Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
46
Rakona aytdi:
— Ey Muhammad, umr ichida eshitilmagan, ko‘rilmagan ajab bir ishdur. Endi bu nechuk
voqeadur.
Anda Payg‘ambarimiz: —
Agar tilar ersang, bundin ham ajibroq narsani senga
ko‘rsaturman, — deb yiroqdin ko‘rinib turgan bir daraxtni chorladilar ersa, daraxt yer
yorib kelib, Rasululloh oldida salomga egildi. «O‘rningga qayt», degan izm bilan,
qaytadin o‘z joyiga borib o‘rnashdi. Mana shundog‘ ulug‘ mo’jizani ko‘rib
tursa ham,
yana iymon keltirmadi. Payg‘ambarimizga sehrgar tuhmatini taqib, bu ulug‘ ne’matdin
mahrum bo‘ldi. Shuning bilan Rakona payg‘ambarimiz oldilaridin qaytib, Quraysh
majlisiga kelsa, alar jamoat qurib o‘ltirgan ekanlar. Alarga qarab:
—
Ey Quraysh xalqi, Xudo haqida qasam qilurman, Muhammaddin ortiqroq yer yuzida
sehrchi yo‘qdur. Aning sehrchiligi orqali butun dunyo xalqiga ega bo‘la olgaymiz, — deb
ko‘rgan mo’jizalarini alarga bayon qildi. Ammo o‘zi
shaytoniy vasvasalarga qolib,
iymondin benasib bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: