosida,
uzumning barglarini shaklini o`zgartiruvchi virus kasalligi Xiphinema index
nematodalar orqali yuqishini aniqladi. Bu muallifning ta`kidlashicha, viruslar
15
voyaga etgan nematodalardan tashqari ularning lichinkalariga o`rnashib olib, ular
orqali o`simlik tanasiga o`tishini aniqladi [50].
Trichodorus teres va T. pachydermus nematodalari viruslarni asosiy
tashuvchisi hisoblanib, no`xotda erta qo`ng`irlanish kasalligini chaqiradi. Bu
kasallik daryoning yonidagi joylarda tarqalgan bo`lib, yengil qumli tuproqlar, T.
teres nematodasi bor joylardagina qayd etilgan. T.pachydermis nematodasi ham
virus tashuvchi hisoblanib, no`xat etishtirishda katta muammolar keltirib chiqaradi.
T.similus nematodasi esa no`xatni qo`ngirlanish virusini tashimaydi.
Garrison va boshqalar takidlashicha tayoqchasimon tuproq viruslarini
Trichodorus turkumiga oid nematodalar, globulyar viruslarni- Xiphinema va
Longidorus turkumi nematodalari tashiyda bevosita ishtirok etadi. Ularning
aytishicha, ma`lum virus shtammlarni tashuvchi nematodalarning faoliyati
o`rganildi. Ma`lumotlarga ko`ra hozirda 9 ta o`simlik viruslari aniqlangan va
ularni tashuvchi 11 tur nematodalari topilib aniqlangan [54].
Dostları ilə paylaş: |