ildizida ko`payib ketishiga sabab, S. M. Myuge va M.N. Talievalarning fikricha
issiqxona oynalari orqali ultrabinafsha nurlarning kam tushishidir. Tajribalarningt
bir xil sharoitda o`simliklar uch variantda yetishtirib (oyna ostida, polietilenda va
issiqlik bilan qayta ishlash usuli ko`p qo`llaniladi. Issiqxona va bog`larda tuproqni
sterilizatsiya qilish uchun qaynoq suvli rezervuarlardagi maxsus trubalar tizimidan
kelayotgan issiq bug` bilan bug`lash o`tkazilgan. Bu usul tuproq og`ir , sovuq va
ho`l bo`lmaganda samarali natija bergan, lekin tuproq o`ta quruq bo`lmasligi
34
kerak. Birinchi holatda tuproq strukturasi buziladi va uni qayta ishlash xarajati
oshadi. Quruq tuproqda esa nematodalar yuqori haroratga chidamligi oshadi.
Narsiss piyozchalari 44,4
0
C li issiq suv bilan 3 soat davomida ishlov
berilganda 2, 3, va 4 chi bosqichlardagi lichinkalarining 96-97 % i, tuxumlarining
esa 54 % i nobud bo`lgan. Qulupnay ko`chatlarida nematodalarni yo`qotish uchun
ular qaynoq suvga (46-47
0
C ) 10 daqiqa solib qo`yilgan. E. M. Drozdovskiy
qulupnayning ko`chatlari 15 daqiqa davomida 47
0
C saqlash kerakligini
ta`kidlagan. Shuni qayd etish kerak-ki, qulupnayning turli navlari termik qayta
ishlashga turlicha ta`sir ko`rsatadi va ehtiyotsizlik bilan ishlatilgan ortiqcha harorat
salbiy ta`sirlarga sabab bo`ladi [55].
Xrizantemani xrizantema nematodalaridan qalamchalarini 46
0
C da 5 daqiqa
saqlash orqali tozalash mumkin. Hozirgi paytda o`simliklarning ildiz sistemasiga
issiqlik bilan ishlov berish bo`yicha ijobiy natijalarga erishib kelinmoqda.
Manzarali o`simliklarning ildizi 10 daqiqa davomida 50
0
C da saqlanganda
Pratylenchus va
Helicotylenchus nematodalarini bartaraf etish mumkin.
S. I. Shipinova va V. S. Treskova daraxt ko`chatlarini bo`rtma
nematodalaridan tozalash uchun uch yillik nihollarni qaynoq suvga isitishni tavsiya
etgan. Bu uchun 15 daqiqa davomida 50
0
C da ildizlarni qayta ishlash samarali
natija bergan.
Ivitish. Nematodalar bilan kurash usullariga o`simliklarning yaxlit o`zini
yoki ayrim qismlarini suvda ivitish ham kiradi. Bunda nematodalar suvga chiqadi
va idish tubiga to`planadi. Bu usul 100 % samara bermasada o`simliklar
tarkibidagi nematodalar populyatsiyasining boshlang`ich zichligini kamayishiga
olib keladi.
Dostları ilə paylaş: