Birinchidan, o’quvchining kurish va fazoviy fikrlash qobiliyatini
rivojlantiradi, yahni o’rganish jarayoniga miyaning tasviriy o’ng yarim shari boy
imkoniyatlari qo’shiladi.
Ikkinchidan, o’quv materiali mazmunini o’zida zich joylashtirib ravshan
ko’rsatuvchi surat (rasm), o’quvchida tizimli bilim shakllanishiga yordam beradi.
Uchinchidan rangli suratlar, o’quv informatsion materialni qabul qilinish
va eslanish samarasini oshiradi, hamda o’quvchilarni estetik tarbiyalash vositasi
bo’lib xizmat qiladi.
Insonning bilim olishi, fikrlashning xuddi ikkita mexanizmdan
foydalanganidek bo’ladi: ularning biri simvolli bo’lsa, ikkinchisi geometrik
(algebraik) bo’ladi.
Kognitiv grafikaning asosiy vazifasi bilim olish jarayonining
faollashtiruvchi fikrlashning simvolli va geometrik (algebraik) mexanizmlarni o’z
ichiga olgan, bilim berishni uyg’unlashgan modellarini yaratishdan iboratdir.
19
Grafik (ko’zga ko’rinuvchi) axborot miyaning o’ng yarim shari
imkoniyatlarini faollashtiradi, oliy ma’lumotli mutaxassis uchun zarur bo’lgan,
tasviriy fikrlash qobiliyatini, intuitsiyasini rivojlantiradi. Buyuk olim A.Eynshteyn
aytganidek "intuitsiya xaqiqatda eng katta boylikdir. Mening ishonchim komilki,
bizning fikrlashimiz asosan simvollar orqali shu bilan birga biz anglamasdan
kechadi". Haqiqatda ilm-fan gepotezasiz (farazsiz), faraz zsa intuitsiyasiz mavjud
bo’lmaydi.
Shu bilan birga, ko’rgazmali axborot og’zaki axborotdan ko’ra,
ahamiyatliroq va unumliroqdir. Ko’rish mexanizmining axborotni qabul qilish
qobiliyati, eshitishnikidan ko’ra ancha yuqoridir. Bu esa o’z navbatida, ko’rish
tizimiga, inson qabul qilinadigan axborotning qariyb 90 foizini yetkazish
imkoniyatini beradi. Undan tashqari ko’rgazmali axborot bir vaqtning o’zida
beriladi. Shuning uchun axborotni qabul qilish va eslashga og’zaki axborotdan
ko’ra kam vaqt talab etiladi. Ko’rgazmali axborot ishlatilganda, taassurot hosil
bo’lishi og’zaki bayondan ko’ra o’rtacha ‘-6 martaba tezroq kechadi. Insonning
ko’rgazmali axborotdan ta’sirlanishi, og’zaki axborotdan ko’ra ancha yuqori
bo’ladi. Ko’pchilik xollarda u oxirgisini o’tkazib yuboradi. Ko’rgazmali axborotni
qayta takrorlash oson va aniqroqdir. Odamning ko’rgazmali axborotga ishonchi,
og’zaki axborotdan ko’ra yuqori bo’ladi. Shuning uchun "yuz bor eshitgandan
ko’ra, bir bor ko’rmoq afzalroqdir" deb bejiz aytilmagandir.
Shu bilan birga, ko’rgazmali axborotda, qabul qilish va eslash unumi, uni
ko’rsatilishi orasidagi muddatni uzoqligiga bog’liq bo’lmaydi, og’zaki axborotning
o’zlashtirilishi esa bunga bog’liq bo’ladi. O’rni kelib yana bir muhim tafsilotni
qayd etish lozim: simvolli-ko’rgazmali axborotni qabul etish, o’qitish samarasini
oshiradi. Shuning uchun o’quv-ilmiy adabiyotdan va kompg’yuter texnikasi
vositasida olinadigan axborotni ko’paytirishga shart-sharoit yaratish zarur. Bu esa,
o’qitishni individuallashtirish zarurligini ko’rsatadi.
8. Xatoliklarga tayanish tamoyili. Bu tamoyil o’qitish jarayonida doimiy
ravishda xatoliklarni izlash uchun vaziyatlar yaratilishiga, o’quvchilarning ruhiy
20
faoliyati funktsional tizimi tarkibida oldindan payqash tuzilmasini shakllantirishga
qaratilgan didaktik materiallar va vositalarni ishlab chiqishga yo’naltirilgan
bo’ladi.
Bu tamoyilning amalga oshirilishi, o’quvchida tanqidiy fikrlash
qobiliyatini rivojlanishiga yerdam beradi.
9. O’quv vaqtini tejash tamoyili. Bu tamoyil o’quvchilarda individual va
mustaqil ishlash uchun o’quv vaqtining zaxirasini yaratishga yo’naltirilgan bo’ladi.
To’g’ri tashkil qilingan modulli o’qitish, o’qish vaqtini 30% va undan ortiq
tejash imkoniyatini beradi. Bunga esa modulli o’qitishning barcha tamoyillarini
to’la amalga oshirilganda, o’quv jarayoni kompg’yuterlashtirilganda, yondosh
fanlarning o’quv dasturlari muvofiqlashtirilganda erishish mumkin.
O’tkazilgan nazariy izlanishlar natijasi bo’yicha quyidagi xulosalar qilindi:
modulli o’qitishning xozirgi zamon nazariyasi va amaliyotida ikki
xil yondashuvni ajratib ko’rsatish mumkin:
fan bo’yicha faoliyat yondashuvi va tizimli faoliyat yondashuvi
kasb-hunar kollejlarida ixtisoslikni egallab olish bilan bevosita
bog’liq bo’lgan kasbiy fanlarni o’rgatishda tizimli faoliyat
yondashuvi asosidagi modulli o’qitish texnologiyasini, o’quv
rejada ko’rsatilgan boshqa kasbiy fanlarni o’rgatishida esa fan
bo’yicha faoliyat yondashuvi asosidagi modulli o’qitish
texnologiyasini qo’llash maqsadga muvofiqdir.
10. Texnologik tamoyili. Bu tamoyil o’quvchilar tomonidan o’qitishning
ko’zlangan natijalarga erishish kafolatini ta’minlovchi, o’qitish va bilimni
o’zlashtirish jarayonini, tizimli modulli yondashuv asosida ro’yobga chiqarishni
anglatadi. Mazkur tamoyil quyidagilar orqali ta’minlanadi:
− maksimal aniqlashtirilgan o’quv maqsadlarni ishlab chiqish, ularni
o’lchash va baholash mezonlarini tanlash;
− qo’yilgan o’quv maqsadlarga erishishiga yo’naltirilgan o’quv jarayonini
ishlab chiqish va aniq tasvirlash;
21
− o’quv maqsadlarini, butun o’quv jarayonini o’qitish natijalariga kafolatli
erishishga yo’naltirish;
− o’qitish natijalarini tezkor baholash va o’qitishga tuzatishlar kiritish;
− o’qitish natijalarini yakuniy baholash.
Texnologik tamoyili, o’qitishni qayta takrorlanadigan jarayonga aylanishiga
imkon beradi.
Modulli o’qitish tizimida o’rgatuvchi sikllar soni, o’quv fanining modullari
soniga teng bo’ladi.
O’quv maqsadlariga erishish uchun o’quv mehyoriy hujjatlarning uzviyligini
ta’minlash tayanch sharoitlarini yaratish zarur. Ushbu maqsadlarda uzviylik
tamoyilini qo’llash tavsiya etiladi.
11. Uzviylik tamoyili. Bu tamoyil o’quv maqsadlariga erishish imkoniyatini
ta’minlash uchun o’quv rejasi va dasturlarni ishlab chiqishda tizimli yondashishin
anglatadi. Bunda fanlarning maqsadlariga ko’ra, o’quv rejadagi soatlar mosligi
ta’minlanadi.
Modulli o’qitish tamoyillari – modulli o’qitish texnologiyalarning nazariy
asoslaridir.
|