www.ziyouz.com kutubxonasi
2
Mening fikrimcha, asarni bir marta o‘qib chiqishning o‘zi kifoya qilmaydi, balki shu
muhim manbaga tez-tez murojaat qilib turish kerak. Tabiiyki, har safar yangi-yangi
tushunchalar kashf etilib, kitobxonda o‘zgacha taassurotlar hosil bo‘ladi. Bu faqat
kaminaning fikri emas. Asarni mutolaa qilib chiqqan ko‘pdan-ko‘p do‘stlarimiz ham
ushbu gapni takrorlab turadilar. Ayniqsa, imom-xatiblar, ulamoi kiromlar va tolibi
ilmlarning har birlarida ushbu noyob asardan bo‘lishini tavsiya etardim. Zero, hozirgi
kunimizda Islom tarixi bo‘yicha o‘z ona tilimizda batafsil yozilgan bundan o‘zga asar
yo‘q. Bundan tashqari bu fanga doir har qanday kitob uning o‘rnini bosa olmaydi. Xullas,
«Tarixiy Muhammadiy» kitobini har qancha ta’rif va tavsif qilinsa, kamlik qiladi. Yaxshisi,
asarning o‘zini qunt bilan mutolaa qilib, uning serqirrali ma’lumotlaridan, fayzu futuhli
mazmunlaridan bahramand bo‘lgan kitobxongina bunday ta’riflarda mubolag‘a yo‘q
ekaniga to‘la ishonch hosil qiladi.
Hadisi sharifda vorid bo‘lganki, ba’zi bir qilingan xayrli ishlarning savobi insonning
vafotidan keyin ham to ro‘zi qiyomatgacha uning nomai a’moliga bitib turilar ekan.
Ustozimizning ushbu asari xuddi shunday solih amallardandir. Binobarin, uni o‘qib,
foydalanuvchi barcha kitobxonlar nomidan ul zoti sharifning haqlariga duoi xayrlar qilib
qolamiz.