9-MAVZU:
FALSAFA VA FAN
REJA:
1. Falsafaning ilmiyligi muammosi
2. Stsiyentizm va antistsiyentizm
3. Falsafa va fan orasidagi bog ‘liqlik masalasiga keng yondoshuv
Falsafaning ilmiyligi muammosi. Dunyo, borliq haqida yaxlit,
umumiy bilim sifatida falsafa murakkab tuzilmadir. Uni qiziqtiradigan
muammolar shu qadar rang-barang, serqirraki, ularni o ‘rganish ko‘p
hollarda maxsus soha doirasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bilan
bixtiyor tutashib ketadi. Shuning uchun o‘xtin-o‘xtin falsafa maxsus fan
sohalari izlanishlariga noo‘rin aralashadi, degan qarashlar paydo bo‘ladi.
Va aksincha, falsafaning boshqa maxsus ilmiy muammolar bilan uzviy
bog‘liq tomonlarinigina ko‘rib, uning boshqa tomonlarini ko‘ra bilmaslik
37
oqibatida uning fanning muayyan sohasimi yoki yo‘qmi, balki u «fanlar
fani» degan fikr tug‘iladi. Uchinchi tomondan esa falsafa fan ham emas,
«fanlar fani» ham emas, balki badiiy ijod, san’at yoki din o‘ziga xos shakli,
degan fikrlar ham bor.
Ushbu savollarga muayyan javob topmasdan turib, falsafiy
dunyoqarashning asl tabiatini anglab etish qiyin.
Yuqorida ta'rif etilgan muammo «falsafaning ilmiyligi muammosi»
deb yuritiladi. Muammoning mohiyati shundaki, falsafa aslida faqat
fanning xilma-xil soxalari-fizika, matematika, astronomiya, ximiya,
biologiya, tarix, psixologiya va boshqalar bilangina emas, balki ma'naviy
madaniyatning barcha shakllari - san'at, axloq, xuquqshunoslik, siyosat, din
kabilar bilan, shuningdek, kundalik hayotiy tajribalar bilan ham uzviy
bog‘lanishga ega. Shuning uchun ushbu muammoni yechishda yakdillik
yo‘q, xatto keskin qarama-qarshilik ko‘p uchraydi hamda qarama-qarshi
nuqtai nazar mualliflari orasida qizg‘in baxslar tinimsiz davom etib
kelmoqda.
2.
Stsiyentizm va antistsiyentizm. Xilma-xil yeehimlar orasida bir-
biridan tubdan farq qiluvchi uchta qarashni alohida ajratish mumkin.
Bulardan biri-stsiyentizm, ikkinchisi-antistsiyentizm deb nom olgan.
Birinehisi falsafaga fan bilan bir pog‘onada turadigan tafakkur shakli deb
qaraydi. Ushbu tamoyil tarafdorlari falsafaning ilmiylik jihatini boshqa
maxsus fanlar, ayniqsa tabiiyot fanlarining ilmiylik mezonlari asosida
keltirib chiqarish (reduksiyalash) mumkin deb hisoblaydilar. XX asr G carb
falsafasida
bunday
nuqtai
nazar
postpozitivizm
falsafiy
oqimi
namoyandalari, masalan, K. Popper, Lokatos, Tulmin va boshqalar
tomondan oldinga surilgan edi. Sobiq ittifoq davridagi barcha darslik va
ilmiy adabiyotlarda ham falsafaga stsientistik yondoshuv qaror topgan edi.
Bu o ‘sha davrda falsafaga berilgan ta'rifdan, ya'ni «falsafa - tabiat, jamiyat
va tafakkur taraqqiyotining eng umumiy qonunlari haqidagi fan» degan
ta'rifdan ko‘rinadi.
Stsiyentizmga qarama-qarshi yondoshuv-antistsiyentizm-falsafani
san'atga yoki dinga ko'proq tegishli deb qaraydi. Bu qarashlarga falsafada
mantiqiy tafakkur emas, erkin ijod ko‘proq namoyon boiishi haqidagi
fikrlar asos qilib olinadi. G ‘arb falsafasida ushbu tamoyil M. Xaydegger,
J.P. Sartr, A. Kamyu kabi ekzistentsialist-faylasuflarning qarashlarida o‘z
ifodasini topdi.
Uchinchi nuqtai nazar tarafdorlari (neopozitivistlar) falsafa fanga,
ayniqsa tabiiyot ilmiga (fizika, ximiya, biologiya va h.k.) xos bo‘lgan
38
ilmiylik mezonlariga javob bermaydi, shuning uchun uni fan deb hisoblab
boclmaydi, degan fikrni oldinga surishdi.
Bu qarama-qarshi tamoyillaridan qay biri kocproq xaqli yoki noxaq
ekanini jo'ngina aniqlab bo‘lmaydi. Buning uchun ikkala tomonning ham
fikr-mulohazalarini chuqur taxlil etish zarur. Zero harqanday о 4a qarama-
qarshi fikrlarda bo‘lgani kabi, bu ikkala tamoyil mushohadalarida ham
muayyan to ‘g‘ri xulosalar va, aksincha, biryoqlamaliklar mavjud.
Birinchi tamoyilning haqli jihati shundaki, falsafada chindan ham
fanga xos bolgan talay xususiyatlar mavjud. Juda qadim davrlardan
boshlaboq uning fan bilan bir xil bo‘lgan ko‘pgina usullari dunyoni
bilishga tatbiq etib kelinayotgani, xususan, analiz, sintez, umumlashtirish,
tartiblashtirish, o‘zaro bog‘lanish va ta'sir qonunlarini aniqlash kabilar
xususiy ilmiy izlanishlarga jalb etib kelingani yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi.
Lekin falsafa, ayni zamonda, boshqa maxsus fanlar amalga oshira
olmaydigan boshqa talay vazifalarni, masalan, metodologiya, oliy
darajadagi umumlashmalar xosil qilish, dunyoning eng yaxlit manzarasini
yaratish kabilarni ham bajaradi. Demak, falsafani fan deb bilgan
taqdirimizda, ham uni oddiy fanlar qatoriga qo‘shib bo‘lmas edi. Zero
falsafa fanga xos vazifalarni bajarish bilan bir qatorda hech qaysi maxsus
fan bajar olmaydigan boshqa bir qator vazifalarni-metodologiyaviy,
dunyoqarovchanlik, tarbiyaviy, mafkuraviy va hokazalar ham bajaradi.
Falsafa fan emas, deydiganlar nuqtai nazaridagi o ‘rinli fikr shundaki,
falsafa chindan ham hozirgi davrning eng rivojlangan fanlari - fizika,
matematika va boshqalar bo‘ysunadigan ilmiylik mezonlariga qat'iy rioya
etmaydi. Bu xolat xatto yuzaki qaraganda ham ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Masalan, maxsus ilmda yagona klassik mexanika, yagona kvant
mexanikasi, yagona noorganik ximiya kabi sohalar bor, boshqa klassik
mexanika, boshqa nooraganik ximiya kabilar yo‘q, bolishi ham mumkin
emas. Lekin falsafada bunday o‘zgarmay turadigan ta'limot yo'q. Bunda
ta'limotlar olami nihoyatda xilma-xil, rang-barang va ziddiyatli. Ulami
yagona bir ta'limot ostida birlashtirish deyarli mumkin emas. Har bir
falsafiy ta'limot o cz muallifming nomi bilan atalishi ham shundan.
Masalan, Aflotun falsafasi, Forobiy falsafasi, Feyerbax antropologik
materializmi, F. Bekon empirizmi, Berkli sub'yektiv idealizmi va
hokazolar.
Zero falsafa uchun eng muhimi inson hayotining ma'noyu maqsadini,
inson nimaga intilib yashashi lozimligini aniqlashdan iboratdir. Aks holda
bu falsafa emas, faqat fan bo Mur edi, ya'ni boshqa fanlardan vazifalari
doirasi birmuncha kengroq b o lg an «fan» bo‘lur edi xolos.
39
Ayni shu maqsadiga ko‘ra falsafiy g‘oya va qonunlarda, faqat
ob'yektiv, ilmiy bilimlargina emas, balki sub'ektiv ijodiy yondashuvlar
ham keng qatnashadi. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, falsafiy xulosalarda
ta'limot muallifming shaxsiy tajribalari va xis-tuyg‘ulari, individual ijodiy
imkoniyatlari alohida ahamiyat kasb etadi va fandagidan kuchdiroq va
umumiyroq
doirada
amal
qiladi.
Shu
ma'noda,
antistsiyentizm
namoyandalarining falsafaga erkin ijod shakllaridan biri deb qarashlarida
ham etarli asos bor, albatta.
Lekin,
ikkala
tamoyil-stsiyentizm
va
antistsiyentizmning
mulohazalarida umumiy kamchilik ham mavjud. Ikkala tamoyil ham
falsafaning muxim jihatlaridan birini inkor etib, ikkinchi jihatini ustun
o‘rniga chiqarishga urinadi. Stsiyentizm falsafaning mantiqiy-ratsional,
ya'ni ilmiy jihatini ustun bilib, uning sub'ektiv ijodiy imkoniyatlarini
nazardan soqit qilayotgan bo Isa, antistsientizm, aksincha, uning faqat
erkin sub'ektiv ijod sifatidagi ahamiyatini bo‘rttirib, ilmiyligini nomuhim
deb bilmoqda. Natijada falsafaning asl tabiati biryoqlama yoritilmoqda,
mazmuni toraytirilmoqda, sayozlashtirilmokda.
3.Falsafa va fan orasidagi bog‘liqlik masalasiga keng yondoshuv.
Stsiyentizmning ham, antistsiyentizmning ham ijobiy fikrlarini saqlab
qolgan holda, ularning kamchiliklarini bartaraf etishga qaratilgan
yondoshuv ushbu muammoga haqiqiy yondoshuv imkonini beradi. Ya'ni
biz falsafaning ilmiyligini ham, erkin sub'yektiv ijod shakli ekanini ham
barobar tan olishimiz lozim degan xulosa chiqadi. Zero falsafaning
ilmiyligi uning erkin sub'ektiv ijodiylik jihatiga, erkin sub'ektiv ijodkorlik
jihati esa ilmiyligiga zid kelishi shart emas. Shu ikkala jihatni o ‘zida jo
qiladigan falsafa, albatta, ilmiylik mezonlariga ham ijodiy faoliyat
mezonlariga ham javob bera oladi. Lekin maxsus fan tarmoqlari yoki erkin
ijod sohalarining ayni o ‘zidagiday emas, birmuncha kengroq miqyosida,
boshqacharoq tabiatda javob beradi.
Albatta, yuqoridagi mulohazalar oliy ma'nodagi falsafa haqida
ketyapti. Zero, faylasuflar, falsafiy maktablar o‘z tadqiqotlarida butun
insoniyatning bilim va tajribalariga tayangan holda dunyoning yaxlit
manzarasini chizib berishga, «dunyo o ‘zi nima» degan savolga javob
izlashga urinib kelganlar. Bu savolga javob berish uchun barcha mavjud
bilim va tajribalarga tayanishga, ilmga xos bo‘lgan ko‘pgina vazifalarni
ham bajarishga to g ri kelgan. Ayni zamonda falsafiy dunyoqarash nafaqat
dunyoni aqliy bilish, balki insonning dunyoga munosabati masalasini,
inson hayotining maqsadini aniqlashni pirovard maqsad qilib oladiki, bu
yo‘lda
faylasuf
o‘z
shaxsiy
xulosalari,
individal
xis-tuyg‘u,
40
tasavvurlaridan, ijodiy imkoniyatlarini ham jalb etadi. Shuning natijasida
o laroq falsafiy nuqtai nazarlar xilma-xilligi vujudga keladi, ya'ni
plyuralizm namoyon boladi.
Lekin falsafadagi ijodiy xilma-xillik san'at sohasidagi kabi erkin
emas. Falsafaning ilmiylik jihati ( ilm-fanga tayanishi) undagi ijodiy
erkinlikni muayyan doiradan chetga chiqmasligini ta'minlaydi. Va,
aksincha, falsafaning ijodiylik jihati uning muayyan ilmiy xulosalar
doirasida qolib ketmasdan, falsafiy fikrning yangi manzillariga erkin
parvoz etish imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Demak chin donishmandlik
shu ikki jihatning o‘zaro muvozanatida namoyon bocladi. Falsafaning
mazkur jixatlaridan birinchi tan olib, ikkinchisini inkor etish uning sifatini
butkul o‘zgarishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |