Ushbu qatorda vodorod va geliyni chetga surib qo’yib qolgan elementlarda
28
Litiy bir valentli metall, suvni tarkibiy qisimlarga kuchli parchalaydi, kuchli
ishqor hosil qiladi.
Litiydan keyin berilliy turadi - u ham metall, ammo ikki valentli, suvni sekin
parchalaydi. Berilliydan keyin bor turadi - uch valentli element, metalmaslik
xossasi kuchsiz ifodalangan, bir vaqtda metalning ayrim xossalarini namoyon
qiladi.
Keyingi joyni uglerod egallaydi 4 valentli metallmas. Keyin azot keladi
yorqin ifodalangan metalmaslik xossasiga ega, yuqori oksidi
K20z
. Keyingi
element tipik metallmas, ftor - metalmaslar ichida eng kuchlisi. Yuzaki ko’rib
chiqilgan 7 ta element xossalaridan ma’lumki, litiyda yorqin ifodalangan metallik
xossa, bir elementdan ikkinchisiga o’tganda asta- sekin susayib, metalmaslik
xossalari ortib boradi va ftorda eng yuqori darajaga yetadi. Bu bilan bir vaqtda
atom massasining ortib borishi bilan elementlarning kislorodga nisbatan
valentliklari, litiydan boshlab bir birlikdan har bir keyingi elementga o’tganda
birga ortib boradi.
Agar 'zyoessalarning o’zgarishi keyin ham uni yo’nalishda shunday davom
etganida edi, ftordan keyin metallmaslik xossasi yanada kuchli; ifodalangan
element bo’lardi. Haqiqatdan ham ftordan keyingi element neon - inert gaz, boshqa
elementlar bilan birikmaydi, metallik va metalmaslik xossalarini namoyon
qilmaydi.
Neondan keyin natriy keladi bir valentli metall, litiyga aynan o’xshaydi. Biz
bu bilan yana xossalar narvonining boshlanishiga qaytgandek bo’lamiz. Natriydan
keyin keladigan magniy berilliyga analog (o’xshash), keyin alyuminy, metall
bo’lsa ham, borga o’xshab metallmas emas, u ham uch valentli, ayrim metall
metalmaslik xossalariga ega. Undan keyin kremniy keladi to’rt valentli metalmas,
ko’pchilik hollarda uglerodga o’xshash, fosfor kimyoviy xossalari bo’yicha azotga
o’xshash, oltingugurt yorqin ifodalangan metalmas xossali element, xlor juda
kuchli metalmas, ftor kabi galogenlar guruhiga mansub va nihoyat yana inert gaz
argon.
29
Qolgan hamma elementdar xossalarini o’zgarishini kuzatsak, xuddi
yuqoridagi 16 ta element xossalari tartibi kabi sodir bo’ladi: argondan keyin yana
bir valentli metall kaliy, keyin magniyga o’xshash bo’lgan ikki valentli kalsiy
keladi va h. k. zo.
Shunday qilib, kimyoviy elementlarning xossalarining o’zgarishi atom
massalarining ortib borishi bo’yicha uzluksiz bir tekisda bir yo’nalishda sodir
bo’lmasdan davriy xarakterga ega bo’ladi. Ma’lum bir elementlardan keyin orsaga
dastlabki nuqtaga qaytgandek sodir bo’ladi va oldingi o’tgan elementlarning
xossalari yana o’sha ketma-ketlikda, ayrim sifatiy farklar bilan takrorlanadi.