12-MAVZU:
HOZIRGI DAVR FALSAFASINING ASOSIY VAZIFALARI
REJA:
1. Falsafaning dimyoqarash vazifasining о ‘ziga xosligi
2. Falsafa metodologiya sifatida
3. Falsafaning umumlashtiruvchi vazifasi
4. Falsafaning tarbiyaviyligi
5. Falsafa mafkuraning asosi sifatida
1. Falsafaning dunyoqarash vazifasining o‘ziga xosligi
Falsafa dunyoqarash muammolarini yechish uchun borliq nima,
tabiat, jamiyat, inson borlig‘ining mohiyati nimada kabi muammolarni ham
yechmog‘i kerak. Bu muommolar dunyoning negizida yotuvchi narsa,
qandaydir mohiyat yoki qurilish material bormi? Ushbu material qanday,
qaerda, qay muddatda mavjud? kabi savollarni o ‘z ichiga oladi. Bu
savollarga javob izlash falsafaning ontologik vazifasiga kiradi.
Dunyoqarash vazifasini bajarar ekan, falsafa diniy dunyoqarashdagi
kabi payg‘omga, to ‘g‘ridan-to‘g‘ri ishonchga emas, mifologiyadagi kabi
to ‘g‘ridan-to‘g‘ri yorishuvga emas, balki insonning biluvchilik faoliyati
zarrama-zarra yig‘ilb kelayotgan natijalarga tayanadi.
Falsafa bilish jarayonining o‘zini ham, uning tabiati, bosqichlari,
haqqoniyligi, haqiqiy bilimning belgilari, mezonlari kabi bir qator
muammolarni ham yechishiga to ‘g‘ri keladi. Bu muammolarni yechish
falsafaning gnoseologik vazifasiga kiradi.
Falsafa metodologiya sifatida. Dunyoni universal nazariy bilish
vazifasini amalga oshirar ekan, ratsional falsafa bu ishni bevosita emas,
ko‘proq bilvosita amalga oshiradi. Ya'ni bu ishda u voqe olamning xilma-
46
xil qirralari, xususiyatlarini o ‘rganadigan maxsus fan sohalari -
matematika, fizika, astronomiya, ximiya, biologiya, geologiya va
boshqalarga, shu jumladan, kundalik hayotiy bilim va tajribalarga tayanadi.
Zero, bizni qurshab turgan bu dunyo cheksiz murakkab, ko‘pqirrali,
xususiyatlariga ko‘ra bepoyondir. Bu rang-baranglikni falsafa maxsus
fanlarni j alb etmagan holda qamrab ololmaydi. Falsafaning vazifasi xilma-
xillik asosida yotuvchi umumiyatni - dunyo va insonning mohiyati, tabiati
muammolarini o ‘rganadi.
Falsafaning umumlashtiruvchi vazifasi. Ushbu umumiy bilimni hosil
qilish uchun fal safa j ami ash, tartiblash, umumlashtirish vazifalarini ham
bajarishi darkor. Zero, falsafa uchun voqe dunyoning barcha ikir-chikirlari
aniq bolishi shart emas, balki uning umumiy manzarasini chizib berish
muhimdir. Buning uchun ayrimlikni o‘rganuvchi fan sohalari to‘plagan
asosiy bilimlarni bir joyga to ‘plash, ularni muayyan tartibda joylashtirish
va yaxlitlik g‘oyasi ostida birlashtirish kerak. Shuni ham qayd etish
lozimki, jamlash, tartiblash, umumlashtirish hamma fanda ham sodir
bo la d I. Buningsiz fanlaming asosini tashkil etadigan tushunchalar,
qonuniyatlar kelib chiqishini, umuman, fan rivojini tasavvur etib
bo‘lmaydi.
Lekin
falsafadagi
umumlashtirish
boshqa
darajadagi
umumlashtirish
bo lib ,
bunda
boshqa
fanlardagi
qonuniyatlar,
tushunchalar, umulashmalar ayrimlik sifatida qatnashadi.
Falsafiy
tafakkuming butun murakkabligi ham ana shunda.
Ratsional falsafa bilish uslublari haqidagi ta'limot (metodologiya)
vazifasini ham bajaradi. Zero maxsus fan sohalari o ‘z amaliyotida
qoMJaydigan turli uslub va vositalar, ishonchli bilimga intiladigan falsafa
uchun befarq emas. Shu munosabat bilan ilmiy izlanish uslubiarini maxsus
o‘rganish, ularni taqqoslash, samaradorligini tekshirish, ularni qo‘llash
imkoniyatlari va chegaralarini o‘rganish zarurati ham vujudga keladiki,
ushbu masalalarni falsafiy tafakkur doirasida amalga oshirish mumkin va
maqsadga muvofiq.
Insonning mohiyati haqidagi muammoga javob izlovchi dunyoqarash
shakli sifatida falsafa tarbiyaviy vazifani ham bajaradi. Chunki insonning
chin mohiyatini o‘rganish uning hayotining chuqur va asl maqsadini
aniqlashga olib keladi.
Faylasuf shu maqsadga qanday erishuv
mumkinligini ko‘rsatib berishi mumkin. Kishilik falsafiy tafakkurining
barcha xillari va tarixiy ko‘rinishlarida inson hayotining asosiy ma'nosi
baxtga erishuvdan iborat. Lekin bunga har qanday odam emas, faqat komil
inson muyassar bo‘ladi, degan javob bor. Masalan, «Inson vujudidan
maqsad,-deb yozadi, buyuk donishmand Abu Nasr Farobiy,-eng oliy baxt-
47
saodatga erishuvdir; u baxt-saodat nima va nimalardan iborat ekanligini
bilishi, unga erishuvni o ‘ziga g‘oya va maqsad qilib olishi, unga butun
vujudi bilan maftun bo‘lishi kerak. Baxt-saodatga erishuv va tug‘ma
qobiliyatlaming rivoj lanishi o‘z-o‘zicha boclavermaydi, balki bu masalada
qandaydir bir muallim yoki rahbarga muhtojlik tug‘iladi»D. I.Kantning
falsafaning predmeti haqidagi mulohazalari ham Farobiyning ayni shu
fikrlari bilan bir xildir. Mumtoz nemis faylasufi Fixte ham «Falsafa butun
insoniyatning tarbiyachisidir»-degan edi. XX asrning argentinalik taniqli
faylasufi X.A.Livraga esa, chin faylasuf o‘zidan tinimsiz suv chiqarib
turuvchi buloq kabidir, buloq bo l a turib suv chiqarmaslik mumkin
bolm aganday, faylasuf bo l a turib kishilarni tarbiyamaslik mumkin emas-,
deb yozgan edi. Hozirgi davr kishisi o‘z hayotining ma'nosini topa olmay,
ekzistentsial vakuumga tushib qolib, muhim hayotiy quvvatini yocqotib
borayotganidan tashvishlangan Amerika ruhshunos olimi F.Frankl ham
shunday vazifani bajara oladigan falsafa haqida orzu qiladi.
Falsafaning tarbiyaviyligi
Falsafaning tarbiyaviy vazifasi ikki yo‘nalishda amalga oshadi. Biri
qadriyatlarni
shakllantiruvchi
qismi-aksiologiyani
o‘z
ichiga olsa,
ikkinehisi-falsafani
amaliyotga
tadbiq
etilishi
haqidagi
ta'limot-
prakseologiyadir.
Demak,
shu
ma'noda
falsafa
aksiologiya
va
prakseologiya vazifalarini ham bajaradi. Lekin bu vazifalar chuqur
ontologik ildizlardan kelib chiqishi kerak, ya'ni mustaqil bo‘ Isa .zald
demagogik g coyalardan boshqa narsa bo‘lmaydi.
Shunday qilib, biz falsafaning deyarli barcha asosiy vazifalarini va
maqsadini ko‘rib chiqdik. Lekin falsafaning vazifalari shularning
o‘zidangina iborat emas, albatta. Chunki falsafa tirik organizm kabi doimo
o‘zgarishda, o‘sishda, yangilanishda bo‘ladi. Bu jarayonda nafaqat uning
arim vazifalari, balki ayrim ta'limotlari
o ‘z quvvatini yo‘qotib,
dogmalashuvi, boshqalari esa o‘z taraqqiyotini boshlashi yo davom
ettirishi mumkin. Lekin, umumiy falsafiy tafakkur hech qachon o ‘sish,
izlanishdan to‘xtamaydi, U umumbashariy qadriyat sifatiida doimo inson
hayotining ma'naviy negizini tashkil etishda davom etadi. Rivojlanish
jarayonida bo' lgan har qanday tirik organizmdagi kabi falsafaning ham
o‘sishi, rivojlanishi bilan bog‘liq o ‘ziga xos qiyinchiliklari, muammolari
muttasil yuzaga chiqib turadiki, ularning echib borilishi butun jamiyat
hayotining asosida yotadigan masalalarning echilishi sifatida alohida
ahamiyatga molikdir. Falsafaning rivojlanishida esa ijodiy tamoyil,
intellekutual intuitsiya va transtsendentsiyaning ahamiyati katta.
48
5.
Falsafa mafkuraning asosi sifatida. Rivojlanish jarayonida
falsafaning ayrim vazifalari eskirshi, o‘z umrini tugatishi, yangilarining
paydo bo‘lishi, kuchayib borishiga misollar ko‘p. Xususan, falsafa
shakllanayotgan ilk davrlarda ayrimlikni o ‘rganish ham uning zimmasida
edi, lekin ayrimlikni o ‘rganuvchi maxsus fan sohalari vujudga kelgach
falsafa bu vazifasidan ozod bo‘lib, asosan umumiyatni o ‘rganishga octishi
mumkin bo‘ldi. Buning o ‘rniga (ayrimlikni o ‘rganish vazifasi o‘miga)
metodoogiyaviy funktsiyasi rivoj topdi. Shuningdek, ayrim davrlarda
falsafaning ba'zi vaifalari yoki biron-bir vazifasi faol rol o‘ynay boshlashi,
boshqalari faol bolm asligi hollari ham kuzatiladi. Bu hoi, albatta konkret
falsafiy ta'limotning o‘ziga ham, ijtimoiy shart-sharoitlarga ham bog‘liq.
Misol tariqasida Marks falsafasini olish mumkin. Sir emaski, sobiq ittifoq
davrida
bu
falsafaning
mafkuraviy
funktsiyasi
boshqa
barcha
funktsiyalaridan ustuvor bo‘lib olgan va natijada boshqa vazifalaming rivoj
topish imkoniyatlari juda torayib ketgan edi. Bu qanday sodir bolganligini
anglash uchun mafkuraviy vazifa mazmuniga e'tibor berish kerak.
Yunoncha (idea) ideya so‘zi-g‘oya degan ma'noni, (logos) logos esa,
«ta'limot» degan ma'noni, birgalikda - « g ‘oyalar haqidagi ta'limot»
ma'nosini
bildiradi.
Ushbu
tushunchaning
markscha
ta'rifi
esa,
quyidagicha: «ideologiya ijtimoiy voqelikda namoyon bo‘ladigan siyosiy,
huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy g‘oyalar haqidagi ta'limot bo lib,
bu g ‘oyalarda kishilarning voqelikka munosabatlari o ‘z ifodasini topadi».
Agar biroz diqqat bilan qaralsa, bu ta'rifning faqat birinchi qismi,
ya'ni «Ieologiya ijtimoiy voqelikda namoyon bo‘ladigan siyosiy, huquqiy,
axloqiy, diniy-badiiy, falsafiy g‘oyalar haqidagi ta'limot»-, degan
joylarigina ideologiya so‘zining asl ma'nosi hajmiga mos kelishini, qolgan
qismi esa, ataylab kiritilgani ma'lum boiadi. Ayni shu tufayli «ideologiya»
so'zining chin ma'nosi qadrsizlandi, uning umumiylik darajasi kamaydi,
sifati buzildi. Zero, jamiyatdagi turli-tuman g‘oyalar haqidagi harakatchan,
betaraf, o ‘suvchan, o ‘zgaruvchachn bilim bo‘lish o ‘rniga ideologiya
kishilarni muayyan voqelikka konkret munosabatini yo‘naltirish vositasiga
aylantirildi. Bu esa, umumiylikning ayrimlik darajasiga tushirishdan iborat
mantiqiy xato (sofizm) edi. Shu xato tufayli mafkura konkret shakl
tutquniga aylandi, o ‘z vazifasini to ‘g‘ri bajarish o ‘miga maddohlikka
aylandi.
“Maflcura”ga shu xilda tor yondashuv uni «jamiyatdagi muayyan
qatlamning; guru h, sinf manfaatlarini ifoda etib kelgan siyosiy, huquqiy,
diniy, axloqiy, badiiy g‘oyalar» darajasiga tushiradi. Ayni shu darajaga
tushib qolgan «Mafkura» jamiyat hayotida o‘z vazifasini to ‘g‘ri bajarish
49
imkoniyatiga ega bo‘la olmaydi, va aksincha, tor guruhiy, sinfiy
manfaatparastlikdan qanchalik yuqori chiqa olsa, bu mafkura shuncha
to ‘g ‘ri va foydali bo‘ladi.
Ayni zamonda mafkurani dunyoqarash bilan, shu jumladan, faqat
falsafiy dunyoqarash bilan bir deb qarash yaramaydi. Bu tushnchalar
orasida muayyan bogclanish mavjudligi bilan birga, muhim sifat farqlari
ham bor. Zero, dunyoqarash dunyo va inson orasidagi munosabatga
daxldor juda keng muammolar doirasini o‘z ichiga olsa, mafkura jamiyatni
tartiblashuviga oid g coyalarni muayyan g‘oy alarm o‘z ichiga oladi. Shu
ma'noda u siyosiy faoliyatning g‘oyaviy asosi boMishi mumkin va o‘z
siyosiy faoliyat yo‘nalishiga ega boiishni istaydigan har qanday davlat,
siyosiy partiya shu yo‘nalish uchun asos bo‘ladigan konkret mafkurga
muhtojdik xis etadi. Lekin, har qanday mafkuraning o‘zi ham o‘z-o‘zidan
paydo bo‘lmaydi, balki shakllangan muayyan dunyoqarash zaminidan
o‘sib chiqadi. Shuning uchun, bugungi kunda mustaqil mamdakatimiz
ma'naviyatiga, xususan, mafkurasiga asos bo l a oladigan dunyoqarashning
shakllanishi va rivoj lanishi har qanday ishdan muhimroqdir.
Shunday qilib, ijtimoiy voqelikda namoyon bo‘lib turgan va siyosiy
faoliyat yo‘nalishini belgilaydigan g‘oyalar haqidagi ta'limot sifatida
mafkura har qanday dunyoqaroashning, shu jumladan, falsafaning muhim
vazifalaridan biridir. Ayni shu vazifa bilan falsafa amaliyotning ko‘p
sohalariga: ayniqsa, siyosiy amaliyotga ta'sir ko‘rsatadi. Boshqacha
aytganda, siyosiy amaliyot dunyoqarashning ayn i shu vazifasidan keng
foydalanadi. Bu tabiiy va sog‘lom intilish bo‘lib, uning asosida mamlakat
ma'anaviyatida, ichki dunyosida nimalar sodir boMayotganini bilish
maqsadi yotadi. Bunday bilimni nazardan soqit qilish esa o‘zining chuqur
ma'naviyatiga, yuksak aql-zakovatiga va xis-tuygculariga, qadriyat
haqidagi tasavvurlariga ega bo‘lgan chin insonlar jamiyatini emas, balki,
hayvonlar to ‘dasini boshqarish bilan bir bo‘ladi.
Ijtimoiy qadriyatlar haqidagi g ‘oyalar tizimi sifatida mafkura nafaqat
siyosatda, balki ijtimoiy turmushning barcha sohalarida - ilmiy bilimlar
xosil qilish, san'at asarlarini yaratishdan tortib oddiy jismoniy mehnat
jarayoniga qadar keng qatnashuv imkoniyatiga ega bo‘ladi. Zero, malic
Lira
jamiyat amaliy hayotining dunyoqarashdan keyingi poydevorini tashkil
etadi. Shunga ko‘ra, mafkuraning mustahkamligi, hayotga yaroqliligi uning
tayangan zaminiga dunyoqarash qandayligiga bogliqdir. Mafkura asosida
yotuvchi diniy yoki falsafiy ta'limot qancha teran, chuqur asoslangan,
umumbashariy qadriyalar bilan sug‘orilgan, yuksak ezgulikka yo'naltira
oladigan boclsa, uning mafkuraviy vazifasi ham shunchalik yaxshi amalga
50
oshadi. Va aksincha, cheklangan dunyoqarash vazifalari ham o‘ziga
yarasha boladi. Zero, bunday ta'limotlar jamiyatdagi muayyan qatlam, sinf
va hatto, guruhning tor manfaatlarinigina himoya qilishdan nariga octa
olmaydi. Chinakam teran dunyoqarash esa, haqiqat qaerda bolm asin unga
etishmoqni istasa, kimlargadir hayrixohlik bilan, kimlargadir adovat bilan
qarashdan ehtiyot bo‘lishi kerak. Aks holda, bunday mafkura sogMom
g ‘oyalar mazmunidan iborat bolm aydi, u go‘yo kocziga rangli koczoynak
taqib olib, dunyoni o ‘sha rangda deb tasaw ur etadigan kishiga o‘xshab
ketadi.
Bu erda yana shuni alohida qayd etish lozimki, mafkuraning
tarafkashlikka aylanib ketishi shu mafkurani vujudga keltirgan ta'limotning
o‘zi uchun ham zararlidir. Zero, bunday mafkura o‘zini vujudga keltirgan
dunyoqarashning mu him vazifalaridan biri bo‘lib hizmat qilish, ob'ektiv
g‘oyaviy tizim bo‘lish oYniga siyosatning qo‘shimchasi va hukmronlik
quroli b o iib hizmat qila boshlaydi. Bunday mafkura pirovardda o‘zini
vujudga keltirgan dunyoqarashga ham yomon aks ta'sir etadi. Chunki,
mafkura ham o‘zining mavjud bo‘lishi uchun muayan ma'naviy manbadan
quvvat olishi kerak. Shu maqsadda u o‘z xulosalarini “oziqlantirib turish”
imkoniyatini izlaydi. Buning uchun mafkura dunyoqarashni ham xuddi
o‘zi kabi siyosiy voqelik hizmatkoriga aylantirishga intiladi. Bunday
sharoitda faylasuflar donishmandlik ustozlari bo‘lish u yoqda tursin, hatto
oddiy olim darajasida ham tura olmaydilar ular mavjud siyosiy hukmronlik
shaklining quruq madhiyabozlariga aylanadilar. Shunday bo‘lgach,
ta'limotning o‘zi ham mazmunan zaiflashib, siyqasi chiqib, dogmalashib
boraveradi. Mazkur hikmatni payg‘ambarlar ham, so‘fiylar ham alohida
ta'kidlashgan.
Masalan,
buyuk
shayx mavlono
Jaloliddin Rumiy
“Payg‘ambar sallolohu alayhi vassalom buyuradilarki, “Olimning yomoni
amirlarni
ziyorat
qilgani,
amirlaming yaxshisi
olimlami
ziyorat
etganidir...” ”-, degan fikrni o ‘z hamsuhbatlariga uqtirgan. Mafkura
darajasiga tushib ketish nafaqat falsafada, diniy dunyoqarashda ham sodir
bo‘lgan.
Yuqoridagi mulohazalardan falsafa siyosatga, siyosat falsafaga
befarq bo‘lishi kerak ekan, degan xulosa kelib chiqmaydi. Fuqarolar
amaliy faoliyatini yo‘naltira oladigan siyosat uchun kuchli ong manbai
juda zarur. Busiz siyosat qorong‘u shahar ko‘chalarida yo‘l topa olmay
yurgan musofirni eslatadi. O z navbatida falsafa ham siyosatga befarq
bo‘la olmaydi. Zero, uning dunyoqarovchilik mazmunida siyosiy hayot,
siyosiy faoliyat, siyosiy bilim va qadriyatlar ham o‘z o‘miga ega. Lekin
falsafaning siyosat bilan bog‘lanishi bilimning o‘z tadqiqot ob'ekti bilan
51
bog‘lanishidan ortiq bolm asligi kerak. Shunday bo‘lgan taqdirda falsafa
faqat siyosat bilan emas, balki butun ma'naviy madaniyat bilan uzviy
bog‘liq bo‘lishi va ayni zamonda bajaradigan barcha vazifalari bilan
birgalikda, dogmaga aylanmaydigan, doimo yangilanib turuvchi yaxlit
jonli tizimga aylanishi zarur. Boshqacha aytsak, umuman falsafiy
dunyoqarash katta suv ummoni kabi turli falsafiy oqimlar, maktab
yo‘nalishlari esa bu ummonga o‘z suvlarini quyadigan daryolar kabi
bo‘lishlari maqsadga muvofiq.
52
|