Bunda: A - kartoshka; B – piyoz; C – pomidor; D –g`o`za; E -ituzum; F –sabzi.
18
P.K. Erjanova o`z tadqiqotlarida Samarqand viloyati Samarqand tumanida
g`o`za va uning rizosferasi tuprog`i nematodafaunasini o`rganib, ushbu
o`simlikning vegetativ a`zolari va rizosferasi tuprog`ida 84 tur nematoda
uchrashini aniqlaydi. Nematodafauna tarkibidagi 12 tur fan uchun yangi turlar deb
topiladi. P.K. Erjanovaning ma`lumotlariga binoan Samarqand tumanining
paxtachilik bilan shug`illanuvchi xo`jaliklarida g`o`za o`simligining yer usti
vegetativ a`zolarida nematodalar miqdori ildiz sistemasidagiga nisbatan 10
barobar kam bo`lishini qayd qiladi. Shuning bilan birga g`o`zaning yer usti va yer
osti vegetativ a`zolarida uchrovchi turlarning barchasi rizosfera tuprog`i
qatlamlarida ham uchratilgan. Bundan tashqari tuproq qatlamlarida topilgan
nematoda turlari va ularning individlari miqdorini qatlamlar bo`yicha o`zaro
solishtirilganda, 0-10 sm li tuproq qatlami pastki qatlamlarga nisbatan
chuvalchanglar ancha ko`p va turli-tuman bo`lishi bilan ajralib turadi. Shunday
qilib, hozirgi vaqtda O`zbekistonning ko`pgina viloyatlarida g`o`za va uning
rizosfera tuprog`i nematodafaunasi 190 turdan iborat bo`lishi aniqlanadi. Ushbu
fauna tarkibidan joy olgan parazit fitonematodalardan bo`rtma nematodalari, poya
nematodalari, afelenx va pratilenxlar, shuningdek ektoparazit turlar g`o`za
maydonlarida ancha keng tarqalganligi isbotlab berildi. Ushbu nematodalarning
salbiy faoliyati tufayli ko`pgina viloyatlarda sabzovotchilik, kartoshkachilik, kanop
etishtirish va paxtachilikka katta zarar keltirish e`tiborga olingan O`zbekiston
Respublikasi sharoitida sabzavot ekinlarining nematodafaunasini o`rganish va ular
orasidan parazit fitonematodalarni aniqlash ishiga dastlab prof. A.T.To`laganov
asos solgan. U Zarafshon vodiysining Buxoro, Karmina, Kattaqurg`on va
Samarqand tumanlari sharoitida pomidorning nematodafaunasini o`rganib, ushbu
o`simliklarning vegetativ a`zolarida hamda rizosferasi tuprog`i qatlamlarida 25
turdan iborat nematodalar bo`lishini aniqlaydi [50, 59].
Nematodafauna tarkibidagi turlar oddiy afelenx (Aphelenchoides parietinus),
Kyun afelenxi (
A.Kűhnii), poya nematodasi (
Ditylenchus dipsaci) va maysa
pratilenxi (Pratylenchus pratensis) kabilar sabzavot ekinlariga, jumladan pomidor
19
uchun ham zararli ekanligini qayd etadi. A.T.To`laganovning keyinchalik olib
borgan tadqiqotlarida Zarafshon vodiysining turli tuman va xo`jaliklarida sabzavot
bodring, qand lavlagi, piyoz, karam, sabzi va pomidorning fitonematodalarini
o`rganish ishini davom ettirib, ushbu o`simliklarda turli-tuman fitonematodalar
uchrashini hamda ularning ayrimlari sabzavot ekinlari uchun katta havf
tug`dirishini isbotlaydi.
A.T.To`laganovning ma`lumotlariga binoan piyozda 23 tur, bodringda 26
tur, pomidorda 28 tur va sabzida 20 tur nematodalar bo`lishi bilan xarakterlangan.
Sabzavot ekinlarining yer usti va ildiz sistemalarida topilgan turlarning ko`pchiligi
o`simlik shirasi bilan oziqlanuvchi parazit fitonematodalardan iborat bo`lgan.
Shunisi xarakterli bo`lganki tadqiq etilgan sabzavot ekinlarining barchasini
vegetativ a`zolarida parazit turlardan Ditylenchus dipsaci va Aphelenchoides
Dostları ilə paylaş: