Patologoanatomik o’zgarishlar kesuvchi tishlarning kam bo’lishi, a’zo va
tizmlarning yaxshi rivojlanmaganligi, ikkilamchi kasallik rivojlangan bo’lsa, unga
xos o’zgarishlar bilan xarakterlanadi.
Tashxis qo’yishda hyech qanday qiyinchilik kuzatilmaydi.
Profilaktik davolash. Gipotrofik cho’chqa bolalari onasining yelin
so’rg’ichlariga qo’yilib emizib turiladi, gipotrofik buzoqlarga so’rg’ichlar
yordamida kuniga kamida 5 marta sifatli uviz beriladi. Nospesefik
immunoglobulinlar, probiotiklar, vitaminlarning preparatlari, gidrolizatlar tavsiya
etiladi. Yosh hayvonlarni gipotrofik holatda tug’ilishining oldini olish uchun ona
hayvonlarning bo’g’ozlik davrida, ayniqsa uning ikkinchi yarmida to’laqiymatli
oziqlantirish va ularga optimal saqlash sharoitlari yaratilishi lozim.
|