11-MAVZU:
FALSAFANING INTEGRALLAShlShl MUAMMOSI
REJA:
1. Materializmga asoslangan mafkuraning cheklanganligi
2. Cheklanmagan falsafiy dunyoqarashni shakliantirish muommosi
3. Integral!ashgan falsafaning vujudga kelishi
Materializmga asoslangan mafkuraning cheklanganligi. Barcha tub
falsafiy masalalarga materialistik nuqtai nazardan qarash hukm surgan
yaqin o‘tmish mafkurasida inson ma'naviyati, ongi, ruhiyati masalasiga
ikkilamehi o ‘rin ajratilgan edi. Bugun esa, ayni shu materialistik nuqtai
nazarni to ‘g‘riligi masalasini yechish dolzarb ahamiyatga ega. Ya'ni
markscha dunyoqarashning asosiy paradimasiga moddiy borliq ong, ruh,
tafakkuriga nisbatan birlamchi degan qoidasiga o‘z munosabatimizni
keskin aniqlay olmasdan turib hozir oldinga surilayotgan komil inson
kontseptsiyasi (g‘oyasi) haqida fikr yuritib bo‘lmaydi.
Hozirgi kunlarda misol tariqasida qaysi yoshni olmang, u kitob
o‘qish, chuqurroq bilim egallash, ijod bilan shug‘ullanish yoki ahloqiy
muammolar haqida gap ketsa, avvalo iqtisodiy jihatdan mustahkam oyoqqa
turib olish kerakligi haqidagi fikrni oldinga suradi. Bu hoi hozirgi davrda
iqtisodiy muammolar dolzarb o ‘ringa chiqqani tufayli sodir bo‘lganday
kcfrinadi. Lekin masalaga yuzaki qaraganda shunday. Aslida boshqa,
ko‘rinmayotgan sabab bor. Ayni shu sabab, bizningcha asosiy bo‘lib,
birinchisi uning natijasi ekanini payqash qiyin. Zero bu g ‘oya
ko‘pchililming ruhiyatida hamon o ‘z hukmronligini saqlab kelayotgan
o‘sha eski g ‘oya, ya'ni moddiy munosabatlar birlamchi, ruhiyat, ong
ikkilamehi
degan
materialistik
g'oyaning
o‘zi.
Amalparastlik,
shuhratparastlik, ahloqiy va maishiy buzuqlik, nashavandlik kabi, bir so‘z
bilan aytganda «to‘qlikka sho‘hlik» oqabatida kelib chiqayotgan, vatanni
sotib b o lsa ham shunday «to‘qlikka» boigan kuchli intilish mayli ayni
shu qoidaning hamon amal qilib turganidan dalolat bo‘ladi.
Cheklanmagan falsafiy dunyoqarashni shakllantirish muommosi. Shu
ma'noda yoshlar tarbiyasi yo'lida falsafiy dunyoqarash sohasida
qilinadigan ishlar orasida eng dolzarbi ana shu qoidani tag-tomiri bilan
44
sug‘urib tashlash bo‘lishi kerak. Lekin buni yoshlami tarkidunyochilikka
undash, ulami faqatgina ruhiy kamolotgina intilishlarini ta'minlash kerak
degan ma'noni tushunish kerak emas. Zero asketizm ham masalaning chin
yechimini emas va u tarixan o ‘zini oqlagan ham emas. Bunda ham gap
moddiy va ma'naviy yuksalishini birgalikda, uyg‘un ravishda amalga
oshirish haqida ketadi. Ya'ni, nafs hohishlariga mukkadan ketishi ham, nafs
dunyosidan mutloqo voz ketish ham biryoqlama tamoyillar b o lib , har ikki
biryoqlamalikdan ustun bocla oladigan, ya'ni yangi uchinchi paradigmani
oldinga sura oladigan falsafiy dunyoqarashni shakllantirish zarur. Ushbu
paradigmaning tezisi allaqachon buyuk Naqshband tomonidan «Dil ba
yoru, dast ba kor» tarzida bayon etilgan. Endilikda gap faqat shu tezisning
batafsil namoyon etadigan, ilmiy asoslangan falsafiy ta'limotni ishlab
chiqish va uni yoshlar tarbiyasiga tatbiq etishdadir. Zero avliyolar o‘z
fikrlarini qisqa va chuqur bayon etishadi. Hozirgi fan va falsafa esa
batafsilroq va konkretroq fikrlashga odatlangan. Maktabdan tortib oliy
o‘quv dargohlariga qadar barcha o ‘quv dasturlari shunday ratsional fikrlash
asosida olib borilmoqda. Bu tabiiy, ehunki insoniyat, shu j umladan bizning
millatimiz ham o‘z ongi taraqqiyotida intelektual tafakkur darajasiga
erishgan. Lekin avliyolarga xos irratsional darajaga hali erishganicha yocq.
Integrallashgan
falsafaning vujudga kelishi.
Lekin
ratsional
tafakkuriga xos bo‘lgan bir illat borki, u komil insonni tarbiyalash ishiga
halal berib kelmoqda. U ham boclsa, har bir masalaga, shu jumladan
yoshlar tarbiyasi ishiga ham differentsiallashgan munosabatda bo‘lishidir.
Ya'ni ratsional falsafa ko‘p sohalariga bo‘linib ketgan bo‘lib, borliq
(ontologiya), rivojlanishi, bilish (gnosologiya), axloqshunoslik, badiiy did,
ijtimoiy muammolar, ruhshunoslik va hokazolar bir-biridan ajralib qolgani.
Komil inson tarbiyasida esa bular, kompleks ravishda amal qilishi kerak.
Chunki, masalan, yaxshi ahloq g ‘oyalarini yoshlarga singdirish uchun
borliq va unda insonning o‘mi, hayotining ma'nosi masalasini batafsil
yoritish va asoslash taqazo etiladi. Shundan keyingina tarbiyalanuvchi
ahloqiylik nima uchun zarur ekanini anglab etadi. Inson ruhiyati
evolyutsiyasi masalasini ham izchil falsafiy kontseptsiyalar tahlilsiz
amalga oshirish mumkin emas. Busiz ish olib borish esa hech nima
qilmaslik bilan teng bo‘ladi yoki yuzaki gapirishdan boshqa narsa
bo‘lmaydi. Badiiy didni tarbiyalash va shu kabi boshqa sohalar haqida ham
xuddi shunday fikrlardan aytish mumkin.
Bir so‘z bilan aytganda, falsafa o‘zining integral mavqeini tiklab
olishi kerak. Vaholanki, fanda shunga o‘xshash jarayon sodir bo‘layapti.
Masalan, sinergetika, sistemalar nazariyasi, genetika kabi yangi fan
45
sohalari ikki va undan ortiq fanlarning integrallashuvi oqibabatida yangi
metafanlar kelib chiqayapti. Qolaversa, Platon, Aristotel, Kant, Gegel kabi
faylasuflar ham o‘z ta'limotlarini iloji boricha integral ta'limot sifatida
ishlab chiqqanlar. Hozirgi kunda bunday ishni amalga oshirish uncha oson
ish emas, albatta. Lekin ongimizni avvalgidan bir pog‘ona yuqoriga
ko‘tarish uchun shu ishni amalga oshirmaslik va busiz komil inson
shakllantirishni amalga oshirish mumkin emas.
Ma'naviyatning
turli
sohalarida
ishlayotgan
faylasuflar
va
olimlarning fikrlash darajalari, usul va uslublari bir xil va bir tekis emas va
ayniqsa bugungi kunda bu xilma-xillik va xaos juda avjida. Shunday ekan
barchaninig fikrini uyg‘un bir mahrajga keltira oladigan tamoyilga
muhtojlik katta ekani ravshan.
Dostları ilə paylaş: |