5
Kirish
Biotexnologik jarayon va usullar qadim davrlardanoq insonning kundalik
ehtiyojlari (non yopishda, qatiq, vino, piva tayyorlash)dan kelib chiqqan holda
bilib-bilmay ishlatilib kelingan. Bugungi kunga kelib, u insoniyat oldida turgan
dolzarb
muammolarning
yechimiga
qaratilgan
yo`nalishlarga
yetakchilik
qilmoqda. [1].
Ma`lumki, qishloq xo`jaligi O`zbekiston xalq xo`jaligida ajralmas va
salmoqli
o`ringa
ega
bo`lgan
sohalaridan
biri
hisoblanadi.
2010-yilda
O`zbekistonning yalpi ichki mahsulotining (YaIM)ning 54 % qishloq xo`jalik
mahsulotlarini tashkil etdi. Shu sababli fan yutuqlarini qishloq xo`jaligid a mavjud
muammolarni bartaraf etishga yo`naltirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda qishloq xo`jaligining rivojlanishiga to`sqinlik qilayotgan
omillardan biri- bu o`simliklarning zararkunandalar hisobiga nobud bo`lishidir.
Mutaxassislarning hisob kitoblariga ko`ra, har yili qishloq xo`jalik
ekinlarining katta qismi - 30 % ga yaqini turli zararkunandalar hisobiga nobud
bo`ladi.
Bunday parazitlar orasida fitonematodalar ham salmoqli ko`rsatkichlarni
namoyon qiladi. Bunday parazit fitonematodalar insonning xo`jalik faoliyati
tufayli agrotsenozlarga tarqalib, undagi madaniy o`simliklarni zararlab, nematodoz
kasalliklarini paydo qiladi. Ushbu kasalliklar tufayli ekinning hosildorligini 20 %
dan 60-70 % gacha kamayishiga, kuchli zararlangan maydonlarda esa o`simliklar
qurib qoladi va hosildorlik 100 % yo`q bo`lib ketadi. Hozirgi kunda eng katta
iqtisodiy zararni kartoshka poya nematodasi-Ditylenchus destructor, bug`doy
nematodasi-Anguina tritici va bo`rtma nematodasi- Meloidogyne hapla keltirib
chiqarmoqda [49].
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi shundan iborat-ki, o`simliklarning
himoyasi
bo`yicha
mutaxasislarni
madaniy
ekinlarning
kasalliklari
va
zararkunandalariga qarshi kurash borasida barcha urinishlari kutilgan natija
bermayapdi. Shuning uchun o`simliklarni himoya qilishdagi dolzarb muammolarni
6
hal etishda tubdan yangilangan usullar va yo`nalishlarni izlash lozim. Bunday
muammolarning yechimini topishda biotexnologiyaning o`rni g`oyatda muhimdir.
Ma`lumki, o`simliklarga zarar keltiruvchi nematodalarga qarshi kurashning
agrotexnik va kimyoviy usullaridan foydalanib kelinmoqda. Kimyoviy usullardan
foydalanganda xlorpikrin, nemagon , metallilxlorid preparatlari qo`llaniladi.
Kimyoviy preparatlardan foydalanish natijasida nematodalarda ularga nisbatan
ko`nikish paydo bo`ladi, bundan tashqari kimyoviy preparatlar maqsadga muofiq
ta`sir ko`rsatmasdan, tuproqdagi foydali organizmlarga ham bir xilda ta`sir
ko`rsatadi. Bundan tashqari tuproqda kimyoviy moddalarning to`planib borishi va
tuproq tarkibini buzilishiga olib kelmoqda [2, 9].
Shuning uchun o`simliklarni nematodalardan himoya qilishda kimyoviy
usullarni qo`llashning asosiy kamchiliklarini bartaraf etishda biotexnologik
usullarga katta e`tibor qaratish lozim. Biotexnologiya o`simliklarni himoya
qilishda viruslar, bakteriyalar, zamurug`lar, sodda hayvonlar va hasharotlar,
shuningdek,
tirik
organizmlarning
biologik
faol
moddalari (antibiotiklar,
gormonlar, feramonlar) ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqarishni talab
etadi. Shuning uchun biotexnologik yo`llar bilan nematodalarga qarshi kurash
usullarini topish juda muhim va dolzarb muammo hisoblanadi [39].
Dostları ilə paylaş: