Ma`lumot to`plash hududlari: Samarqand viloyati.
Ishning
e`lon
qilinganligi:
Tadqiqot
natijalari bo`yicha 2012-yil
magistrlarning ilmiy konferensiyasida chiqish qilindi va 2 ta maqola chop qilindi.
8
I. ADABIYOTLAR TAHLILI
1.1. Fitonematodalarning umumiy tafsifi va sistematik o`rni
Ildiz bo`rtma nematodalari dastlab ingliz olimi Berkli bodring ildizida
topgan. Keyingi olib borilgan tadqiqotlar orqali ularning yer yuzida keng
tarqalganligi isbotlangan. Turli mamlakatlarning mutaxassis olimlari (Grif,
Myuller, Gudey, Chitvud, Lus, I.K.Tarnani, Yu.A.Staroselskiy, D.Tverskoy,
A.A.Ustinov va boshqalar) ning tadqiqotlari ma`lumotlariga binoan ildiz bo`rtma
nematodalari 2000 turga yaqin bir yillik va ko`p yillik madaniy, manzarali, begona
va yovvoyi o`simliklarda parazitlik qilishi aniqlangan. Hozirgi vaqtda ildiz bo`rtma
nematodalari avlodining 60 dan ortiq turlari ma`lum [56].
O`zbekistonda ushbu nematodani birinchi marta O`rta Osiyo davlat
universiteti (hozirgi O`zbekiston Milliy universiteti) ning botanika bog`ida
shabbuy (manzarali) o`simligi ildizida A.A.Arxangelskiy tomonidan topilgan.
Hozirgi kunga kelib Respublikamiz hududida ildiz bo`rtma nematodasining 5 turi
tarqalganligi aniqlangan bo`lib, ular 250 turdan ortiq madaniy, manzarali, begona
hamda yovvoyi o`simliklarda parazitlik qilishi qayd qilingan. Ushbu bo`rtma
nematodalarining taksonomik o`rni qo`yidagicha:
Tip To`garak chuvalchanglar – Nemathelmintes
Sinf Nematodalar – Nematoda
Kenja sinf Sesernentlar –Secernentea
Turkum Tilenxidalar –Tylenchida
1. Araxis bo`rtma nematodasi –Meloidogyne arenaria
2. G`o`za bo`rtma nematodasi –M.incognita acrita
3. Janub bo`rtma nematodasi –M.incognita
4. Yavan bo`rtma nematodasi –M.javanica
5. Shimol bo`rtma nematodasi – M.halpa
Bo`rtma nematodalarining barcha turlarida nematodalar sinfining boshqa
turlaridagidek ayrim jinslilik hamda urg`ochi va erkak individlari orasida jinsiy
dimorfizm belgilari juda aniq ifodalangan [52].
9
Urg`ochi jinsli nematodaning morfologik belgilariga e`tibor beriladigan
bo`lsa, u ko`z ilg`amaydigan mikroskopik kattalikdagi oqish, noksimon yoki limon
shaklli, old tomoni (bo`yinchasi) biroz cho`ziq bo`lishini ko`rish mumkin [50, 55].
Nematodaning uzunligi 0,5 mm dan 2 mm gacha, gavda eni esa 0,3-1mm
gacha. Bo`yinchasini uchida oltita lab hamda halqasimon egatchadan iborat bosh
qapqoqchasi, uning o`rtasida esa og`iz teshigi joylashgan.
Tanasi kutikula bilan qoplangan. U ko`pqavatli bo`lib, chuvalchangni turli-
tuman mexanik va kimyoviy ta`sirlardan himoya qiladi.
Ovqat hazm qilish sistemasi naysimon shaklidagi ichakdan iborat bo`lib,
uning oldingi qismi (uchi) uzunligi 15-17 mkm keladigan, o`zgargan og`iz
bo`shlig`i – stilet (nayza ko`rinishdagi sanchib-so`ruvchi organ) ga aylangan.
Stiletning ichi nozik kanalcha hosil qilib qizilo`ngach bilan tutashadi. Stilet muskul
tolalari bilan ta`minlangan bo`lib, uning qisqarishi tufayli u harakatga keladi.
Qizilo`ngach oldingi, o`rta va keyingi bezli qismlardan iborat. Qizilo`ngachni
birinchi qismi ensiz naycha (kanalcha) ko`rinishida, ichidagi kanal ancha tor,
ikkinchi qismi piyozbosh shaklida kengayish (bulbus) hosil qiladi. Bulbus
muskullarining qisqarishi tufayli qizilo`ngachda so`rish jarayoni yuzaga keladi.
Qizilo`ngachning bezli qismida uchta bez shakllangan. Uning chiqarish yo`li stilet
asosiga borib ochiladi Bezlarning ajratgan suyuqligi ovqatni hazm qilishda ishtiroq
etadi [54].
Ildiz bo`rtma nematodalari ham boshqa parazitlar singari faqat suyuq oziqani
qabul qiladi. Buning uchun oziqani suyuq holatga keltirish uchun hazm bezlaridan
kelgan fermentli suyuqlik o`simlik to`qima va hujayralariga o`tib, undagi uglevod
va oqsillarni parchalab, so`rilishga tayyorlaydi. Bunday oziqa o`rta ichakda hazm
bo`ladi.
Bo`rtma nematodalarining urg`ochilik jinsiy sistemasi ikkita uzun naychalar
ko`rinishda. Uning uchki tor qismi tuxumdon bo`lib, unda tuxumlar shaqllanadi.
Tuxumdon tuxum yo`liga tutashadi. Tuxum yo`lida urug` qabul qilgich
shakllangan. Ana shu joyda tuxumlar urug`lanib, po`stga o`raladi va asta-sekin
10
bachadonga o`tadi. Juft bachadonning ikkala nayi qo`shilib, qisqa qin hosil qiladi.
Qin kanali o`rg`ochilik jinsiy teshigi – vulvaga tutashadi. Vulva orqali tuxumlar
tashqariga chiqariladi. Urg`ochi nematoda jinsiy qo`shilgandan keyin tuxum
qo`yishdan oldin jinsiy teshigi atrofiga shilimshiq modda ajratadi va unga
tuxumlarini qo`yadi. Keyinchalik modda qotib xaltachaga aylanadi, ichida esa 10-
15 tagacha tuxum bo`ladi. Urg`ochi nematoda ancha serpusht bo`lib, bir sutkada
10-15ta yoki butun umri (3-4 oy ) davomida 500-800 ta, ba`zan 2000 tagacha
tuxum qo`yadi [9, 28].
Erkak jins nematodaning tana shakli chuvalchangsimon, bosh qismi
konussimon, dumi tumtoq va qorin tomonga biroz egilgan. Uzunligi 0,9-2mm
atrofida. Jinsiy organlari (urug`donlar, urug` yo`llari,urug` pufagi) juft. Urug`
pufagida spermatozoidlar to`la yetiladi. Urug` pufagi urug`ni tashqariga
chiqaruvchi kanalga, u esa o`z navbatida erkaklik qo`shilish organi – spikula bilan
tutashadi. Erkak va urg`ochi jinslar o`zaro qo`shilganda spikula kloaka orqali
tashqariga chiqarilib urg`ochilik jinsiy teshigi (vulva) ga kiritiladi va urug`
suyuqligi to`kiladi.
Bo`rtma nematodalarining tuxumlari sal yapaloq, bir tomoni biroz qovariq,
ikkinchi tomoni sezilarli botiq bo`ladi. Uzunligi 42-100 mkm, eni 30-50 mkm ga
teng. Ikki qavat po`st bilan o`ralganligini ko`rish mumkin.Tashqi qavati ancha
qattiq bo`ladi [2].
Dostları ilə paylaş: |