23
1.4. Parazit fitonematodalarga qarshi kurash usullari
1.4.1. Agrotexnik usul
Parazit fitonematodalarga qarshi kurashning agrotexnik usuli chora-tadbirlari
qatoriga o`g`itlash, almashlab ekish, o`simlilarning ekish yoki o`tkazish
muddatlari, begona o`tlarning yo`qotish, tez kasallikga chalinuvchilarning o`rniga
chidamli nav va tur ekinlarining almashtirish kabilar kiradi.
O`g`itlash. Adabiyotlarda parazit nematodalarga me`yorida yoki ortiqcha
miqdorda o`git berish orqali kurashning imkoniyatlari yoritilgan. hozir ma`lum
bo`lishicha, o`g`itlar haqiqatdan ham nematodalarga to`g`ridan-to`g`ri ta`sir
ko`rsatadi. O`g`itlarning asosiy ahamiyati shundaki, o`simliklarning o`sishiga
yaxshi ta`sir etadi va shu yo`l bilan o`simliklarning hosildorligini oshiradi. Buning
natijasida nematodalar tomonidan etkazilgan zarar qator yillar davomida sezilarsiz
bo`lib, bunda parazitlarning soni tuproqda keskin oshib ketishimumkin.
Rassiyaning Pernuskiy tumani Sindi shaharchasi yaqinidagi torfli tuproqli yerlariga
ko`p o`g`it berilgan maydonlarida parazit fitonematodalar sonining keskin oshis hi
va kartoshkaning normal me`yorda hosil berishi kuzatilgan. Bu o`simliklarning
rizosfera tuprog`ining 1 kg miqdorida 2900 tagacha kartoshka nematodalarining
sistalari sanalgan [29].
Tabiiy o`tloqli assotsiatsiyalarda fosfor-kaliyli (PK), azot-fosfor-kaliyli
(PKN) o`g`itlar va bu moddalarning go`ng bilan aralashmalari solinganda
o`simliklarda poyalarning sonining olinishi hisobiga o`t qoplami qalinlashgan. Bu
o`z navbatida Anguina, Heterodera va boshqa turdagi tor doiraga moslashgan
parazit nematodalarning soni oshishiga olib kelgan. Anguina turkumi nematodalari
bilan zararlangan o`simliklarda o`tkazilgan miqdoriy sanashlar juda oson va
aniqlik bilan amalgam oshiriladi va olingan natijalarning to`g`riligiga shubha
qoldirmaydi. Tahlillar ko`rsatishicha, o`g`it solinmagan o`tloqli maydonlarda
Anguina graminophila populyatsiyasining zichligi sezilarsiz bo`lib, 20x20 sm2
maydonda bu nematoda kichikroq birorta gallasi aniqlanmagan. Bir necha yil
davomida o`g`it solish natijasida o`simlik poyasining nematoda bilan zararlanishi
24
keskin oshgan. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda ayrim hollarda
ho`jayin – o`simliklarning yarmidan ko`pi nematodalar bilan zararlanganligi
aniqlangan [49].
Ortiqcha o`g`it solingan maydonlarda o`simliklar o`sishini tezlashuvini
ko`rsatadigan misollar zararlangan o`choqlarda parazitlar sonining keskin oshishini
ham tasdiqlaydi. Shuning uchun nematodali o`choqlarda ortiqcha o`g`it berish
orqali yuqori hosil olish yo`li bu holatdan chiqish imkonini bermaydi. Eng avvalo
bu maydonlarda parazit bo`lmaganda yanada ko`proq hosil olish mumkin
bo`lishini hisobga olish kerak. Bundan tashqari o`g`itlarni qo`llash orqali ma`lum
vaqt yuqori hosil olish mumkin. Gap shundaki, ho`jayin-o`simlikning yaxshi
o`sishi natijasida undagi parazit avlodlarining populyatsiyalari oshib ketishi
mumkin. Bu esa o`simlikka ularning zararli ta`sirining oshishiga, hosilning tushib
ketishiga sabab bo`ladi. Mineral o`g`itlarning ishlatiladigan ayrim mamlakatlarda
kalsiy-sianamid nematotsidlik xususiyati ma`lum bo`ldi. Belgiyadagi kuzatishlarga
ko`ra 12 s/ga miqdorda bu o`g`it ishlatilganda tuproqda Pratylenchus avlodi
vakillari 30 % ga, Paratylaenchus 60 % ga, Hoplolaimus 75 % ga kamayganligi
aniqlangan. Sista hosil qiluvchi nematodalar masalan, kartoshka nematodalariga
qarshi kalsiy sianamidning ishlatilishi ijobiy natija bermagan [52].
Azotli, kaliyli va fosforli o`g`itlarning narmadagi dozalari nematodalar
soniga salbiy ta`sir ko`rsatmaydi. Ishqorli tuproqlarda parazit nematodalar soni
o`g`itlar ta`sirida kamaymaydi. Parazitlar sonining kamayishini haddan ortiq
ohaklanishi ya`ni tuproqqa ohak yoki ishqoriy reaksiyaga ega birikmalar
solinganda kuzatiladi.
V.S. Treskovaning tajribalarida pomidor barglariga 4 ta element (bor,
marganes, mis, molibden) eritmasi sepilganda parazit bo`rtma nematodalarni soni
kamaymagan, ammo bu parazitlarning tuxum xaltalarida tuxumlar soni kamaygan
(30-47 %), hosildorlik esa 10,5-34,1 % ga ko`tarilgan.
Tuproqqa organik o`g`itlarni solish doimo parazit nematodalar sonining
kamayishiga olib kelgan. Organik o`g`itlar tuproq strukturasini yaxshilashda , unda
25
faol mikrobiologik jarayonlarni rivojlanishiga zamin yaratadi. Turli mualliflar
go`ng, compost va yashil o`g`itlarni qo`llashi sista hosil qiluvchi nematodalarning
sonining kamayishiga ijobiy ta`sir etishi haqidagi ma`lumotlarni berishgan.
Dostları ilə paylaş: