www.ziyouz.com kutubxonasi
360
Yana munga eng asosiy sabab shulki, olamdagi hayotning asli Rasulullohdurlar. Agar
Rasululloh bo‘lmasa erdi, Xudo hech narsani yaratmasdi. Boshqalar ersa ildizdan chiqqan
daraxtga o‘xshaydilar. Rasululloh ildizlari olamga tarqalgan ulug‘ daraxtdurlar. Ildizdan
o‘sgan mayda daraxtlarni yerdan ajratishdan olamga ildiz otgan, barining asli bo‘lgan
ona daraxtni yerdan chiqarish albatta qiyinroqdir. Ikkinchi sabab ersa, Rasulullohning
tan tuzilishlari to‘luqlashdirilgan, muborak mijozlari mo’tadil edi. Mundog‘ jasadga kirgan
ruhning o‘rnashishi boshqalarga nisbatan albatta kuchlik bo‘ladi. Shunga ko‘ra mundog‘
tandan jon ham kuch bilan chiqariladi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qiynalganlarini ko‘rib hazrati Fotima:
— Voy, otamning qiynalgani, — deb yig‘ladi.
Anda Rasululloh ko‘zlarini ochib:
— Bu kundan keyin otang hech bir qiyinchilikni ko‘rmaydi, — dedilar.
Onamiz hazrati Oisha rivoyat qiladi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan edilar, har bir payg‘ambarga o‘lmoqdan
ilgari jannatdagi joyi o‘ziga ko‘rsatiladi, so‘ngra dunyoda qolish-qolmaslik ixtiyori
beriladi. Bu so‘zlari menim yodimda bor edi. Sakarot vaqtida Rasulullohni quchog‘imga
olib, ko‘ksimga suyab turdim. Ko‘zlarini ko‘kka tikib: «Yuqori olamdagi yo‘ldoshlarim»
deganlarida,
— Mundog‘ bo‘lsa bizni xohlamas ekansiz, — dedim.
Anda Rasululloh:
Yuqori olamdagi yo‘ldoshlarim, payg‘ambarlar, shahidlar, avliyolar, yaxshi bandalar bilan
jannatda bo‘lishni xohladim, — dedilar».
Imom Bayhaqiy Ja’far Sodiqdan rivoyat qilur:
«Shundoqqi Rasululloh umrlaridan uch kun qolganda Jabroil alayhissalom kelib:
— Ey Muhammad, Alloh taolo sening hurmating uchun meni yubordi, o‘zi bilib turib
yana:
«Holi qanday?» deb so‘radi. Holingiz qandaydur?— dedi.
Anda Rasululloh:
— Qiyinlikda, g‘am-qayg‘udaman, — dedilar.
Ikkinchi kuni, uchinchi kuni kelib yana hol so‘radi ersa, oldingi javobni berdilar. Bu
kelishi dushanba kuni erdi.
So‘ngra Jabroil alayhissalom:
— Yo Ahmad, mana Azroil keldi, kirishga ruxsat so‘raydi, ilgari hech kimdan ruxsat
so‘ragan emas, bundan keyin ham hech kimdan ruxsat so‘ramaydi.
Rasululloh kirishga ruxsat bergach, Azroil:
— Ey Muhammad, Alloh taolo meni sizga yubordi, nimani buyurar ekansiz, men shuni
qilurman. Agar jon olishga ruxsat qilsangiz, olurman, yo‘q esa, qayturman, — dedi.
Rasululloh Jabroilga qaradilar.
Anda Jabroil alayhissalom:
— Ey Muhammad, Alloh taolo sizga mushtoqdir, — dedilar.
Rasululloh buni anglagach:
— Ey Azroil, o‘z ishingizga mashg‘ul bo‘lingiz, — dedilar.
Anda Jabroil alayhissalom:
— Yo Rasululloh, dunyodan menim hojatim siz erdingiz. Yer ustiga vahiy kelishi sizdan
keyin to‘xtalur, eng keyingi keltirgan vahiyim shuldur, — dedi.
Shu bilan ish qattiqlashgani turdi, ahvol o‘zgardi. Hazrati Oisha otalari Abu Bakr
Siddiqqa, Hafsa onamiz otalari hazrat Umarga, hazrati Fotima hazrati Aliga odam
yuborishdi. Har uchovlari ham Rasulullohni ertalabki yengillashganlarini ko‘rishib, o‘z
hojatlariga ketishgan edi. Ular yetib kelgunlaricha Rasululloh sollallohu alayhi vasallam