Iymon – so‘z, amal va niyatdir, toat bilan ziyodalashadi, osiylik bilan kamayadi. (Izoh:
Bu fikr Shofe’iy mazhabinikidir. Hanafiy mazhabi ulamolari fikriga ko‘ra esa, iymon – til
bilan iqror bo‘lish, qalb bilan tasdiqlashdir. Shuningdek, iymon ziyoda yoki kam
bo‘lmaydi, balki uning nuri ko‘payib ozayadi. – Muharrir.)
Qur’on Allohning kalomidir. Uni Jabroil Allohning payg‘ambari Muhammad sollallohu
alayhi vasallamga olib tushgan. U maxluq emas.
Sulton tarafidan adolat yoki zulm sodir bo‘lsa-da, uning bayrog‘i ostida sabr qilinadi.
Amirlar jabr-zulm qilsalar ham, ularga qarshi qilich ko‘tarmaymiz.
Ahli qibladan birontasiga qilgan yaxshi amali sababli jannatiy deb guvohlik bermaymiz.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam jannatiy deb guvoh bergan zotlar bundan
mustasno.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalari orasida bo‘lib o‘tgan narsalar xususida
tilimizni tiyamiz, bahslashmaymiz.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan keyin maxluqotlarning eng afzali Abu Bakr,
so‘ng Umar, so‘ng Usmon, so‘ng Ali ibn Abu Tolibdir (Alloh barchasidan rozi bo‘lsin).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning barcha azvoji mutohharolari (ayollari),
avlodlari va ashoblariga Allohning rahmatini so‘raymiz.