joyda po`st tashlab, ikkinchi bosqichga o`tgandan keyin, tuxum po`stini yorib,
tuxum xaltasiga chiqadi. Ko`p o`tmay xaltacha po`stini yorib tashqi muxitga
(tuproqqa) chiqadi. Oziqlanish bir necha kun davom etgandan keyin lichinka po `st
tashlab, uchinchi bosqichga o`tadi. Unda tananing yo`g`onlashuvi va o`sishi
jadallashadi. Qisqa vaqtda ichida yana po`st tashlab turtinchi bosqichga biroz
vaqtdan keyin yana po`st tashlab voyaga yetgan yosh individga aylanadi. Yosh
erkak individ oziqlanmaydi, balki u juftlashgandan so`ng haloq bo`ladi. Yosh
urg`ochi individ esa umrining oxirigacha ildiz ichida yashaydi. Uning jinsiy
11
organlari kuchli darajada rivojlanganligi tufayli gavdasi kengayib nok yoki limon
shaklini oladi.
Erkak nematodalarning umri bir haftadan ba`zan bir oygacha davom etishi
mumkin. Nematodalar qishni tuxum va ikkinchi bosqich lichinkalar holatida
o`tkazadi [2].
Invazion lichinkalarning faolligi tuproqning fizik-kimyoviy xususiyatlari va
namligiga bog`liqdir.
Tuproq harorati +7
0
-9
0
C dan oshgandan so`ng lichinkalar harakatga keladi.
Harorat
+12
0
C
dan
oshsa
ular
o`simlikni
zararlayboshlaydi.
Harorat
ko`tarilboshlashi bilan o`simlikni shikastlanishi kuchayadi. Lekin harorat +36
0
-
38
0
C ga yetsa lichinkada salbiy o`zgarishlar paydo bo`laboshlaydi. Urg`ochi
nematodaning tuxum qo`yishiga kirishishi harorat +14
0
Cga yetganda boshlanib,
harorat +32
0
C ga ko`tarilsa jarayon to`xtaydi. Bo`rtma nematodalari ochiq joyda
iqlim omillariga qarab 4-5, issiqxona sharoitida esa 6-7 ta avlod (generasiya)
beradi. Bitta generasiyaning to`la ravojlanishi uchun muhit haroratiga bog`liq
ravishda 25 kundan 44 kun vaqt ketadi [54, 55].
Zarari. Bo`rtma nematodalari o`simlikka juda katta salbiy tasir ko`rsatadi.
Invazion lichinkalarning o`simlikni shikastdab zararlashidan ko`ra kimyoviy tasir
ko`rsatishi kuchliroq bo`ladi. O`simlikning markaziy parenximasiga joylashib
olgan lichinka hazm bezlaridan ajratgan suyukligi tarkibida oziqani eritadigan
fermentlar bo`ladi. Ushbu fermentlar orasida uglevodlarni erituvchi amilaza,
invertaza, sellyulaza, shuningdek oqsillarga tasir etuvchi proteolitik fermentlar
bo`lishi aniqlangan. Bu fermentlar ta`sirida o`simlik hujayralaridagi moddalar
parchalanib, nematoda so`rib oladigan holatga keladi. Ildizdagi zararlangan
hujayralarning shiddat bilan bo`linishi va hujayra po`stini erib ketishi sababli ko`p
yadroli gigant (yirik) hujayralar paydo bo`lad. Oqibatda nematodalar o`rnashib
olgan ildiz qismi yo`g`onlashib, bo`rtma hosil qiladi. Hosil bo`lgan bo`rtmalar
ushbu o`simlikдa meloydoginoz kasalligi paydo bo`lganligidan dalolat beradi.
12
Bo`rtmalar dastlab 1-2 mm kattalikda, kasalikning zo`rayishi oqibatida moshdek,
no`xatdek, yong`oqdek shishlar paydo bo`ladi [49].
O`simlikning bo`rtma nematodasi bilan zararlanishida, fiziologik aktiv
moddalar, jumladan gibberillin, sitokinin kabilarning ildizda va yer usti vegetativ
a`zolarida to`planishi keskin buziladi, o`sish zonalarida yangi yosh hujayralarning
hosil bo`lishi to`xtaydi, o`simlik o`sishdan qoladi.
Meloydoginozda nafaqat ildiz sistemasi, balki yer usti vegetativ va generativ
azolariga ham salbiy o`zgarishlar sodir bo`ladi. Eng avvalo kasallangan
o`simlikning sog`lom o`simlikka qaraganda past bo`yli bo`lishi, mevasining
muddatdan oldin pishishi, barglar so`lishi yoki o`simlikni ko`rib, halok bo`lishi
kuzatiladi.
Bo`rtma nematodalariga qarshi kurashda bir necha usullardan foydalaniladi,
ya`ni tashkiliy-xo`jalik va profilaktik, agrotexnik, fizikoviy, kimyoviy va biologik
tadbirlarдan iboratdir [38].
Dostları ilə paylaş: