o`rganishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari 1930 yillarda boshlangan bo`lib, u
Hozirgi kunda fitogelmintologik tadqiqotlar tufayli O`zbekiston sharoitida
16
nematodafaunalari majmuini o`rganilishi natijasida turli-tuman biotsenozlar va
agrotsenozlarda o`simliklarning tanasida hamda ularning rizosferalari tuprog`ida
nematodalarning 700 turdan ortiqroq bo`lishi aniqlangan [32].
O`zbekiston Respublikasida dastlabki fitogelmintologik tadqiqot sifatida
E.S. Kiryanovaning ishi e`tibordga molikdir. U o`zining “O`rta Osiyoda
g`o`zaning parazit nematodalari” ilmiy maqolasini nashr etadi. Ishida Toshkent
viloyatining Yangiyo`l tumanida paxta maydonlarida g`o`zaning vegetatsiyasi
davomida
uning
vegetativ
a`zolari
va rizosferasi tuprog`i qatlamlarida
fitonematodalarning tarqalishini o`rganadi. Muallifning ma`lumotlariga binoan
g`o`zada 10 turga mansub nematodalar topilib, ular orasida nihol parazit
nematodasi-Pratylenchus pratensis boshqa turlar orasida dominantlik qilishini
aniqlaydi. Ushbu tur nematodasi g`o`zaning yosh nihollarini ko`plab nobud
bo`lishida asosiy sababchi bo`lishini xulosa qiladi. Chunki halok bo`lgan yosh
g`o`za nihollarining ildiz sistemasida yuqorida nomi qayd qilingan nematodaning
individlari soni asosiy ko`pchilikni tashkil etgan [34] .
E.S. Kiryanova Mirzacho`l sharoitida o`zlashtirilmagan quruq yerlar va
paxta maydonlarida tarqalgan nematodalarning o`rganib, har bir maydon tuprog`i
o`ziga xos yashash joyi sifatida o`ziga xos nematodafaunaga ega bo`lishini
aniqlaydi. Paxta maydonlarida nematodalarning asosiy qismi tuproqning 10-20 sm
li qatlamida joylashishini aniqlaydi. O`zlashtirilmagan maydonlar tuprog`ida esa
nematodalarning asosiy qismi 0-10 sm li qatlamda bo`lishi qayd qiladi. Tadqiqotlar
o`tkazilgan hudud sharoitida paxta maydonlarining tuprog`ini nematodafaunasi 37
turdan iborat bo`lishini aniqlaydi [29].
A.T. To`laganov Samarqand viloyatining Samarqand va Kattaqurg`on tumanlari
sharoitida g`o`zaning nematodafaunasini o`rganib, ular yer usti va yer osti
vegetativ a`zolari hamda rizosferasi tuprog`ida 50 turdan iborat nematodalar
bo`lishini qayd qiladi. Tadqiqot ishlarida g`o`zaning vegetativ a`zolari 6 tur parazit
fitonematodalar bilan, ular orasida ayniqsa poya nematodasi (Ditylenchus dipsaci)
kuchli zararlanganligini shohidi bo`ladi [52].