Atomlarda elektron bulutlarning strukturasi.
Energiyaning minimumga intilish (afzallik) prinsipi.
Energetik pog`onachalari yacheykalarining elektronlar bilan tulishi ideal
tartibda, ya'ni yadroga yaqin orbital oldin, yadrodan uzoqdagi orbital keyin
to`lganday bo`lib ko`rinadi. Masalan:
1s
2s
2p
3s
3p
3d
4s
4p
4d
4f va hokazo.
Lekin, amalda, spektroskopik analiz, ximiyaviy va rentgenoskopik
ma'lumotlarga ko`ra boshqacha tartibda joylashishi aniqlangan, ya'ni elektronlar
minimal energiya zapasiga ega bo`lishga, yadro bilan maksimal bog`lanishda
bo`lishga intiladi, buni energiyaning minimumga intilish (afzallik) prinsipi
deyiladi. Bu prinsipga ko`ra agar pastki pog`onadagi (yadroga yaqin) energiyasi
kichik bo`lgan energetik yacheyka bush bo`lsa, energiya zapasi kichik bo`lgan
elektronga yuqori energetik pog`onada o`rin yo`q, ya'ni ular yacheykalarda
quyidagi tartibda to`lib boradi: (9-rasm)
|