Mundarija



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/30
tarix02.01.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#43354
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
osimliklarga zarar keltiradigan nematodalardan patogen organizmlarni ajratish va organish

Almashlab  ekish.    Monokulturalarning  yetishtirish  sharoitida  (bir 

maydonda  bir  necha  yil  davomida  bir  tur  o`simliklarni  yetishtirish)  parazit 

nematodalar  bilan  zararlanishi  o`ta  kuchli  bo`ladi.  Shimol  bo`rtma  nematodasi 

Meloidogyne  hapla  bilan  zararlangan  maydonlarda  2  yil  davomida  sabzi 

yetishtirilgan.  Bu  o`simlikni  2-yili  yetishtirilganda  har  bir  o`simlik  nematodalar 

bilan  zararlanishi  2,5  barabarga  oshgan.  Bir  o`simlikka  bittadan  ortiq  bo`rtma 

nematodasi  to`g`ri  keladigan  maydonlarda  ham  uch  barobarga oshgan. Birinchi yili 

45-50 % , ikkinchi  yili  70-80 % hosil nobud bo`lgan. [55] 

Tajribalar 

ko`rsatishicha 

chidamli 

o`simliklar 

tuproqda 

kartoshka 

nematodasini  kamaytgan.  Turli  xil  bir  yillik  ekinlarni  yetishtirishda  tuproqda 

kartoshka  nematodalarini  sonini  quyidagicha  kamaygani  kuzatilgan:  no`xat  yoki 

ayiqtovon  59,4  %,  esparset  52,1  %,  javdar  42  %,  xashaki  lavlagi  41,4  %, 

makkajo`xori  38,3  %,  arpa  34  %,  kuzgi  bug`doy  28,4  %.  Ammo  kartoshka 

nematodasi  bilan  zararlangan  tuproqlarda  5  yil  davomida  ekinlar  ekilganda  ham 

dala  to`liq  parazitlardan  holi  bo`lmagan.  Tajribalarning  oxiriga  borib,  hayotchan 

sistalar  soni  10,2  %  tashkil  etgan.  Ikki  yil  davomida  chidamli  ekinlar  ekilgan 

dalalardagi  kartoshkadan  nazoratdagi  dalaga  nisbatan  144  %  ko`p  hosil  olingan. 

Lavlagi  nematodasi  Heterodera  schachtir    lavlagidan  tashqari  boshqa  ekinlarni 

(karam)  ham  zararlaydi.  Nematodalar  bilan  zararlangan  maydonlarda  qayta  ekish 

o`tkazilganda  hosil  juda  past  bo`ladi.  Masalan,  Rein  daryosi  bo`ylaridagi 

maydonlarga  ertapishar  kartoshkadan  keyin  xashaki  yoki  bryussel  karami  lavlagi 

yoki  g`alla  ekinlari  ekilgan.  Hozirgi  paytga  kelib  esa  bu  yerlarda  hosil past bo`ladi. 

Tuproqda  ikki  urug`pallali  o`simliklarni  (lavlagi,  kartoshka,  sebarga,  no`xot,  sabzi, 

pomidor,  qulupnay)  kuchli  zararlaydigan  shimol  bo`rtma  nematodasi  bilan 

zararlanganda  dalalarga  g`alla  ekinlari  ayniqsa  bu  nematod  bilan  kuchsiz  yoki 

umuman  zararlanmaydigan  makkajo`xori  o`simligini  ekish tavsiya  etilgan  [61]. 




 

26 


Qumli  tuproqlarda  shimol  bo`rtma  nematodasi  shivit,  sabzi  va  qulupnayga 

kuchli  zarar  etkazadi.  Pratylenchus  urug`i  esa  ildiz  ichki  parazitlari bo`lib, ho`jayin 

–parazit  munosabatlari  kam  o`rganilgan.  Aniqlanishicha,  dukkadoshlar  va 

ra`nodoshlar  oilasiga  mansub  o`simliklar  o`sgan  joining  tuproqlarida  P.penetrans

g`alladoshlar  o`sgan  tuproqlarda  esa  P.  crenatus  turlarini  tez  va  ko`p  miqdorda 

to`planishiga  zamin  yaratgan.  Tuproqda  yuqorida  keltirilgan  parazitlarning 

populyatsiyalarini  ko`payib  ketishini  oldini  olish  uchun  almashlab  ekishni  joriy 

qilish  kerak.  Karamdoshlar  va  kartoshkada  P.crenatus  sonini  keskin  kamaytiradi. 

Qizil  sebargani  poya  nematodasiga  qarshi  kurashda  bu  tur  ekinlar  8-10  yil 

mobaynida zararlangan  maydonlarga  ekmaslik  tavsiya etiladi  [28].  




Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin