10
Antinatal gipotrofiya - fiziologik jihatdan yetilgan a’zo va tizimlari
morfofunksional jihatdan to’liq rivojlanmagan va vazni juda kichik hayvonlarning
tug’ilishi bilan o’tadigan kasallik.
Sabablari va rivojlanishi. Antinatal gipotrofiyaning asosiy sabablari bo’g’oz
ona hayvonlarni ortiqcha oziqlantirish yoki yetarlicha oziqlantirmaslik, tiqis
saqlash va gipodinamiya hisoblanadi.
Bo’g’oz
hayvonlarni
yetarli
darajada
oziqlantirmaslik
alimentar
distrofiyaning, ortiqcha oziqlantirish esa yog’ bosishi va ketozning rivojlanishiga
sabab bo’ladi. Har ikkala holda ham ona hayvon organizmida modda
almashinuvlarining buzilishi, homilada hazm kanali, jigar, oshqozon osti bezi,
buyraklar, o’pka, markaziy asab tizimi va immun tizimda morfofunksional
yetishmovchiliklar kuzatiladi.
Gipotrofik hayvonlarda tashqi muhitga moslashish xususiyati pasayadi,
oshqozon-ichak, o’pkaning kasalliklari va boshqa yuqumli kasalliklarga tez
beriluvchan bo’ladi.
Belgilari. Tug’ilgandagi tana vazni buzoqlarda 20 kg dan kichik yoki 35 kg
dan yuqori, cho’chqa bolalarida 0,9 kg dan kichik yoki 1,4 kg dan yuqori,
qo’zilarda 2,5 kg dan kichik yoki 3,5 kg dan yuqori bo’ladi.
Gipotrofik holatda tug’ilgan buzoqlarda ochiqish va emish reflekslarining
pasayishi, o’pkaniing ishga tushishining kechikishi, tashqi ta’sirotlarga befarqlik,
organizmning immunoglobulinlar bilan ta’minlanishining sekin kechishi hisobiga
immun tanqisligi belgilari kuzatiladi.
Cho’chqa bolalari o’rnidan qiyinchilik bilan turadi, onasining yelin
so’rg’ichlarini qiyinchilik bilan topadi, barcha turdagi hayvonlarda qondagi
eritrositlar
va
leykositlar
sonining,
gemoglobin,
umumiy
oqsil
va
immunoglobulinlar miqdorining kamayishi kuzatiladi. Neytrofillarning fagositar
faolligi keskin pasayadi.
Dostları ilə paylaş: