Falsafa fakulteti «falsafa va fan metodologiyasi» kafedrasi falsafaga kiris


-IVIAVZU: FALSAFA METOD MUAMMOSI



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#43531
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
17falsafagakirishpdf

10-IVIAVZU:

FALSAFA METOD MUAMMOSI

REJA:

1.  Falsafada metod (uslub) masalasi

2.  Dialektika haqida tushuncha

3.  Sofistika ushibning mohiyati

4.  Eklektika haqida tushuncha

5.  Metafizika haqida tushuncha

Falsafada  metod  (uslub)  masalasi.  Har  qanday  fanning  yoki 

faoliyatning  muvaffaqiyati  va  o‘ziga  xosligi  uning  bilim  xosil  qilishda 

qo‘llaydigan  uslubiga  ham  bog‘liq.  Demak,  dunyo  va  inson  haqidagi 

hikmat  ilmi  sifatida  falsafaning  ham  o‘z  metodi,  ya'ni  bilish  uslublari  bor. 

Falsafaning uslubi  haqida hamisha  bahslar yuritilgan bo‘lib,  bu falsafaning 

ma'naviyatning murakkab bir hodisasi  ekani bilan bog‘liq.

Falsafada  metod  haqaida  gap  ketgani  dialektika,  sofistika,  eklektika 

va  metafizikani  sanab  o‘tishadi  yoki  «dialektika  va  uning  muqobillari» 

haqida  fikr  yuritiladi.  Keyingi  g‘oya  falsafaning  assoiy  tafakkur  uslubi 

sifatida  dialektikani  alohida  ajratish,  qolgan  uslublami  esa  unga  qarshi 

qo‘yishni bildiradi.

Masalaga  boshqacharoq  yondoshish  maqsadga  muvofiqroq.  Ya'ni 

borliqni  falasafiy  anglashda  yuqoridagi  har  bir  uslubning  muayyan  o‘rni 

bor.  Buni tushunish uchun esa har bir uslubni alohida tahlil etish kerak.

Dialektika  haqida  tushuncha.  Dialektika  -   yunon  tilida  baxslashuv, 

munoza  yuritish,  suhbatlashuv  san'atni  ma'nolarini  ifodalaydi.  «Dialog» 

so‘zining o‘zi esa ikki kishining suhbati ma'nosini bildiradi.  Dialog falsafiy 

baxs  yuritish  san'ati  sifatida  qadimgi  yunon  faylasufi  Suqrot  tomonidan 

juda  mahorat  bilan  amalga  oshirilgan.  Ushbu  dialoglarda  yutuvchi  tom on

41



ham,  yutuqazuvchi  tomon  ham  bolm agan.  Chunki  baxs  yurituvchilarning 

maqsadi  haqiqat  izlashdan  iborat  bo‘lgan.  Shu  ma'noda  yutuvchi  tomon 

kibrlanmagan,  yutqazuvchi  tomonda  esn  alam  bolm agan.  Baxs  yuritilgan 

masala  o‘z  yechimini  topishidan  ikki  tomon  ham  barobar  manfaatdor 

bo‘lishgan.  Baxslashuvchi  tomonlar  bir-birining  fikridagi  noaniqlik, 

biryoqlamalik  yoki  yuzakilikni  topishda  bir-birlariga  yordam  berishgan. 

Dialoglar jarayonida  borliq  haqida  tobora  aniq,  chuqur,  ravshan  tasavvur 

shakllana  borishi  asosiy  ish  hisoblangan.  Shu  ma'noda  dialektika 

tushunchasi 2-ma'noda ishlatiladi:

1) falsafiy bilim xosil  qilish uslubi;

2) dialektik fikrlash orqali hosil qilingan falsafiy bilim.

Dialektika  bilish  uslubi  sifatida  tafakkurdagi  qarama-qarshiliklami,

ziddiyatlami  yechish  orqali  haqiqiy  bilimni  kashf  etish  mahoratini 

anglatadi.

Ta'limot  sifatida  esa  dialektika borliqdagi  barcha narsa va  hodisalar, 

shu jumladan  bilimlardagi  eng umumiy  bog‘lanishlar,  ular rivojlanishining 

yalpi umumiy qonunlari va h.k.  haqidagi yaxlit bilim tizimi hisoblanadi.

Sofistika  uslubning  mohiyati. 

Dialektikaning  chin  ma'nodagi 

muqobili  sofistikadir.  Sofistika yoki  sofizm mohiyati  dialektikaga qarama- 

qarshi  uslubdir.  Sofizm  (yunoneha-makr,  xiyla,  uydirma)  to ‘g‘ri  deb 

kocrsatiladigan,  lekin mantiqan to‘g‘ri bo‘lmagan mavhum  fikrlash,  xulosa 

chiqarish,  isbotlash  usulidir.  Shu  ma'noda  «sofist»  deganda  yolg‘on 

xulosalar  chiqaradigan  va  shu  xulosalardan  o ‘z  shaxsiy  manfaati  uchun 

foydalanadigan  shaxslar  nazarda  tutiladi.  Aflotunning  «Dialoglar»ida 

sofizmga  ko‘plab  misollar  keltirilgan  («Evtidem»  va  boshqalar). 

Aflotunning  «Sofist» 

degan 


dialogi  ham  shu  mavzuga  maxsus 

bag‘ishlangan.  Eng  qadimgi  «Shoxli»  degan  sofizmni  misol  qilib 

ko'rsatish  mumkin.  Ushbu sofizmda:  «Sen yo‘qotmagan narsangga egasan. 

Sen  o‘z  shoxingni  yo‘qotmagansan.  Demak  sening  shoxing  bor».  Bu 

sofizmning  mantiqan  to ‘gcri  emasligi  umumiy  qoidadan  xususiy  holni 

noto‘g‘ri  chiqarilishida,  ya'ni  umumiy  qatnashmagan  xususiyatni  chiqarib 

olinishidadir.

Kishi  duch  kelishi  mumkin  bo‘lgan  ikki  qarama-qarshi  holdan  birini 

tanlashi  zarurati  alternativ  masala uchragan  hollarda  sofist  o ‘z  manfaatiga 

hizmat  qiladigan  yechimni  bu  mantiqqa  to ‘g‘ri  kelishi  yo  kelmasligidan 

qat’iy  nazar)  mutlaqo  ixtiyoriy  ravishda  tanlab  olishi  tarzidagi  sofizmlar 

hozir ham ko‘p tarqalgan.

Sofizmni  «paradoks»  tushunchasi  bilan  chalkashtirib  yubormaslik 

kerak.  Ular  orasida  farq  bor.  Zero  paradoks  muayyan  masalalami

42



yechishdagi  mantiqiy  qiyinchilik  mavjudligi  tufayli  kelib  chiqsa,  sofizm 

mantiq va  semantika  (so‘zning  ma’nosi  va  ifodalanishi)  qoidalarini  va  ular 

orasidagi munosabatlarni  ataylab buzishdan iborat xodisani bildiradi.

Sofizmlarni  tuzish  va  ularning  yordamida  o‘z  raqiblari  bilan  kurash 

olib  borish  uslubi  qadim  davrlardan  buyon  bor  va  hozir  ham  keng 

tarqalgan.  Ushbu  uslub  kishini  haqiqatga yaqinlashtirish  o cmiga,  aksincha, 

undan  juda  uzoqlashtiradigan,  fikriy  «ko‘zbogiovchilik»  «girrom lik»ni 

ifodalaydi. 

Lekin 

umuman 


olganda, 

kishining 

maqsadi 

faqat 


ko‘zbo‘yamachilik  qilish  emas, 

balki  baxs 

san'atini 

o‘rganishga 

kirishishidan  iborat  o ‘tkinchi  bosqich  sifatida  qaralsa,  sofistikaning  ham 

tafakkur taraqqiyotida  ijobiy roli yo‘q  emas.  Lekin uning roli  bundan  ortiq 

emas.

Eklektika  haqida  tushuncha. 



Falsafiy  tafakkur  taraqqiyotida 

eklektikaning  ham  o‘z  o‘rni  bor.  Eklektika  yunon  tilida  tanlashga  loyiq, 

tanlovchi  degan  ma'noni  bildiradi.  U  bir-biridan  ajralib  ketgan  qarashlar, 

g'oyalar,  printsip  va  ta'limotlarni  birlashtirish  uslubi  sifatida  ijobiy  rol 

o‘ynashi mumkin.

Ayniqsa  Fanlar,  falsafiy  ta'limotlar  juda  chuqur  differensiallashib 

ketgan  hozirgi  davrda  ularni  to ‘gcri  bog‘lish  uslubi  amal  qilmasa,  butun 

borliq  haqidagi  yaxlit  manzara,  ta’limot  vujudga  kela  olmaydi.  Shu 

ma'noda  eklektika  dialektikani  to‘ldiruvchi,  yordamchi  metod  sifatida 

muhim ahamiyatga ega.

Eklektikani  salbiy  ma'noda  tushunish  ham  mavjud.  Bu  tushunishga 

ko‘ra eklektika printsipial jihatdan  bir-biriga qarama-qarshi  bo‘lgan  gcoya, 

printsip  yoki  ta'limotlarni  o ‘zaro  sun'iy  birlashtirishdan  iborat  noto‘g‘ri 

intilish  deb  hisoblanadi.  Bunday tushunish  yo  eklektikaning  asl  mohiyatini 

tushunmaslikdan yoki muayyan ta'limot asoschilari o ‘z qarashlarini  boshqa 

ta'limot  yoki  qarashlardan  keskin  ajratishga  bo'lgan  intilishidan  kelib 

chiqadi.  Aslida  borliq  yaxlit,  bir  butun  va  uni  bilish  jarayoni  behad 

differensiallashib  ketgani  uchun  falsafada  ijobiy  amal  qila  oladigan 

tafakkur  uslubi  sifatida  eklektikaning  vazifasini  chetlab  o‘tishi  mumkin 

emas.


Metafizika haqida tushuncha.  «Metafizika»  so‘zi Arastuning shogirdi 

Andronik  tomonidan  kiritilgan  bo‘lib,  «jismlar  ortidagi»  degan  ma'noni 

bildiradi.  Ushbu  tushuncha  orqali  u  mushohada  (fikrlash)  orqali  bilib 

bo‘lmaydigan  borliqni  ifodalagan.  Mushohada  orqali  bilib  bo‘lmaydigan 

borliq  transtsendental  borliq  bo‘lib,  uni  faqat  maxsus  hissiy  holatga, 

jazbaga,  «hol»ga erishish orqali,  ekstatik bilish mumkin.  Dinda bu «vahiy» 

orqali  keladigan  bilim  deyiladi.  Ilmiy  tilda  esa  bu  transsendental  bilim

43



deyiladi.  Transsendental  bilimning  eng  quyi  shakli  intuitiya  bo‘ladi. 

Intuitsiya  bilimning  gcayrishuuriy,  ya'ni  aqliy  faoliyat  ishtirokisiz  xosil 

bo‘lishidir.

Falsafiy  dunyoqarash  taraqqiyotida to ‘rttala  uslubning  ham  o‘z  o‘mi 

bor.  Ularning har biri  falsafaning ong rivojlanishida o‘z o‘mida qatnashadi.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin