Mundarija


O`simliklarni  ekish  va  hosilini  yig`ish  muddatlari



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/30
tarix02.01.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#43354
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
osimliklarga zarar keltiradigan nematodalardan patogen organizmlarni ajratish va organish

O`simliklarni  ekish  va  hosilini  yig`ish  muddatlari.  Nematodalar  bilan 

kurashda  zararlangan  dalalarda  o`simliklarni  ekish  va  yig`ib  olish  muddatlari 

ma`lum  ahamiyatga  ega.  Aniqlanishicha,  kartoshka  kech  ekilganda  kartoshka 

nematodasi  bilan  zararlanadi.  Aksincha  AQSH  ning  Koliforniya  shtatining 

janubida  San  Joaquin  vodiysida  kartoshkani  juda  erta  ekishadi  va  aprel-mayda 

nematodalar  zararlamasdan  yig`ib  olishadi.  Agar  iyun  yoki  iyulgacha  hosil  yig`ib 

olinmasa, 

hosil 


to`liq 

nematodalar 

tomonidan 

zararlanadi. 

Bu 

joyda 


chuvalchanglarning  birinchi  generatsiyasiildizni  zararlaydi,  lekin  tugunaklarni 

zararlashga  ulgurmaydi.  Ikkinchi  generatsiyasi  esa  tugunaklarni  zararlaydi  va  hos il 

nobud  bo`ladi.  Ukraina  sabzavot  va  kartoshkachilik  ilmiy-tadqiqot  instituti 

sabzavot  va  kartoshka  tajriba  maydonlarida  E.  E.  Fomin  va  V.  S.  Platonova, 

keyinchalik  V.  F.  Artamonovalar  yozga  ekilgan  kartoshkalar  bahordagiga  nisbatan 

kam  zararlanishi  qayd  qilingan.  Bir  necha  yil  tajriba  maydonlarida  kartoshka 

etishtirish  davomida  poya  nematodalari  bilan  zararlanishini  kamayishiga  olib 

kelgan.  Sun`iy  tarzda  nematoda  bilan  zararlangan  kartoshkalarda  bahorgi  ekishda 

hosilning  25,8 % i, yozda ekishda esa 0,9 % i zararlanganligi  qayd qilingan.    

Vegetatsion  davr  davomiyligini  oshishi  bilan  hosilning  zararlanishi  ortib 

boraveradi. 

Kartoshka 

hosilini 

erta 


yig`ib 

olishni 


nematodalardan 

himoyalanishning  usuli  sifatida  o`rgangan.  Bir  qator  mualliflar,  bu  usulning 




 

27 


samaradorligini  qayd  etishgan.  Ukraina  sabzavotchilik  va  kartoshka  ilmiy-tadqiqot 

institutida  olib  borilgan  tajribalarda  kartoshkaning  Ella  navi  15.  VII  da  yig`ib 

olinganda  ildizning  poya  nematodalari  bilan  zararlanishi  0,5  %  ni  tashkil  etgan 

bo`lsa,  ushbu  navning  hosili  25.  VIII  da  yig`ib  olinganda  zararlanishi  4,5  %  ga 

oshganligi  qayd etilgan  [32]. 

Tajriba  maydonlarida  kartoshka  hosilini  odatdagi  muddatdan  20  kun  oldin 

yig`ishtirib  olinganda,  hosilning  nematoda bilan  zararlanishi  2,7 % ga kamaygan. 


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin