7-MAVZU:
FALSAFA VA DIN
REJA:
1. Dinning mistik va falsafaning ezoterik jihatlarining aynan tengligi
2. Din va falsafaning ratsional tamoyillari orasidagi munosabat
3. Diniy va falsafiy dimyoqarashning istiqboli masalasi
Dinning mistik va falsafaning ezoterik jihatlarining aynan tengligi.
Oldingi mavzuda falsafaning differentsiallashuvini va shunga mos ravishda
uning predmetining o‘zgarib, torayib borayotganini ko‘rdik. Endi
falsafaning dunyoqarash va umuman, butun ma'naviyat bilan boglanishda
b o ‘lgan sintetik jihatlariga e'tibor berishga e'tibor beramiz.
Butun insoniyat tarixi din, falsafa va san'at tarixidan iboratdir. Diniy
dunyoqarash nazariyotchilarining fikriga ko‘ra,
Odam atodan to
Muhammad s.a.v.ga qadar payg‘ambarlar bu dunyoga tinimsiz kelib,
insonlarga to‘gcri yo‘l ko‘rsatib turganlar. Agar dinshunoslar tadqiqotiga
asoslansak, yana shu narsa ma'lum boMadiki, garchi dinlar ekzoterik
jihatdan har xil bo‘lsa hamki, ezoterik jihatdan ular birdir. Ezoterik jihat
o‘z ichiga maxsus oliy bilimni oladi. Bu maxsus bilim bizlar erishgan va
erishishimiz mumkin bo‘lgan bilimdan anchagina keng bo‘lib, katta qismi
sir saqlangan. Barcha dinlarda “ichki maktab”lar mavjud bo‘lib, ularda sirli
bilim (mistika) mazmunidagi ramzlar va majozlar nimalarnidir bildirilishi
tushuntirilgan hamda ezoterik falsafa, yoki Xudo, inson va koinot orasidagi
munosabat haqidagi ilm, ya'ni magiya (m o‘jiza) o‘rganilgan. Bu maktablar
29
dunyoviy fanlar vujudga kelgunicha va undan keyin ham birqancha asrlar
mavjud bolgan.
Lekin bilim qancha yashirin boclmasin, sirli ta'limot bilimdonlari
unga doxil boclishga loyiq kishilami bilimdan xabardor qilishni o ‘z
muqaddas burchlari deb bilishgan va bu yo‘lda masofa uzoqligi ham halal
bermagan. Bu bilimni tegishli odamlarga, turli yurtlarga yetkazishni
oczlarining muqaddas burchlari deb bilishgan. Sirli bilim insonni Xudo
bilan bog‘aydigan, uni bu dunyodagi azob-uqubatli hayotdan qutqaradigan
yo‘l deb hisoblagan.
Dinlaming sirli ilmi bilan falsafaning ezoterik jihati aynan tengdir.
Zero, biz donishmandlikning ta'rifmi keltirganimizda bu masalaga
to ‘xtalgan edik. Ya'ni, falsafada ham yashirin (ezoterik) bilim mavjud
bo‘lgani haqida aytilgan edi. Shu ma'noda “diniy mistika” kabi “falsafiy
mistika” ham, hamisha mavjud boMgan va ular bir-biri bilan hamisha
bog‘liq turganlar. Xatto shu darajada ular tocldirilib, tenglashib ketgan. Bu
ularning ratsionallashgan ta'limotlari mazmunida yorqin aks etgan.
Qadimgi
yunon
falsafasining
ezoterik
aspekti
“Xususiy
metafizikada” (Aristotel) o‘z falsafasidan topgan bu “teologiya” edi.
Keyinchalik Platon dialoglarida, ayniqsa “Teatef’da va neoplatonizmning
borliq haqidagi ta'limotida va boshqalarda ham bu hoi namoyon bo‘ladi.
Falsafa tarixida “Xristian neoplatonoizmi”, “islom neoplatonizmi”
tushunchalarining kelib chiqishi shu fikrni tasdiqlaydi. Bu tushunchalar bir
tomondan,
ezoterik
falsafiy
ta'limotning
tolerantligidan,
ikkinchi
tomondan, buyuk dinning o‘zaro bog‘langanligidan dalolat beradi.
Bundan tashqari, “Pifagorchilar hayoti”ga bag'ishlangan Yamvlix
hikoyasida ham aytiladiki, «Pifagor ta'limotining juda sir tutilgani
kishilarni hayratga soladi: bir qancha avlodlar hayotdan o ‘tdilar hamki,
ta'limot
yot
kishilar
qo‘liga
tushmadi.
Faqatgina
Filolay juda
qashshoqlashib qolib, pifagorchilarlar kitoblaridan uchtasini Platon
iltimosiga ko‘ra 100 minga sotgan edi. Filolayning o‘zi pifagorchilardan
bo‘lganligi uchun unda bu kitob bor bo‘lgan”.
Shunday qilib, o ‘zlarining ezoterik (oliy) cho'qqilarida din va falsafa
ayni birdirlar. Shunday ekan, ma'naviy madaniyat mazmunida ularning qay
biri ustun degan savolni qo‘yish yoki birini ikkinchisidan muhimroq,
asosiyroq deb hisoblash noo‘rin. Vaholanki, shunday qiluvchilar hamisha
bolgan. Lekin bunday qarashlami chuqurroq tahlil etilsa, bunday qarama-
qarshilik yo‘qligini ko‘rish mumkin.
Masalan, taniqli G ‘arb sotsiologi M.Veber (1864-1920) dinni barcha
qadriyatlarning eng tub asosi, degan fikrni oldinga surgan edi. Misr yogasi
30
haqida asar yozgan M.Eshbi esa Misr falsafasini yaxudiylik va xristian
dinlarining asosi bo‘lganligi haqida yozadi.
Bularning ham ikkisi ham aslida bir narsani, ya'ni din va falsafa
uchun umumiy bolgan ezoterik mazmunni nazarda tutmoqdalar. Shu
ma'noda har ikkisini ham haqli deyishimiz mumkin.
Din va falsafaning ratsional tamoyillari orasidagi munosabat. Har
qanday din Vahiy kelishidan boshlanadi. Qadimgi Yunonistonda “Falsafa”
deb atalgan ezoterik (sirli, irratsional) bilim haqida ham deyish mumkin.
Har qanday ezoterik bilim faqat ratsional tafsirlangandan keyingina
ta'limotga aylanadi. Ezoterik bilimni ratsional ta'limotga aylantirishning
zarurati shundaki, barcha insonlar o ‘z onglariga ko‘ra bir xil emaslar.
Vahiy - payg‘om esa shunday “habar”ki, uni boshqalarga yetkazish kerak.
Vahiyni hamma odamlarga yetkazish vositalari - rivoyatlar, ilgari mavjud
bo‘lgan ilmiy, falsafiy va amaliy bilimlar ularning hammasi Vahiydek
buyuk hikmatni tushunishga jalb etiladi. Ikkinchi tomondan, aqlda,
ruhiyatida ancha ilgarilab ketgan insonlarga tuban nafslari poklanish orqali
irratsional (mistik) bilimga erishish haqida ta'lim beriladiki, bunday
kishilar komillikka erishib, maxfiy bilimni manbaning o‘zidan oladigan
darajaga (Anal Haqlikka) etishlari mumkin. Bu ilmining Turkiyadagi
bilimdoni
M.A.Jo‘shon
tushuntirishicha:
“Ilm
bevosita
Allohdan
bandasining ko‘ngliga quyilmasa, oqmasa, doimiy bo‘lmas, balki
kelinchakning yuzidagi atir-upalar kabi bir qarashda o‘chib ketadi. limning
davomiyligi, ijtihodning (g‘ayratning) mustahkamligi, insonning asl inson
b o ‘lib hammaga namuna bolishi uchun, shubhasiz, kishi (o‘z) qalbini
zikrulloh bilan qoplashi kerak... insonning eng qadrli vaqti Parvardigor
ibodati zikriga bag‘ishlangan vaqtidir” (M.A.Jo‘shon Tasavvuf va nafs
tarbiyasi, 51-b.).
Vahiyni tushunishlari, unga etish darajalari bo‘yicha insonlami 3
toifaga ajratish mumkin:
Vahiyni bevosita qabul qiluvchilar.
Nazariyotchilar, ulamolar.
Dinni rasman tushunuvchilar.
Birinchi darajada payg‘ambarlar, soTiylar, avliyo (valiylar) turadilar.
Ikkinchi darajada turganlarning ham ahamiyati katta. Ular orasida
birinchi darajaga yaqinlari ham, uchinchi darajaga yaqinlari boladi.
Ikkinchi darajadagilaming asosiy vazifasi ezoterik bilimlarni ekzoterik
tafsirlashdan iborat.
Dinda bu
uch
daraja
o ‘zaro
bog‘lanishda bo‘lishi
uning
mustahkamligini ta'minlaydi. Lekin odatda dinning aqidaviy avtoritar
31
qatlami boshqa qatlamlaridan tobora ajralib, jaholatga moyillashib,
agressivlashib boradi (salib yurishlari, diniy ekspansiyalar, “missiya”
shiori ostida qon to ‘kishlar, “Karbalo” fojeasi kabilar bunga misol bo‘ladi.
Pifagor “Insoniyatni juda katta havf-hatar kutadi. Ruhoniylarning
johilligi, olimlaming materializmi, demokratiyada intizom boim asligi ...
bular hammasi despotiyani (zulmga asoslangan hokimiyatni) vujudga
keltiradi”, degani insoniyatning hayotini oldindan bashorat qilgani
ko‘rinadi.
Lekin olimlaming materializmi qaror topishidan oldinroq XIV-XV
asrlarda YEvropada “Uyg‘onish” (renessans) deb atalgan muhim tarixiy
bosqich bolgan. YEvropa ma'naviy madaniyati tarixida bu davrning o‘ziga
xosligi shunda ediki, u bir tomondan, sxolastik falsafaning (diniy
falsafa)ning teotsentrizmdan iborat biryoqlamaligini, ikkinchi tomondan,
aqidaparstlikka moyilligini fosh qildi.
“Teotsentrizm” falsafasining diqqat markazida “Teos” - Xudo
yotadi. Inson esa diqqatdan chetda qoladi, uning rivojlanishiga e'tibor
berilmaydi va u faqat ko‘r-ko‘rona ijroehi bo‘lib qoladi. Aqidaparastlik esa
falsafiy tafakkurning to ‘xtalishi, o ‘limi boladi.
Bu davrda falsafa bilan din orasidagi munosabat juda ziddiyatli,
ayovsiz janglar ostida qolgan. Dinning aqidaparastlikka moyilligi ortib
ketgan va endi ko‘pchilikdan iborat bo‘lgan qatlami «Din ilohiy, sirli
bilim, unga falsafa kerak emas”, deyish, endi shakllana boshlagan maxsus
fanlarga esa nafrat bilan, shirk sifatida qarash darajasiga etadilar. Mistik
bilimga moyil kishilarni esa sehru-jodugarlikda ayblab, olovda yondirdilar.
Ratsional falsafa tarafdorlari esa, ratsional tafakkur huquqlarini talab
qilib chiqib, Ibn Sino, Ibn Rushd kabi arab faylasuflari ilgari surgan “Ikki
haqiqat nazariyasi”ga suyanib, falsafa san'at va fanlar taraqqiyotiga ham
yo‘l ochishga intildilar, falsafani dindan ajralib, mustaqil rivojlanishi
kerakligi g‘oyasini oldinga surdilar.
Shu tariqa dinning ekzoterik mazmuni kuchayib ketishi din bilan
falsafa orasida katta ajralish va ziddiyatlar vujudga keldi.
Yuqorida ekzoterik aspektlarida din bilan falsafa murosasiz ziddiyat
vujudga kelganigini ko‘rdik. Shuningdek, dinda ham, falsafada ham
mazhablarga bo‘linish, differensiallashuv benihoya kuchayib borib, bu hoi
ohir-oqibatda 1) ateistik (Xudoni inkor etuvchi) falsafiy ta'limotlarni
keltirib chiqarganini; 2) falsafaning ham differentsiallashib, ilmiy
dunyoqarash tarafdorlari tomonidan xuddi din kabi inkor etilganligini
kuzatdik.
32
3.Diniy va falsafiy dunyoqarashning istiqboli masalasi. Din va
falsafada bunday ajralish (differensiallashuv) sodir bolishi ham ijobiy,
ham salbiy xodisa deb baholanishi mumkin. Bu jarayonning ijobiyligi
shundaki, diniy va falsafiy bilimlar butun insoniyat ongiga singib kirishi,
ulami omma qabul qila oladigan bo‘lishi uchun parchalanish holini ham
chetlab o‘tishi mumkin emas. Zero, hali insoniyat haqiqatni to ‘laligicha va
chuqur qabul qilishga tayyor emas ekan, bu bilimlarning parchalanishi,
bo‘lak-bo‘lak holda anglanishi jarayon boclishi tabiiy. Buning natijasida
albatta, haqiqat o‘zining asl qimmatini saqlab qola olmaydi, u tobora
sayozlashib, zulmat ichiga cho‘kib boradi. Ayni shu hoi “Kali Yuga”
davrida kuchayadi: Haq-haqsizlik bilan, adolat adolatsizlik bilan, mehr-
muhabbat qahru adovat bilan, ezgulik tubanlik bilan, xudojo‘ylik ateizm
bilan, teran bilimlar yuzaki, sayozlik bilan almashadi. Lekin bu hoi, majoz
tili bilan aytganda, ezgulik (haqiqat) uruglarining tuproqqa sepilgan davri
uchungina xos. Tabiatdagi har qanday boshqa urug‘ kabi ezgulik urug‘i
ham tuproq (zulmat) qa'rida bocladigan davrni boshdan kechiradi. Shu
ma'noda bu davming ham o‘z ahamiyati borki, buni dehqonlar yaxshi
biladilar. Ma'naviy ma'noda esa bu davr insoniyat ratsional tafakkurining
shakllanishi va rivojlanishi uchun kerak bo‘ladigan zaruriy shart-sharoitdir.
Zero shu davr va shu sharoit insoniyat kundalik ongining rivojlanib borib,
nazariy darajaga chiqishi, ya'ni uning intellektual qobiliyat kasb etib olishi
uchun kerak. Ayni shu qobiliyat haqiqatni teran anglash uchun zarur. U
insoniyat ongi idrok bosqiehi bilan mistik-irratsional ong bosqichi
orasidagi boglovchi xalqa vazifasini octaydi. Demak, butun insoniyat Oliy
Haqiqatni
anglab
etmog‘i
uchun
avval,
bu
Oliy
Bilimning
differentsiallashuvi, ratsionallashuvi, mantiqiylashuvi jarayoni sodir
bo‘lishi tabiiy edi. Va ommaviy ravishda butun insoniyat ratsionallik
bosqichini o ‘tib bo‘lgach, irratsionallik maqomini egallashi mumkinligi
ham bashorat etiladi. Zero, “Beshikdan to qabrgacha ilm izlang” kabi
xodisalar va barcha avliyo va faylasuflarning o‘gitlari shundan dalolat edi.
Barcha dinlaming ezoterik aspektida haqiqatga (irratsional bilimga) olib
beruvchi yo‘l ko‘rsatilgani bejiz emas.
Endilikda insoniyat tafakkuri barcha dinlarning asl mazmunlari bir-
biriga zid emasligini, dinlar bir haqiqatning birqancha tarixiy shakllari va
zaruriy qismlari ekanini tushunishga qodir bo‘la boshladi.
Dostları ilə paylaş: |