Organizmning immun himoyasi va tabiiy rezistentlik. Hayvonlar
organizmi, shu jumladan, yangi tug’ilgan hayvonlar organizmi tashqi muhitning
noqulay ta’siriga nisbatan tashqi va ichki himoya omillariga ega bo’ladi.
Tashqi himoya omillariga mexanik baryerlar va mikroorganizmlarga nisbatan
sterillovchi xususiyatga ega bo’lgan teri va shilliq pardalar, ichki himoya
vositalariga anatomik a’zolarning baryerlik funksiyalaridan tashqari gumoral va
hujayraviy nospesifik rezistentlik elementlari kiradi. Qon va qon zardobining
bakteriostatik va bakterisidlik xususiyati gumoral omillarni tashkil etadi. Ular
orasida lizosim katta ahamiyatga ega. Lizosim - mukopolitlik, fermentlik
xususiyatiga ega bo’lgan oqsillar bo’lib, unga sezuvchan bo’lgan mikroblar
hujayrasining spesifik mukopolisaxaridli po’stlog’ini eritib yuborish xususiyatiga
ega. Bundan tashqari lizosim fagositozni faollashtiradi.
Komplement qonning summar bakterisidlik xususiyatida muhim o’rinni
egallaydi. Komplement homila rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq hosil
bo’ladi. Uning mikroorganizmlarga nisbatan ta’siri immun gemoliz, bakterioliz va
sitoliz ko’rinishda bo’ladi.
Qon zardobining bakterisidlik xususiyatini ta’minlashda yuqori molekulali
oqsil modda - properdin ham muhim ahamiyatga ega. Uning qon zardobida paydo
bo’lishi shunga parallel ravishda organizm umumiy rezistentligining pasayishini
ko’rsatadi, shuning uchun uni organizmning chidamlilik ko’rsatkichi deb hisoblash
mumkin.
Presipitasiya, agglyutinasiya, komplementning birikishi va fagositoz
jarayonlarini faollashtiruvchi xususiyatga ega bo’lgan S - faol oqsil, nospesifik
antivirus xususiyatli - interferon, organizmga tushgan mikroblarga va viruslarga
nisbatan rezistentlikni ta’minlovchi - antitelalar, mikroorganizmlar hujayrasining
ichki substansiyalariga ta’sir qiluvchi - bakteridin kabilar ham ta’biiy chidamlilikni
ta’minlovchi gumoral omillar hisoblanadi.
Xo’jayraviy himoya makro- va mikrofaglarning fagositar faolligi hisobiga
ta’minlanib, ularning funksiyalari o’zaro aloqadorlikda bo’ladi.
Fagositar reaksiya uch bosqichda amalga oshadi: 1. Fagosit va
zarrachalarning o’zaro yaqinlashishi; 2. Yot zarrachani yutilishi va hazmlanishi; 3.
Bakteriyalarni
hazmlanishi
(tugallangan
fagositoz),
mikroorganizmlarning
hazmlanmasdan balki ko’paya boshlashi (tugallanmagan fagositoz) yoki
mikroorganizmlarni fagositning ichida latent holatga o’tishi.
Fagositlar himoyaning nospesifik omillari hisoblanib, antigenlarga ham ta’sir
ko’rsatadi ya’ni, organizmning immun javobini ta’minlaydigan T va V
limfositlarni stimullashda ham qatnashadi.
Fiziologik chidamlilik mexanizmlarining shakllanishi nisbiy chidamlilik va
uning to’liq shakllanishi bosqichlariga bo’linadi. Postnatal taraqqiyotning
9
boshlarida lizosim, bakterisidlik va agglyutininlovchi faollik juda past darajada
bo’lib, 2-3 haftalikda agglyutininlar titrining keskin ortishi, 6 oylik yoshda esa
nisbatan yaxshi va 11-12 oylikda to’liq turg’unlashuvi ta’minlanadi.
Buzoq hayotining birinchi haftasida qon zardobidagi gammaglobulinlarning
darajasi keskin ortadi va juda past darajada bo’lgan gumoral rezistentlikning
o’rnini qoplaydi. Buzoq hayotining dastlabki oylarida hujayraviy omillar asosiy
ahamiyatga ega bo’lib, gumoral immunitetning shakllana boshlashi bilan
xo’jayraviy elementlarning faolligi pasayib boradi. Gumoral immunitetning to’liq
shakllanishi buzoqning 6 oyligiga to’g’ri keladi (S.I.Plyaщyenko, V.T.Sidorov,
1979).
Cho’chqa bolalarida tabiiy rezistentlik mexanizmlarining shakllanishi ikki
davrda, ya’ni 1 kunlikdan 20 kunlikgacha va 20 kunlikdan 60 kunlik yoshgacha
kuzatiladi. Birinchi davrning boshlarida himoyaning xujayraviy omillari yaxshi
rivojlangan bo’lsa, uviz sutining qabul qilinishi bilan qon zardobining komplement
biriktiruvchi va bakterisid faolligi oshadi. 5 kunlikdan 20 kunlikgacha xo’jayraviy
himoya
mexanizmlari
kuchayib
boradi.
Birinchi
davrning
oxirlarida
gammaglobulinlar sintezlana boshlaydi.
Ikkinchi davr organizmda immunologik himoyaning to’liq takomillashishi
bilan xarakterlanadi. Bu davrda agglyutininlar titri, qon zardobining komplement
biriktiruvchi faolligi, umumiy oqsil va gammaglobulinlar sintezi ortadi. Shu bilan
bir qatorda polinuklear leykositlarning va qon zardobining bakterisid faolligi
pasayib boradi.
Yangi tug’ilgan hayvonlarda tabiiy rezitentlik
mexanizmlarining
shakllanishiga yilning fasllari, molxonalardagi mikroklimat, ona hayvonlarni va
yangi tug’ilgan hayvonlarni oziqlantirish darajasi ham ta’sir ko’rsatadi.
Yangi tug’ilgan hayvonlarning immun tizimi antigenlarga mustaqil ravishda
javob berish qobiliyatiga ega bo’lmaydi. Immunoglobulinlar yo’ldosh orqali
homila organizmiga juda kam miqdorda o’tadi, homila organizmi o’zining xususiy
immunoglobulinlarni ishlab chiqarmaydi. Shuning uchun uviz suti qabul qilgunga
qadar yangi tug’ilgan hayvonning qon zardobida antitelalar deyarli bo’lmaydi.
Kolostral antitelalar yangi tug’ilan organizmga faqatgina uviz suti bilan tushadi va
kolostral immunitetni ta’minlaydi. Keyinchalik, kolostral immunitetning yo’qolib
borishi bilan organizmning xususiy immun tizimi shakllanib boradi.
Patologik jarayonning alohida a’zo va tizimlarda lokalizasiyasiga ko’ra hazm
tiziminiing kasalliklari, respirator kasalliklar, modda almashinuvi buzilishlari bilan
o’tadigan yetishmovchilik kasalliklari kabi guruhlarga bo’linadi. Darslikning
ushbu bo’limida aynan yosh hayvonlarga xos bo’lgan kasalliklar yoritilgan bo’lib,
qolganlari oldingi bo’limlarda bayon qilingan.
Dostları ilə paylaş: |